Mavzu 2: Biogen elementlar kimyosi d-elementlarni organizmdagi ahamiyati birikmalarini tibbiyotda ishlatilishi. Mis


Download 18.95 Kb.
bet3/3
Sana08.05.2023
Hajmi18.95 Kb.
#1446885
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Temir geminli komplekslar — gemoglobin, sitoxrom oksidazalar, peroksidazalar, katalazalar, mioglobin (mushak temiri).
Temirli komplekslar — Nogemin, ferritin, gemosiderin, ferroaskorbat va h.k. (to‘qima temiri).
Zardobdagi temir kompleksi — siderofillin (transferin).
Yuqoridagilardan tashqari organizmdagi temir tez (gemoglobindagi, zardobdagi va iliklarda saqlanadigan temir) va sekin almashinadigan (ferment va depolardagi temir) sinflarga bo‘linadi. Temir almashinuvi va uni qon tarkibidagi miqdorining boshqaruvi jigar orqali amalga oshadi. Almashinuv jarayoni qon zardobida saqlangan va temir tashuvchi vazifasini bajaruvchi transferin deb ataluvchi oqsillar hisobiga bo‘ladi. Transferin bilan bog‘langan temir ionlari qon zardobidan iliklargacha tashiladi va u erda qon hosil qilish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Qizil qon tanachalarining fiziologik parchalanishi natijasida ajralib chiqqan temirning 9/10 qismi yana qaytadan shu shaklli elementlarning tarkibiga o‘tadi, qolgan qismi esa organizmdan ichak sistemasi orqali chiqib ketadi. Temir ionlari qator fermentlar tarkibiga kirib (katalaza, sitoxromlar, oksidazalar va h. k.) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. Temir immunobiologik jarayonlarda katta axamiyatga ega. Organizmdagi temir miqdorining kamayishi alimentar anemiya (kamqonlik) kelib chiqishi va immunitetning kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Temirning asosan quyidagi birikmalari tibbiyotda ishlatiladi.
Fe - qaytarilgan temir — gipoxrom (temir etishmasligi) anemiyasini davolashda ishlatiladi.
FeSO4·7H2O qo‘llanilishi qaytarilgan temir singaridir.
Fe2(CH2OH-CHO(PO3)-CH2OH)3·nH2O — temir glitserofosfat — gipoxrom anemiya, asteniya holatlarida foydalaniladi.
Fe(CH3-CH(OH)-COO)2·3H2O— temir laktat — gipoxrom anemiyani davolashda ishlatiladi.
Feramid — postgemorragik (qon yo‘qotish oqibatida kelib chiqqan kamqonlik) va temir kamchiligi kamqonliklarida ishlatiladi. Yuqoridagilardan tashqari kamqonlik kasalligini davolashda feropleks, konferon, ferrokal, kaferid, gemofer, ferrotseron, ferbitol, ferkofen, ferrum lek, oksiferriskarbon deb atalgan dorivor moddalar ham ishlatiladi.
Kobalt. Kobalt tirik organizmlardagi turli oqsil moddalari, aminokislotalar, platsenta va boshqalar bilan bog‘langan bo‘ladi hamda nixoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan vitamin B12 (kofaktor) tarkibiga kiradi. Kobalt qon hosil bo‘lishida ishtirok etadi. U temir ionlarining yangi hosil bo‘layotgan qizil qon tanachalardagi gemoglobin tarkibiga kirishini jadallashtiradi. Shu sababli kamqonlik kasalliklarida temirli moddalar bilan birgalikda Cu2+ va Co2+ tuzlarini qo‘llash yaxshi natijalar beradi. Kobalt oqsil, yog‘lar, karbon suvlar almashinuviga hamda organizmning o‘sishi va rivojlanishiga faol ta’sir etadi. Bu element ta’sirida to‘qimalarda yig‘iladigan A, C, K va B guruh vitaminlarning miqdori ortadi, nikotin kislota (vitamin PP), piridoksin (B6) sintezlanishi kuchayadi. Kobaltning organizmga yuborilgan kichik miqdori gipoglikemiya, katta miqdori esa giperglikemiya holatlarini chaqiradi. Bu elementning organizmga kam miqdorda tushishi kalsiy va fosfor o‘zlashtirilishining kamayishiga olib keladi. Kobalt ta’sirida suyak va ichak fosfatazalari, karboksilaza, arginaza, katalaza, ko‘pgina peptidazalar faolligi ortadi, suksinatdegidraza va sitoxrom oksidaza fermentlarining faolligi kamayadi. Kobalt ta’sirida qalqonsimon bezlardagi yod miqdori esa keskin kamayib ketadi. Tibbiyotda uning quyidagi birikmalari dori sifatida ishlatiladi:
Sianokobalamin (B12) - kamqonlikda, nurlanish kasalligida, chaqaloqlar distrofiyasida, jigar xastaligida, bolalar serebral falajida, turli teri kasalliklarida va boshqa ko‘pgina kasalliklarda qo‘llaniladi.
Oksikobalamin - B12 ning analogi hisoblanadi va sianokobalamin singari ishlatiladi.
Kobamamid - B12 ning tabiiy kofermenti bo‘lib yuqoridagi moddalar singari qo‘llaniladi.
Koamid – gipoxrom, gipoplastik kamqonliklarni davolashda foydalaniladi.
Download 18.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling