Mavzu №2 elektr yuritma tushunchasi. Elektr yuritmalarni va


Download 0.91 Mb.
bet1/7
Sana01.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1238352
  1   2   3   4   5   6   7

MAVZU №2
ELEKTR YURITMA TUSHUNCHASI. ELEKTR YURITMALARNI VAZIFALARI VA UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR.


Reja:
1. Elektr yuritmaning mexanik qismi
2. Elektr yuritmadagi statik va dinamik momentlar
3. Elektr yuritma mexanik qismini Hisoblash sxemalari
4. Ko‘p massali mexanik tizim


Tayanch so‘z va iboralar

EYUning mexanik qismi, aktiv va reaktiv statik momentlar, xarakat moment, mexanik quvvat, inersiya momenti, dinamik moment, keltirilgan kattaliklar, yuklama momentini keltirish, inersiya momentini keltirish, ko‘p massali mexanik tizim, egiluvchan elementlar, tirqishlar, bikrlik koeffitsienti va ularni keltirish.




Elektr yuritmaning mexanik qismi


Ishlab chiqarish mashinasining ijro organi, foydali ish bajarish uchun, turli tizimlardagi mexanik bo‘g‘inlar orqali elektr dvigateldan quvvat oladi. Bu tizimlar elektr yuritmaning mexanik qismini tashkil qilib, ularning konstruktiv bajarilishi turlicha bo‘lishi mumkin.


Umumiy xolda, 1.1 da ko‘rsatib o‘tilgandek, elektr yuritmaning mexanik qismi dvigatel rotori (yoki yakori), mexanik uzatuvchi qurilma va ijro organidan iborat bo‘ladi.



2.1- rasm. Elektr yuritmaning mexanik qismi


Rotor mexanik energiya manbai yoki isteomolchisi bo‘lishi mumkin. U maplum bir inersiya momentiga Jd ga, biron-bir burchak tezligi bilan kerakli yo‘nalishda aylanishi va harakatlantiruvchi yoki to‘xtatuvchi momentini M xosil qilish mumkin.
Mexanik uzatuvchi qurilma mexanik qismdagi harakatni uzatadi va o‘zgartiradi. U asosan, ijro organining aylanma harakatida (io) uzatish soni bilan
i =  / io

yoki ijro organining ilgarilama harakatida (io) esa keltirish radiusi


= io / 


bilan xarakterlanadi.
Ijro organi odatda mexanik energiyani isteomol qiladi, bunda quvvat dvigateldan ijro organiga yo‘nalgandir. Bapzi ijro organi mexanik energiya manbai xam bo‘lishi mumkin, unda quvvat uzatish teskari yo‘nalishga ega bo‘ladi.
Ijro organi maplum bir mexanik inersiyaga (inersiya momenti Jio yoki massaga mio) ega bo‘ladi va aylanma harakatdagi ishchi momenti Mio yoki ilgarilama harakatdagi ishchi kuchi Fio bilan xarakterlanadi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling