Mavzu №2 elektr yuritma tushunchasi. Elektr yuritmalarni va


Ko‘p massali mexanik tizimlar


Download 0.91 Mb.
bet6/7
Sana01.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1238352
1   2   3   4   5   6   7
Ko‘p massali mexanik tizimlar


Elektr yuritmalarning xaqiqiy kinematik sxemalari, oralarida tirqishlari bor bo‘lishi mumkin egiluvchan elementlarga ega bo‘ladi. Misol uchun, 2.2,a-rasmda egiluvchan element yuk ilinadigan tros-po‘lat arqondir. Egiluvchan elementlarga, katta uzunlikda bo‘lgan birlashtiruvchi vallarni xam kiritish zarur. Ushbu sxemada tirqishlar ulovchi M1 va M2 muftalar, shuningdek shesternali ilashma va podshipniklarda bor bo‘lishi mumkin.




2.3-rasm. Ikki massali
xisoblash tizimi
Egiluvchan elementlar va tirqishlarning mavjudligi, EYU mexanik qismining xisoblash sxemasini murakkablashtiradi va uni ko‘p massali sxemaga aylantiradi. Agar, faqat bir elementning egiluvchanligi xisobga olinib, tirqishlar inobatga olinmasa, u xolda keltirish operatsiyalarini bajarish, EYU mexanik qismini 2.3-rasmda ko‘rsatilgan ikki massali xisoblash tizimi sifatida berish imkonini yaratadi. Ushbu sxemada, s bikrlik koeffitsientli 2 egiluvchan element, inersiya momentlari J1 va J2 bo‘lgan ikkita 1 va 3 massani birlashtiradi. Birinchi massa 1 tezlik bilan aylanadi va u dvigatelni xarakatlanuvchi qismining, shuningdek u bilan mustaxkam bog‘langan kinematik sxema elementlarining massalarini o‘z ichiga oladi, ikkinchi massa esa 2 tezlik bilan aylanib, o‘z ichiga ijro organi xamda u bilan mustaxkam bog‘langan elementlarning massalarini oladi. Birinchi massaga dvigatel momenti M va egiluvchan moment Me , ikkinchiga esa egiluvchan moment Me va yuklama momenti Ms qo‘yilgan. Ikki massali tizimning xarakati, quyidagi tenglamalar to‘plami bilan ifodalanadi:
M - Me = J1 d 1/dt;
Me - Ms = J2 d 2/dt ; (2.13)
Me=s (­1- ­2),
bunda 1, 2 – birinchi va ikkinchi massalarning mos ravishda buralish burchaklari.
(2-13) tenglamalarga kiruvchi s bikrlik koeffitsienti egiluvchan elementning materiali va geometrik o‘lchovlari bilan aniqlanadi. Bikrlik koeffitsientini dvigatel valiga keltirish quyidagi ifodalar orqali amalga oshiriladi
c = c1 2 ; c = c2 / i2,
bunda s1 va s2 - mos ravishda, egiluvchan o‘q (N/m) va egiluvchan valning (Nm) bikrlik koeffitsentlari.
Bikrlik koeffitsientlari s1, s2, s3, . . . bo‘lgan bir nechta egiluvchan elementlar parallel ulanganda, ekvivalent bikrlik sekv quyidagicha aniqlanadi:
s ekv = s1+ s2 + s3 + . . .
ular ketma-ket ulanganda esa
1/sekv = 1/s1+ 1/s2 + 1/s3 + . . .
Ikki yoki undan ortiq egiluvchan elementlarning egiluvchanligi xisobga olinganda, xisoblash sxemasi mos ravishda uch massali, to‘rt massali va x.k. bo‘ladi. Ko‘p massali xisoblash tizimlari, EYU kinematik sxemalaridagi tirqishlar eotiborga olingan xolatlarda Ham xosil bo‘ladi. Tirqishlarni keltirish quyidagi qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- aylanma xarakatdagi va 1 (rad) burchak tirqishi bo‘lgan element uchun, tirqishning keltirilgan qiymati =1i, rad;
- ilgarilama xarakatdagi va 2 (m) chiziqli tirqish bo‘lgan element uchun, tirqishning keltirilgan qiymati =2 / , rad;
Ko‘p massali tizimlarning xarakati murakkab va xilma-xil bo‘ladi, shuning uchun ularning taxlili ko‘p xollarda xisoblash texnikasini qo‘llashni talab qiladi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling