Mavzu №2. Gidravlika asoslari


Download 137.9 Kb.
bet1/5
Sana02.11.2023
Hajmi137.9 Kb.
#1740976
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu2


Mavzu №2.
Gidravlika asoslari
Reja:

  1. Gidromexanik jarayonlar to`g’risida asosiy tushunchalar.

  2. Xom ashyo va maxsulotlarning asosiy fizik xossalari.

  3. Muvozanat holatining differensial tenglamasi. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi



2.1.Gidromexanik jarayonlar to`g’risida asosiy tushunchalar.

Kimyo va neft-gazkimyo sanoatining barcha tarmoqlarida gidromexanik jarayonlar ko`p qo`llanadi. Bunday jarayonlarga suyuqliklar, gazlar va ularning aralashmalarini trubalar orqali uzatish; turli jinsli sistemalarni fazalarga ajratish, suyuqlik muhitida aralashtirish, qattiq donador maxsulotlarni havo oqimi yordamida uzatish (pnevmotransport), mavhum qaynash qatlamining hosil bo`lishi va boshqalar misol bo`ladi. Bu jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari asosida ifodalanadi.


Sanoat qurilmalarida olib boriladigan issiqlik va modda almashinish hamda biokimyoviy jarayonlarning tezligi ko`pincha muxitlar harakatining gidrodinamik holatiga bog’lik bo`ladi. Gidromexanika qonunlari va ulardan amalda foydalanish usullari gidravlika fanida o`rganiladi.
Suyuqliklarning muvozonat va harakat qonunlari differentsial tenglamalar bilan ifodalanadi. Nazariy tadqiqotlar natijalarini soddalashtirish maqsadida ideal suyuqlik modelidan foydalaniladi. Bosim va temperatura ta`sirida o`z hajmini o`zgartirmaydigan yoki siqilmaydigan, o`zgarmas zichlikka ega va ichki ishqalanishi (qovushqoqligi) bo`lmagan suyuqliklar ideal suyuqlik deb aytiladi. Real suyuqliklar esa bosim va temperatura ta`sirida o`z hajmini o`zgartiradi. Bundan tashqari real suyuqlik qatlamlari orasida ichki ishqalanish mavjud. Lekin ba`zi suyuqliklarning xossalari ideal suyuqliknikiga juda yaqin bo`ladi. Bu tushuncha real suyuqliklar qonunlarini o`rganishni osonlashtiradi. elastik suyuqliklar (gazlar) ning hajmi temperatura va bosim ta`sirida keskin o`zgaradi.



Download 137.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling