Mavzu-2: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


Sichqonchaning ishlatilishi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana23.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1223355
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
2-Mavzu (2)

Sichqonchaning ishlatilishi. Amallarning ko'pchiligi klaviatura hamda sichqoncha 
yordamida bajarilishi mumkin. Albatta, har kim o'zi uchun tez va oson bo'lgan usulni tanlab oladi.
Windows operatsion tizimida ishlayotganda, asosan sichqonchaning faqat ikkita: chap va o'ng 
tugmachalari ishlatiladi. Ulardan bin asosiy (ishchi) tugmacha hisoblanadi. Odatda, bu chap 
tugmacha bo'ladi, ammo chapaqaylar uchun xuddi shu vazifada o'ng tugmachani ham belgilash 
mumkin (Buning uchun Boshqaruv panelidagi Sichqoncha dasturidan foydalaniladi).
Ikkinchisi esa yordamchi tugmacha sifatida ishlatiladi. Uni bosish bilan Suzuvchi menyu 
chaqiriladi. Ushbu menyu ajratilgan element uchun o'sha onda kerak bo'ladigan amallarni bajarishi 
mumkin.
So'nggi paytlarda uchta: chap, o'rta va o'ng tugmachali sichqonchalar keng tarqalmoqda. 
O'rta tugmacha mavjud oynani tepa yoki pastga o'tkazish uchun ishlatiladi.
Shuni aytish lozimki, Windows asosan sichqoncha bilan ishlasada, shu bilan birga uning ko'p 
amallarini tugmalar yordamida ham bajarish mumkin.
Windows OTni yuklash. Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga 
chaqirilishi lozim. Windows operatsion tizim bo'lgani uchun ham u komputer ishga tushirilishi 
bilan yuklanadi va ekranda quyidagi ko'rinishga o'xshash oyna paydo bo'ladi:
Windowsning bu ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar
asboblar, yozuv qog'ozlari, kitoblar, ma’ruza matnlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter 
ekranida ham ishlash uchun kerak bo'lgan ma’lumotlar joylashtiriladi.
Ish stoli ko'rinishi foydalanuvchi tomonidan o'zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi 
ko'p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo'llaniladi.
Windows yordam tizimi. Ma’lumotlar tizimini chaqirish. Har qanday yuqori malakali 
odam ham u yoki bu murakkab amallarni qanday qilib bajarishni unutib qo'yishi mumkin yoki 
eslay olmaydi. Bunday hollarda qanday ishlash kerakligi haqida Windows OTning yordam tizimi 
ma’lumotlar beradi.
Windows ОТyordam tizimi PUSKning Spravka qismidan amalga oshiriladi. Bundan keyin 


Windowsning 3 qismdan tashkil topgan ma’lumotlar tizimining muloqot oynasi ochiladi.
1. Tarkibiy qism o'zida ma’lumotlar tizimining to'la jamg'armasini va ierarxik tipdagi 
tahrirlarni jamlagan.
2. Yopiq kitob ko'rinishidagi belgi ostidagi bo'lim unda bir qancha kichik bo'limlar borligini 
bildiradi. Ushbu belgi ustida sichqonchani ikki marta chertish orqali bu bo'limni ochish va uning 
tarkibini ko'rish mumkin. Ushbu tarkibda muammolarni shu bilan birga murakkab amallarni hal 
qilish mumuin.
3. So'roq belgisi bilan birga turgan qog'oz belgisi, ushbu bo'limning ma’lumotlar tizimi 
ekanligini bildiradi. Bu belgining ustida sichqonchani ikki marta chertish, unga kirishni 
taminlaydi. 
4. Predmet ko'rsatkichlari qismi o'zida alfavit tartibida asosiy ko'rsatkichlar, ma’lumotlar 
tizimini yuklashni mujassamlashtirgan. U kerakli atamaning bosh harflari kiritilishi bilan 
axborotlarni qidirishni boshlaydi. 
5. Qidirish qismi ma’lumotlar tizimining barcha bo'limlaridan kerakli atamani izlashni 
amalga oshiradi. Qidiruv natijalari bo'limlar bo'yicha tartib bilan beriladi, unda qidirilgan atamalar 
mavjud bo'ladi. Kerakli qismini belgilab, Vo'vesti tugmasi bosiladi. 
6. Ma’lumotlaroynasidaba’zibirqismyokibo'limlardagiso'zlarturlichiziqlarbilanbelgilangan
bo'lishimumkin. To'liq chiziq bilan chizilgan frazani sichqoncha bilan chertilsa boshqa bo'limga 
o'tiladi. Uzuq-uzuq chiziq bilan belgilangan fraza chertilsa aniqlangan atamalar yoki tushintirishlar 
keltirilgan qo'shimcha oyna ochiladi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling