Kontekst (suzuvchi) menyu. Kontekst menyu oynaning ixtiyoriy joyida sichqonchaning
o'ng tugmasini bosish yordamida ochiladi. Bu menyu bandlari qaysi element ajratilgani, qanday
operatsiya bajarilayotgani va shu kabi holatlarga bog'liq holda o'zgaradi. Misol uchun agar Word
matnlarni tahrirlash dasturida biror so'zni ajratib, sichqonchaning o'ng tugmachasiga bosilsa,
nusxa olish, ko'chirish, qirqish operatsiyalarini yoki o'sha so'zni formatlashtirish operatsiyalarini
(shriftni, abzatsni formatlashtirish buyruqlarini) tanlash mumkin bo'lgan menyu paydo bo'ladi.
Shunday qilib, sichqonchaning o'ng tugmachasini bosgach, siz o'sha onda ajratilgan element bilan
bo'ladigan operatsiyalar nomlarini o'z ichiga olgan menyuga kirishingiz mumkin. Odatda,
Windowsning an’anaviy tizimli menyusidan foydalanishga qaraganda, kontekst menyu yordami
bilan buyruqlarni bajarish qulayroqdir.
Windows ni va uning texnik vositalarini sozlash. Windows dagi sozlash funksiyalarining
ko'pchiligi asosiy menyuning Настройка(Sozlash) bandidagi ost menyuda jamlangandir. Unda
quyidagi uchta buyruq bor:
Панель управления[Boshqarish paneli] - shu nomdagi tizim papkasining darchasi ochiladi.
Bu darchada komputer qurilmalari va amaliyot tizimining turli qismlarining piktogrammalari bor;
Принтеры[Printerlar]- tizimga ulangan har bir printerni sozlash imkonini beruvchi tizim
papkasining darchasi ochiladi;
Панел задач [Masalalar paneli] - bu buyruq yordamida tizimning asosiy menyusi va
masalalar panelini sozlash mumkin.
Yuqoridagi rasmda Панел управления- Boshqarish paneli papkasining odatdagi darchasi
ko'rsatilgan. Unda quyidagi obyektlarning piktogrammalari bor:
Дата/время - Sana / vaqt - bu piktogramma tizim vaqti va sanasini o'zgartirish imkonini
beruvchi muloqot darchasini ochish uchun xizmat qiladi;
Звук - Tovush - Windows muhitida ishlash vaqtidagi ro'y beradigan hodisalarga tovush
berish tizimini tanlash imkonini beruvchi muloqot darchasini ochadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |