Mavzu-2: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faylni nushalash.
- F5(Copy)
- Fayl yoki fayllar guruhini ochirish.
TC da yordam olish. TCda yordam olish uchun Fl (Help) bosish lozim. Agar fayl yoki
katolog nushasini olish haqida yordam olish kerak bO’lsa, F5 (Copy) tugmasini so'ngra Fl (Help) bosiladi. 3. Total Commanderda fayllar ustida amallar bajarish Fayl yaratish, faylga mos ma’lumotlar tayyorlash va uni diskka yozish. TCda Yangi fayl tashkil qilish uchun [Shift]+[F4] tugmalari birgalikda bosiladi, hosil bo'lgan muloqot paneli yo'lagiga Yangi fayl nomi kiritiladi va [OK] bosiladi. Natijada “Tarjimai hoi" sarlavhali bloknot oynasi paydo bo'ladi va unga klaviatura orqali ma’lumotlar kiritiladi. Matn diskka yozilishi uchun shu bloknot xususiy menyu satridagi “Файл” buyruqlar to'plamiga kirib, undan “Сохранить” bandini tanlab bosishingiz mumkin. Faylni nushalash. Fayl yoki fayllar guruhini nushalash uchun (fayllar guruhi [Insert] tugmasi orqali oldindan ajratilgan bo'lishi lozim) F5(Copy) tugmasini bosiladi. Ekranning o'rta qismida fayl yoki fayllar ko'rsatilgan manzilga nushalashni tasdiqlash haqidagi so'rov oynasi paydo bo'ladi: Qo'shimcha ma’lumot kiritilmasa, [OK] bosiladi va obyekt boshqa darchada joylashgan catalogga nushalanadi. Agar matnli faylni printerda chop qilish kerak bo'lib qolsa, buning uchun F5(Copy) bosiladi va kompyuterning manzil so'roviga chop etuvchi qurilmasining nomi- “prn” kiritiladi. Faylni qayta nomlash. Faylni qayta nomlash uchun ko'rsatkichni nomi o'zgarishi kerak bo'lgan fayl ustiga qo'yib, F6(Rename) tugmasi bosish lozim. Kompyuter so'roviga faylning yangi nomi beriladi. Fayl yoki fayllar guruhini o'chirish. Buning uchun fayl yoki fayllvr guruhi ajratilib, ([Insert] tugmasi yordamida), F8(Delete) tugmachasi bosiladi. Fayllar guruhini tashkil etilgan sanasi, hajmi, alifbo bo'yicha nomi bilan saralash. Diskdagi fayllar guruhini: nomi bo'yicha tartiblash uchun [Ctrl]+[F3]; kengaytmasi bo'yicha tartiblash uchun [Ctrl]+[F4]; yaratilgan vaqti bo'yicha tartiblash uchun [Ctri]+[F5]; hajmi bo'yicha tartiblash uchun [Ctrl]+[F6]; aralash tartibdagi holi (saralanmagan) uchun [Ctrl]+[F7] tugmachalar birgalikda bosiladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling