Mavzu-2: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja
Yorliq - bu obyektning (Hujjat, dastur, qurilmaning) shartli belgilanishi bo'lib, obyektga tezda murojat qilishni ta’minlaydi. Piktogramma
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Mavzu (2)
Yorliq - bu obyektning (Hujjat, dastur, qurilmaning) shartli belgilanishi bo'lib, obyektga
tezda murojat qilishni ta’minlaydi. Piktogramma. Windowsda piktogrammalar dasturlarni kichraytirilgan holda bajarish uchun ishlatiladi. Piktogrammalar 3 xilda bo'ladi: • dastur piktogrammalari; • hujjat piktogrammalari; • dasturlar sarlavxalari piktogrammalari; Dastur piktogrammalari dastur darchadan dasturga kichraytirilganda hosil bo'ladi. Faqatgina dastur piktogrammalari darcha tashqarisida joylashadi. Ularni ochish darchadan tashqaridagi ekranning ixtiyoriy qismiga ko'chirishingiz mumkin. • hujjat piktogrammalari kichraytirilgan hujjat darchalaridir. Bu piktogrammalarini faqatgina ishlayotgan dastur ish maydoni doirasida ish joyini o'zgartirish mumkin. • dastur sarlavhalari piktogrammalari dasturlarni boshqarishda ishlatiladi. Bunda har bir piktogramma va uni tasvirlovchi Hujjatlar ro'yxatiga ega bo'ladi. Bu piktogrammalar dastur guruhlari darchasida joylashadi. Windows oynalari. Oynalar bir necha tipda bo'ladi: • amaliy oynalar yoki dasturlar oynalari, ular dasturlarni ishga tushirish uchun ishlatiladi; • guruhli oynalar yoki hujjatlar oynasi, u foydalanuvchining Windows muhiti bilan aloqasi uchun ishlatiladi; • muloqot oynalari - bu oynalarning alohida ko'rinishi bo'lib, ularda muloqotni tashkil etish maqsadida bajariladigan jarayonlar uchun foydalanuvchi tanlaydigan qo'shimcha parametrlar beriladi; bu oynalar oldingi aytib o'tilganlardan farqli o'laroq mashtablanmaydigan va ko'chirilmaydigandir. Windows yoʻ boshlovchisi - Windows Explorer. Fayl va papkalar bilan ishlash. Проводник(boshlovchi) dasturi Windows tizimida mohiyati bo'yicha Norton Commander qobiq dasturining fayl va katologlar ustida bajariladigan tegishli buyruqlarni o'zida mujassamlantirgan. Dasturni o'z menyu satri bo'lib, uning bandlari Mening kompyuterim menyusidan deyarli farq qilmaydi va nomlanishi aynan saqlangan. Lekin tahririy darcha ikki qism -o'ng va chap bo'lakchalardan iborat. Darchaning chap qismida (papkalar)jildlar daraxti, o'ng qismida esa belgilangan papkaga mos kichik papka va fayllar ro'yxati keltirilgan. Papkalar daraxti har bitta yorliq oldiga (+) belgisi joriy kichik papkaga ega ekanligini, (() belgisi papkaning to'la ochilganligini bildiradi. Biror faylni papkadan ikkinchisiga o'tkazish uchun, belgilangan fayl “sichqoncha“ ning ko'rsatkichiga olib kelinib, chap tugma bosilgan holda siljitilib, o'tkazilayotgan papkaning ustiga olib boriladi va tugma qo'yib yuboriladi. Biror faylning nusxasini olish uchun yuqoridagi amal klaviaturadan “Ctrl” tugmasi bosilgan holda amalga oshiriladi. Fayl yoki papkalar guruhini belgilash uchun, ularning yonida “sichqoncha” ning chap tugmachasi bosiladi. Natijada ajratib olingan guruh yorliqlarining rangi o'zgaradi. Ulardan nusxa olish yoki ko'chirish yuqoridagiga aynan o'xshash bo'ladi. Boshlovchi darchasida barcha fayllar bajarilayotgan vazifalarining mohiyatidan kelib chiqqan holda mos yorliqlar orqali ifodalanadi. Bu yorliqlarning turi ko'p bo'lib, ularning mohiyatini tushuntirish uchun menyuning Vid qismidagi «Svoystva» bandi faollashtiriladi. Hosil bo'lgan muloqotli darchada Tip faylov bo'limi orqali kerakli ma’lumotga ega bo'lishimiz mumkin. Biror kerakli faylni topish uchun menyuning Servis qismidagi Poisk bandiga murojat qilinib, hosil bo'lgan muloqotli darchada izlanayotgan faylning belgisi kiritiladi. exe qo'shimchasi bo'lgan fayl yorliqlarini faollashtirib mazkur dasturni ishga tushirish mumkin. Boshlovchi dasturiga o'xshash vazifalarni mening Hujjatlarim yorlig'ini faollashtirish orqali ham bajarish mumkin. Bu yerda olingan foydalanuvchi tomonidan hosil qilingan Hujjatlar majmuasi jamlangan bo'ladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling