Mavzu-2: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja
Справка menyusi ? Dastur haqida ma’lumot olish Kompyuter viruslari haqida ma’lumot
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Mavzu (2)
Справка menyusi
? Dastur haqida ma’lumot olish Kompyuter viruslari haqida ma’lumot. Kompyuter virusi- bu maxsus yozilgan dastur bo'lib, u boshqa dasturlarga qo'shilishi (ya’ni uni zararlashi) shuningdek kompyuterda noma’qul harakatlarni amalga oshirishi ham mumkin. Virus mavjud bo'lgan dasturlar «zararlangan» deyiladi. Mavjud bo'lgan viruslarning ko'pchiligi yadro tizimli fayllarni afzal ko'radilar, chunki ko'p zamonaviy kompyuterlarda fayllar tizimi bir xil nomlanadi. Masalan, viruslar aksariyat hollarda, Command.com fayliga birlashadilar va «Dir» buyrug’i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladilar. Ko’p hollarda tizimning zararlanishi kiritish-chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro’y beradi. Kompyuterda viruslarning tarqalishi zararlangan biror fayl yoki dasturning ishlashi jarayonida yuzaga keladi. Kompyuterda ishlashdan avval xotiradagi ma’lumotlarning zararlanmaganligini tekshirish zarur bo’ladi. Kompyuterning viruslar bilan kasallanishi quyidagi hollarda ro'y beradi: - kompyuterdagi virus bilan kasallangan dasturlar yuklanishi(com, bat yoki exe fayllar); - moduli zararlangan dasturni ishlatilishi; - kompyuterga virusli disketalarning yuklanishi; - kompyuterga zararlangan ОТ yoki qurilmaning zararlangan drayverlarini o'rnatilishi va h.k. Kompyuter zararlanganda, birqancha g'aroyib hodisalar yuz beradi: - ba’zi bir dasturlar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi; - ekranga boshqa xabarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi; - kompyuter ishlashi sekinlashadi; - ba’zi bir fayllar buziladi; - fayllarning hajmi ortiqcha har xil yozuvlarni qo'shish hisobiga o'zgaradi; - operativ (tezkor) xotiraning bo'sh joyi qisqaradi; - tizimli diskdan dasturlarni yuklash qiyinlashadi yoki umuman yuklanmaydi va h.k. Virus bilan quyidagi turdagi fayllar zararlanishi mumkin: - Bajariluvchi fayllar: COM va EXE ko'rinishidagi fayllar. Fayllarni zararlaydigan viruslar fayl viruslari deyiladi. Bajariluvchi fayllaridagi viruslar, shu fayl tegishli bo'lgan dastur ishlaganda o'z faoliyatini boshlaydi. - Operatsion tizimning yuklovchisi va qattiq diskning asosiy yuklovchisini zararlaydigan viruslar yuklovchi yoki but viruslar deyiladi. Bunday viruslar kompyuter yuklanishi bilan ishlay boshlaydi va u rezidentlik holatiga o'tadi, ya’ni doim kompyuter xotirasida saqlanadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling