«Moy kompyuter» (mening kompyuterim) ilovasi bilan ishlash


Download 384.5 Kb.
bet1/4
Sana12.11.2023
Hajmi384.5 Kb.
#1769190
  1   2   3   4
Bog'liq
Moy kompyuterп (mening kompyuterim)



«Moy kompyuter» (mening kompyuterim) ilovasi bilan ishlash
Reja:

  1. Mening kompyuterim ilovasi haqida tushuncha

  2. Mening kompyuterim ilovasi bilan ishlash

WINDOWS-XP tizimi kompyuterda ma`lumotlarni Saqlash strukturalarini boshqarish va ko’rib chiqishni ikki usulda bajaradi: «Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) va «Provodnik» (Boshlovchi) ilovalari yordamida.
«Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) ilovasi kompyuterning faylli strukturasini va disklarini, jild va fayllarini, shu jumladan, «Panel` upravleniya» (Boshqarish paneli) va «Printeri» (Chop etish qurilmalari) ilovalari faoliyatini muvofiklashtirib boshqarish imkoniyatlarini yaratib beradi. «Moy kompyuter» fayllarni uchirish, qayta nomlash, joyini o’zgartirish, ulardan nusxa olish uchun ishlatilishi xam mumkin.
Ish stolidagi «Moy kompyuter» ob`yektida sichqonchani ikki marta bossangiz, ilova oynasi ochiladi (5.11-rasm). «Moy kompyuter» oynasi ochilganda, unda fayllar strukturasining yuqori pog’onasi aks etadi. Barcha ochish mumkin bo’lgan disklar kulrang ob`yektlar bo’lib, kolgan resurslar — sarik jild Ko’rinishida namoyish etiladi.
Agar (S:) disk belgisi ustida sichqonchaning chap tugmachasi bir marta bosilsa, oynaning past qismida joylashgan xolat qatorida diskdagi bo’sh joy mikdori aks etadi.

Diskdagi fayllar va jildlarni ko’rib chiqish uchun diskning rasmchasi ustida sichqonchani ikki marta bosamiz. Natijada oynada disk ichidagi axborot namoyon bo’ladi. Agar disk ichidagi jild ustida sichqoncha ikki marta bosilsa, oyna uzgarib, monitor ekranida jild ichidagi axborot paydo bo’ladi. Boshqa ob`yektlarda xam ikki marta sichqonchani bosish mumkin:
Yo agar bu Ilova bo’lsa — Ilova ishga tushadi;
Yo agar bu hujjat bo’lsa — mos ilovadagi xujjat ochiladi.
Faylli strukturaning pog’onalarini aks ettirish uchun ekranga «Panel` instrumentov» (Uskunalar paneli)ni chiqarish mumkin. Buning uchun «Vid» (Ko’rinish) menyusidan «Panel` instrumentov» (Uskunalar paneli) buyrug’ini tanlang. Bir nechta uskunalar aks etgan qator chiqadi. Keyin «Perexod na odin uroven` vverx» (Yuqoriga bir pog’ona o’tish) sarik piktogrammasini bosib, oldingi pog’onaga uting.

Download 384.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling