«Moy kompyuter» (mening kompyuterim) ilovasi bilan ishlash


Download 384.5 Kb.
bet3/4
Sana12.11.2023
Hajmi384.5 Kb.
#1769190
1   2   3   4
Bog'liq
Moy kompyuterп (mening kompyuterim)

«Izbrannoye» (Tanlangan) menyusida Sizga Internet xizmatlarini ishlatish imkonini beradigan buyruqlar yig’ilgan (5.14- rasm).
«Spravka» (Ma`lumot) menyusida Ilovalar hamda tizim bo’yicha o’zingizni kiziktirgan savollarga javob topishingiz mumkin.
«Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) ilovasini o’rganish jarayonida Siz aniq bir masalani xal qiluvchi fayllar aloxida jildlarda jamlanganini kurdingiz. Endi yangi, masalan, Sizning fayllaringizni saqlaydigan jild yaratamiz. Buning uchun kompyuter ekranida 5.11-rasmda aks etgan oyna namoyon bo’lganida, S: diski belgisi ustida ikki marta sichqoncha bosiladi. So’ng, «Fayl» menyusida «Sozdat`» (Yaratish) buyrug’i faollashtiriladi. Namoyon bo’lgan ro’yxatdan «Papka» (Jild) qatori tanlanadi.

Xosil bo’lgan darchada o’zingiz xoxlagan nomni kiritasiz va, albatta, ENTER tugmachasi bilan tasdiklaysiz. Jild tayyor. Shu jildga ba`zi fayllarni ko’chirish uchun boshqa jilddagi yoki diskdagi kerakli fayllar belgilanib, «Pravka» (To’g’rilash) menyusidagi «Kopirovat`» (Nusxalash) buyrug’i yordamida nusxa olinadi hamda «Pravka» (To’g’rilash) menyusidagi «Vstavit`» (Qo’yish) buyrug’i yordamida joriy jildga kiritiladi. Bu amalni uskunalar panelida joylashgan piktogrammalar yordamida xam bajarish mumkin.
«Fayl» menyusidagi «Formatirovat`» (Bichimlash) buyrug’i yordamida disketalarni bichimlash mumkin. Bichimlash jarayoni tugaganidan keyin ekranda axborot oynasi chiqadi. Undan Siz disketada kancha buzilgan joy borligini bilib olishingiz mumkin.
Disketalarga axborot yozishdan oldin yoki kattik diskning buzilgan joylarini tekshirish uchun «Proverka diska» («Diskni tekshirish») ilovasi ishlatiladi. Uni ishga tushirish uchun «Pusk» tugmachasi bosilib, «Programmi/ Standartnie/ Slujebnie/ Proverka diska» ketma-ketligi bajariladi. Tekshirish jarayonida aniqlangan buzilgan sektorlar mazkur ilova tomonidan bir yula tuzatib ketiladi.
Тayanch so’z va iboralar: lokal disklar, hujjatlar, fayllar, papkalar.

Download 384.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling