Mavzu: 2-sinfda fe`l so`z turkumi ustida ishlash darslari va ishlanmasini tuzish Reja: Kirish. I bob. 2-sinfda fe`l so`z turkumi ustida ishlash darslarining nazriy asoslari


Download 152.5 Kb.
bet1/11
Sana27.02.2023
Hajmi152.5 Kb.
#1234173
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 sinfda fe`l so`z turkumi ustida ishlash darslari va ishlanmasini




Mavzu: 2-sinfda fe`l so`z turkumi ustida ishlash darslari va ishlanmasini tuzish


Reja:
Kirish.
I BOB. 2-sinfda fe`l so`z turkumi ustida ishlash darslarining nazriy asoslari.
1.1. So`z turkumi haqida umumiy ma`lumot.
1.2. Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so`zlar haqida malumot.
II BOB. Boshlang`ich sinflarda so`z turkumini o`rganish metodikasi
2.1. Boshlang`ich sinflarda so`z turkumini o`rganish metodikasi.
2.2. Fe`lso`z turkumining yozilishini o`rganish metodikasi va ishlanmasini tuzish.
XULOSA VA TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni hamda "Kadrlar tayorlash milliy dasturi" talablari asosida ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi.
O`rta maktab ona tili dasturiga taalluqli ko`pgina masalalar boshlang`ich sinflardayoq shu darajada mustahkam o`zlashtirilishi kerak. Bunda o`zlashtirilgan bilimlar o`quvchilar ongida butun umr saqlanib qolishi va boshqa masalalar esa o`qitishning bosqichida keyingi sinflarda mufassal qarab chiqishga tayyorgarlik ko`rish maqsadidagina kiritiladi yoki biror malaka va ko`nikmalarni shakllantirish jarayonida fikrlash qobiliyati darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo`lish uchun kiritiladi.
Bu degani - mamlakatimizning "ta'lim to'g'risida" gi qonuni, "Kadrlar tayorlash milliy dasturi", "Maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi"ning besh tamoyili asosida o'quvchilarga ta'lim berish, ko'nikma hosil qilish, ularning malakalarini oshirish, huddi buyuk ajdodlarimiz singari o'zbek nomini dunyoga doston qiluvchi asl o'g'il-qizlar qilib kamolga yetkazishdir.
Bu borada prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning: “Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste`dodi va qobiliyatlarini to'liq amalga oshirishga e`tibor berishga bog'liq bo'ladi.
Yurtimizdan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Yoshlarimizni ularga munosib ma’rifatli, ilmli qilib tarbiyalashimiz lozim. Bunda maktab tarbiyasi alohida o‘rin tutadi” – degan so’zlari ham barchamiz uchun muhim dasturulamal bo’lishi lozim.
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
O`rta maktab matematika dasturiga taalluqli ko`pgina masalalar boshlang`ich sinflardayoq shu darajada mustahkam o`zlashtirilishi kerak. Bunda o`zlashtirilgan bilimlar o`quvchilar ongida butun umr saqlanib qolishi va boshqa masalalar esa o`qitishning bosqichida keyingi sinflarda mufassal qarab chiqishga tayyorgarlik ko`rish maqsadidagina kiritiladi yoki biror malaka va ko`nikmalarni shakllantirish jarayonida fikrlash qobiliyati darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo`lish uchun kiritiladi.
Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma`naviy sog`lom o`sishi, balki ularning eng zamonaviy intеlеktual bilimlarga ega bo`lgan, uyg`un rivojlangan insonlar bo`lib, XXI asr talablariga to`liq javob bеradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yеtishi uchun zarur barcha imkoniyat samaralarini yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz.
Boshlang`ich ona tili kursining vazifasi maktab oldiga qo`yilgan "o`quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasb-hunarga yo`naltirish, kasblarni ongli tanlashga o`rgatish kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat.

Download 152.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling