Mavzu: №20. Lorens almashtirishlari va undan chiqaradigan hulosalar reja


(31) ifoda relyativistik mexanikada jismning nisbiy uzunligini aniqlash formulasidir


Download 16.12 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi16.12 Kb.
#1832721
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Galiley almashtirishlari. Lorens almashtirishlari-fayllar.org

(31) ifoda relyativistik mexanikada jismning nisbiy uzunligini aniqlash formulasidir.
Shunday qilib, sterjen uzunligini o’lchash natijalari nisbiy bo’lib, sanoq sistemasiga nisbatan uning harakatlanish tezligi ga bog’liq ekanligiga ishonch hosil qildik; uzunlik uning xususiy uzunligi l0 dan doim kichik chiqadi ko’paytuvchi doimo birdan kichik), biror sanoq sistemasiga nisbatan sterjenning harakatlanish tezligi qanchalik katta bo’lsa, shu sistemada sterjenning o’lchangan uzunligi shunchalik kichik bo’ladi.
Agar sterjenni ga bursak, ya’ni X o’qqa harakat yo’nalishiga perpendikulyar qilib qo’ysak, unda sterjenning uzunligi l0 ga nisbatan o’zgarmaydi, chunki y'=y va z'=z. Shunday qilib, harakatlanayotgan jismning o’lchamlarini o’lchashda uning harakat yo’nalishi bo’yicha o’lchangan o’lchamlarigina qisqargan bo’ladi. Masalan, harakatlanayotgan shar o’lchamlarini o’lchaganimizda u harakat yo’nalishida aylanma ellipsoid bo’lib tuyiladi.(7-rasm)

7-rasm. Harakatlanayotgan jismlar o’lchamlarinning qisqarishi a) jismlar qo’zg’almas b) jismlar v tezlik bilan harakatlanmoqda.


Endi vaqt oralig’larining nisbiyligi to’g’risidagi masalani qarab chiqamiz. Bir kuzatuvchi harakatlanayotgan vagonda turgan va vagonga nisbatan qo’zg’almas soatga ega bo’lsin. Vagon bilan bog’langan sanoq sistemasini S' deb ataymiz. Boshqa kuzatuvchi va uning soati Yerga nisbatan qo’zg’almas bo’lib, poezd tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsin. Yer bilan bog’langan sanoq sistemasini S bilan belgilaymiz.
Vaqtning t'momentida (8-a rasm) vagonda L lampochka yonsin (aniq bir voqea ro’y berdi), vaqtning t'2 momentida (8-b rasm) lampochka o’chdi (yangi voqea ro’y berdi).
8-rasm.Vagondagi va stansiyadagi soatlar a) birinchi voqeaning (vagonda lampochka yonishi) b) ikkinchi voqeaning (lampochka o’chishi) vaqt momentlarini ko’rsatadi.

Vagonda turgan kuzatuvchi uchun bu ikki voqea fazoning (vagonning) bir nuqtasida, lekin vaqtning t1 va t2 momentlarida ro’y berdi.


Ikkita aniq (muayyan) momentlar orasidagi farqni vaqt intervali deb ataymiz va uni T bilan belgilaymiz.

Download 16.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling