Mavzu: 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi. Reja: I. Kirish b. II. Asosiy qism b


O‘zbekiston va umumbashariy muammolar, xavfsizlik va tashqi siyosat


Download 69.33 Kb.
bet6/8
Sana14.05.2023
Hajmi69.33 Kb.
#1460189
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat

2.2. O‘zbekiston va umumbashariy muammolar, xavfsizlik va tashqi siyosat.
Bugungi kunda butun dunyoda, ayniqsa, Markaziy Osiyoda oʻzaro ishonch muhiti va xavfsizlikni yanada mustahkamlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim.
Birinchidan, butun mintaqaning tranzit va iqtisodiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan ustuvor infratuzilma loyihalarini amalga oshirish zarur. Mintaqaviy sheriklikni biznes darajasida rivojlantirish barqaror iqtisodiy taraqqiyot drayveri hisoblanadi.
Ikkinchidan, Afg‘onistonda tinchlikka erishish Osiyo mintaqasidagi barqarorlikning muhim omilidir. Biz shu yo‘ldagi har qanday formatdagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va ushbu mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish butun mintaqa uchun yangi strategik imkoni yatlar yaratishini yana bir bor qayd etmoqchiman.
Uchinchidan, biz dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash, milliy ma’naviyat va madaniyatlarni oʻzaro boyitish masalalari bo‘yicha tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan aniq takliflarni ilgari surganmiz. Xususan, Toshkentdagi Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi xalqaro markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buning uchun samarali muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
To‘rtinchidan, bugungi kunda tobora keskin tus olayotgan ekologik xatarlar ham barqaror taraqqiyotga jiddiy tahdiddir. Jumladan, Orol muammosi global miqyosdagi ekologik va gumanitar halokatdir. U allaqachon Orolbo‘yi aholisi genofondi, hayoti va sog‘lig‘i bilan bog‘liq ayanchli oqibatlarga olib keldi. Orol inqirozi oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha sa‘y-harakatlarni birlashtirish lozim.
Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bo‘ldi. Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga ko‘tarilmoqda. Bu esa, Orol halokati global muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda. Bu fojianing oqibatlarini yumshatish, kelgusida insoniyatni bunday ofatlardan ogoh etish uchun barcha choralarni ko‘rishimiz kerak. Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida e’lon qilish bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasining rezolutsiyasini hayotga tatbiq etish borasida quyidagi tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim:

  • Orol dengizining qurigan tubida qo‘shimcha 500 ming gektar yashil maydonlar barpo etib, ularning umumiy hajmini 2,5 million gektarga yoki hududning 78 foiziga yetkazish;

  • Orolbo‘yida xalqaro "Yashil iqlim" va "Global ekologik jamg‘arma"larning bioxilma-xillik, iqlim o‘zgarishi va tuproq yemirilishining oldini olishga qaratilgan dasturlari asosida 300 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish;

  • xonadon, ko‘cha, mahalla, qishloq va shaharlarda yo‘l bo‘ylari va dala chetlariga har yili kamida 200 million tup daraxt ekish, hududlarimiz iqlimiga mos ko‘chatlarni yetishtirish, sugʻorish hamda parvarish qilish tizimi asosida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berish;

  • daraxtlarni noqonuniy kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilib, parklar va "yashil zonalar" hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatishni qat‘iyan taqiqlash.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda "yashil hududlar"ni ko‘paytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi. Kelgusi besh yilda Orolning qurigan hududida yana 1 million gektar oʻrmonzor va butazorlar barpo etiladi. Natijada Qoraqalpog‘istonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni 4 million gektarga yetkaziladi16.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarixida ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarga bir necha marotaba duch kelgan. Ushbu yo‘nalishda xavf-xatar, tahdid va tahlikalar saqlanib qolayotganini hisobga olgan holda, davlatimiz bundan buyon ham keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ekstremizm va terrorizm hamda ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Bu sohadagi asosiy maqsadimiz O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat bo‘lib qoladi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik masalalarida quyidagi vazifalarni ustuvor deb bilamiz:

  • diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, shuningdek, chet elga uzoq vaqtga ketayotgan hamda yashab kelayotgan fuqarolar bilan shug‘ullanuvchi boshqa idoralarning kadrlar salohiyati va resurslarini mustahkamlash;

  • boshqa davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy - huquqiy asoslarini kengaytirish;

  • xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida axborot hamda tajriba almashish;

  • faoliyati ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtirok etish;

  • dunyo hamjamiyati va mintaqaviy tashkilotlar e’tiborini Afg‘onistonda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga jalb qilish borasidagi tashabbuslarni jadallashtirish va ushbu mamlakatni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga, shu jumladan, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi korrupsiyadan xoli mamlakat barpo etishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Bunda quyidagi asosiy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

  • jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish;

  • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora - tadbirlarni amalga oshirish;

  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, bu yaramas illatning oqibatlarini, bunga imkon beruvchi sabablar va shart - sharoitlarni bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

Bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
siyosiy arboblar va davlat xizmatchilarining mablag‘lari va mol - mulklari haqidagi ma’lumotlarni ochiqlashtirish va deklaratsiya qilish tizimini joriy etish;
davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish maqsadida "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunni, elektron xaridlar tizimini takomillashtirish;
jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimining samaradorligini oshirish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha huquqiy va tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish, qonunchilikdagi jazoni og‘irlashtirish yoki yengillashtirishga oid normalarni qo‘llash jarayonidagi inson omilini bartaraf etish17.
Har qanday mamlakatda boʻlgani kabi bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko ‘ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu o‘rinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda. 2020-yilda O‘zbekiston tarixida ilk bor kambag‘allik tushunchasi mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga ta’sir etadigan jiddiy muammo sifatida e’tirof etilib, mazkur yo‘nalish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy masalalaridan biriga aylandi. Bu borada quyidagilar nazarda tutildi:
Birinchidan, kambag‘allik jinoyatchilikning o‘sishiga ta’sir qiladi. Jinoyatchilik aholining kam ta’minlangan qatlamlari orasida keng tarqaladi va ular "daromad olish"ning jinoiy shakllariga murojaat qilish ehtimoli katta. Kambag‘allikning ikkinchi yomon oqibati - turmush darajasi past va daromadlari yuqori bo‘lmagan aholi qatlamlarining sog‘lig‘iga salbiy ta’siridir. Uchinchidan, kambag‘allik alkogolizm va giyohvandlikning o‘sishiga ham bevosita ta’sir qiladi. To‘rtinchidan, kambag‘allikning yuqori darajasi jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sababdir. Kambag‘allikning xavfli oqibatlaridan yana biri - aholining umumiy ma’lumot darajasi pasayishi bilan bog‘liq. Kambag‘allikning salbiy oqibatlarini e’tiborga olgan holda, mamlakatimizda unga qarshi kurashning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biriga aylandi.
Kelgusi o‘n yillikda ushbu sohada ijobiy natijalarga erishish uchun yana quyidagilarga alohida e’tibor berishimiz zarurligini yaxshi anglaymiz:

  • barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, 2030-yilgacha kambag‘allik darajasini 2 barobar kamaytirish;

  • kelgusi o‘n yilda kambag‘al oilalardagi ishsizlarni tadbirkorlikka jalb etgan holda, 500 ming yangi ish joylarini tashkil etish, ishsizlik darajasini 2 marta qisqartirish;

  • 2030-yilgacha kambag‘al oilalarni imtiyozli asosda 600 mingta kvartira bilan ta’minlash, uy sharoitlarini yaxshilash uchun imkoniyat yaratish;

  • kambag‘al oilalardagi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalaridagi qamrovini 2020-yildagi 10 foizdan 2030-yilda 30 foizga ko‘paytirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy sohalarda aholini, jumladan, kambag‘al oilalarning minimal iste’mol standartlari davlat tomonidan to‘liq ta’minlanishiga erishish;

  • kam ta’minlangan oilalarga dehqonchilik qilishi uchun har yili 30 ming gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini ajratib berish, tomorqa xoʻjaligidan samarali foydalanish uchun qulay sharoit yaratish.

Markaziy Osiyo mintaqasida va butun dunyoda murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda bu masalalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Shuni inobatga olgan holda, biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishning dastlabki davridayoq tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashni faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab oldik. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, bu boradagi vazifalar turkumiga quyidagilar kiritildi:
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
davlatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirish;
axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va mutanosib ravishda qarshi harakatlarni tashkil etish;
fuqarolar, millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash;
atrof - tabiiy muhit, aholi sog‘lig‘i va genofondiga putur yetkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
Biz yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlash, o‘quv - tarbiya jarayonlariga ilg‘or xorijiy tajribalarni, pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilishga bundan buyon ham birinchi darajali ahamiyat qaratamiz. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun yaqin yillarda quyidagi strategik vazifalarga e’tibor qaratish zarur:

  • Qurolli Kuchlar qurilishining tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish;

  • qo‘shinlarni tayyorlash borasidagi tadbirlarni rejalashtirishga oid yangicha yondashuvni ishlab chiqish;

  • barcha bo‘g‘indagi professional harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

  • qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan qayta ta’minlash18;

Mamlakatimiz ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik va yangilanishlar, shuningdek, iqtisodiyotni liberallashtirish, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy qilish, raqamlashtirish, ta’lim, ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish, fuqarolar faolligining o‘sishi va inson huquqlari himoyasiga e’tibor - bularning barchasi, hech shubhasiz, O‘zbekistonning tashqi siyosatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, Harakatlar strategiyasida davlatimizning tashqi siyosat sohasida quyidagi eng muhim yo‘nalishlari belgilab berilgan edi:
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro munosabatlarning to‘laqonli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik munosabatlari muhitini yaratish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yuksaltirish, dunyo hamjamiyatiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xolis axborot yetkazish;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
O‘zbekiston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini tartibga solish. Mamlakatimizning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari barqaror, adolatli va demokratik davlat qurishga, uning tashqi dunyoga ochiqligini ilgari surishga hamda mintaqaviy va ko‘p tomonlama oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgandir.
Biz O‘zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish yuzasidan boshlagan keng ko‘lamli ishlarni milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat yo‘lini davom ettiramiz. Olis va yaqindagi barcha davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va ko‘pqirrali sheriklikni yanada kuchaytiramiz. Kelgusi yillarda mamlakatimizning tashqi siyosatini amalga oshirishda quyidagi vazifalarga ustuvor ahamiyat beriladi:
Birinchidan, davlatimiz olib borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlarimizdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtiriladi.
Ikkinchidan, asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan koʻp qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytiramiz.
Uchinchidan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlaymiz.
To‘rtinchidan, qo‘shni Afg‘oniston zaminida tinchlik oʻrnatilishiga qat’iy ishonamiz va bu ezgu yo‘lda amaliy yordamni bundan keyin ham ayamaymiz. Hozirgi kunda Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan Trans-afg ‘on transport yo‘lagini barpo etish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Bu yirik loyihaning ro‘yobga chiqarilishi butun mintaqamizda barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Beshinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Oltinchidan, inson huquqlarini ta’minlash, so‘z va diniy e’tiqod erkinligi bo‘yicha erishayotgan yutuqlarimizni tegishli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil mustahkamlab boramiz.
Yettinchidan, dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi vatandoshlarimizni qo‘llab - quvvatlash va ular bilan aloqalarimizni yanada mustahkamlash ishlariga alohida e’tibor qaratamiz. Yaqinda tashkil etilgan "Vatandosh" jamoat fondi shu yo‘ldagi muhim amaliy qadamdir. Shuningdek, siyosiy-iqtisodiy munosabatlar doirasini kengaytirish uchun chet davlatlarda O‘zbekistonning yangi vakolatxonalarini ochish, xodimlar sonini ko‘paytirish ishlarini yangi bosqichga ko‘taramiz19.
Mintaqamiz davlatlari bilan ochiq, oʻzaro manfaatli va yaqin hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash tashqi siyosatimizning eng asosiy ustuvor yo‘nalishidir. Mintaqamizda yangi siyosiy muhitning shakllanishida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo‘yicha hamkorlikning kengayishi mintaqa yalpi ichki mahsulotini yaqin 10 yilda kamida ikki barobar oshirish imkonini beradi. Aynan shuning uchun ham mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlash barcha mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish va unda quyidagi masalalarga alohida urg‘u berish talab etiladi:

  • o‘zaro savdo aylanmasi hajmini kamida 2 barobar oshirish;

  • sanoatda qo‘shimcha qiymat yaratish bo‘yicha yaxlit zanjirlarni va kooperatsiyani mustahkamlash;

  • transport sohasida tashqi savdo uchun "yashil koridorlar" hamda tranzit imkoniyatlarni kengaytirish;

  • xalq diplomatiyasi tamoyilini, jumladan, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi aloqalarni kuchaytirish;

  • "Termiz - Mozori Sharif - Kobul - Peshovar" temir yo‘lini qurish hamda energetika, savdo va sanoat sohalaridagi strategik va muhim loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish;

  • inson, jumladan, xotin-qizlar va milliy ozchiliklarning asosiy huquq va erkinliklariga rioya qilinishini ta’minlash. Bunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistonga koʻmaklashish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarni safarbar qilish va muvofiqlashtirish uchun yanada ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi muhim ahamiyatga ega20.



Xulosa
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi yangi iqtisodiy dunyoqarash, yangicha iqtisodiy munosabatlar asosida erkin va farovon jamiyat qurish hamda milliy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu Strategiyani amalga oshirishda har qaysi shaxs, inson, har bir oilaning tinch va farovon hayot haqidagi ezgu niyat va xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarish, aholi turmush darajasining barqaror o‘sib borishini ta’minlash e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Yangi O‘zbekistonni barpo etishning asosiy sharti "Har bir fuqaro boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi, har bir oila farovon bo‘lsa, mamlakat ham farovon bo‘ladi", degan tamoyilni amalga oshirishdan iborat. Shu bois, yurtimizni halol mehnat qilib, muvaffaqiyatga erishadigan, tadbirkorlik orqali o‘zi va oilasi farovonligini ta’minlaydigan, Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilishni istaydigan barcha insonlar uchun keng imkoniyat lar mamlakatiga aylantirishimiz zarur.
Barcha orzu-niyat va intilishlarimiz, mashaqqatli mehnatimiz, kechani - kecha, kunduzni - kunduz demasdan amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarimiz hamma-hammasi bizga katta umid bilan boqib turgan xalqimiz uchundir. Bu borada ijtimoiy yo‘nalishdagi islohotlarimiz alohida ahamiyatga ega, albatta. Biz ana shunday ezgu ishlarimizni izchil davom ettirib, ijtimoiy adolat tamoyili asosidagi barqaror rivojlanish strategiyamizni ishlab chiqdik va mazkur sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha faoliyatimizni davlat siyosati darajasiga ko‘tardik. O‘zbekiston tarixida ijtimoiy sohada bunday keng ko‘lamli ishlar ilgari hech qachon bo‘lmagan.
Biz Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish yuzasidan boshlagan keng ko‘lamli ishlarni, milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan siyosatimizni izchil davom ettiramiz. Olis va yaqindagi barcha davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini uzoq muddatli va ko‘p qirrali sheriklik asosida olib borib, ularni albatta, yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘taramiz.



Download 69.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling