Mavzu: 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi. Reja: I. Kirish b. II. Asosiy qism b


Download 69.33 Kb.
bet2/8
Sana14.05.2023
Hajmi69.33 Kb.
#1460189
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat

Mavzuning o‘rganilish darajasi. Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirgi davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’naviy asos, xalqimizga xos buyuk bunyodkorlik hissi bilan yashash va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir1. Yangi O‘zbekistonda "Davlat - inson uchun" tamoyili asosida inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga amal qilish masalalari islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu esa nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda mazkur islohotlarning eng demokratik tamoyillarga mosligi, ularning pirovard maqsadi va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi inson qadri va manfaatlari, huquq va erkinliklashga qaratilganining e’tirof etilishiga sabab bo‘lmoqda.
Odil sudlov, inson qadr-qimmati va huquqlari oliy qadriyat sifatida sud-huquq sohasidagi islohotlarimizning asosiy maqsadi va ma’no-mazmuni bo‘lib qoladi. Shu maqsadda ushbu sohani takomillashtirish va mustahkamlash, yurtdoshlarimiz uchun odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirishga qaratilgan demokratik o‘zgarishlarni izchil davom ettiriladi. Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi - "Inson qadri uchun" hamda "Davlat - inson uchun" tamoyillarini real hayotimizga joriy etishdir. Bu masalada qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar, o‘zgartirish va qo‘shimchalar demokratik jarayonlarning mustahkam huquqiy asosini yaratmoqda. Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanayotgan bir davrda, inson, uning huquq va erkinliklari - eng muhim qadriyat sifatida e’tirof etilayotgan mas’uliyatli pallada bugungi kunimiz talablariga mos bo‘lgan yangi Asosiy qonunni ishlab chiqish obyektiv zaruratga aylanmoqda.
Mavzuni o‘rganishdan maqsad va vazifalar. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining maqsadi - aholining barcha qatlamlariga munosib hayot darajasini va turmush sharoitlarini yaratib berish, ijtimoiy himoya va bandlikni ta’minlash, daromadlar barqaror o‘sishiga erishish, jamiyatning madaniy darajasi, bag‘rikenglik va mehribonlik fazilatlarini yanada mustahkamlashdan iborat. XX asrning oxiri va XXI asrning boshlariga kelib insoniyat ko‘plab umumbashariy muammolarga duch keldi. Ushbu muammolar va ularning yechimlariga doir masalalar bugungi kunda nihoyatda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Hamkorlikda izlanish va o‘zaro manfaatli qarorlar qabul qilish - tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash singari ezgu maqsadlarimizga erishish imkonini beradi.
Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosati, avvalo, xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mamlakatimizning mudofaa qobiliyati va Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini yanada mustahkamlash sarhadlarimiz daxlsizligi, jamiyatimizdagi xavfsizlik va barqaror lik, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashning eng muhim sharti va kafolatidir.

Download 69.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling