Mavzu: 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi. Reja: I. Kirish b. II. Asosiy qism b
Adolatli ijtimoiy siyosat, ma’naviy taraqqiyot
Download 69.33 Kb.
|
Davlat
2.1. Adolatli ijtimoiy siyosat, ma’naviy taraqqiyot.
Ijtimoiy soha islohotlarining yuqori samaradorligiga erishish, mavjud muammolarni bartaraf etishda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur: aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimini yanada rivojlantirish; idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llash vositasida o‘zaro hujjat almashish jarayonini avtomatlashtirish orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish uchun zarur bo ‘lgan malu’motnoma va tasdiqlovchi hujjatlar sonini tubdan qisqartirish bo‘yicha boshlangan ishlarni davom ettirish; belgilangan mezonlarga muvofiq kam ta’minlangan oilalarning ehtiyojmandlik darajasini obyektiv baholash, davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali qarorlarni qabul qilishda subyektiv yondashuvni bartaraf etishga erishish; aholining ehtiyojmand toifasi tarkibi o‘zgarishi dinamikasi monitoringi va tahlilini yuritish, ularni baholash mezonlarini respublika va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda takomillashtirishni davom ettirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish va shu maqsadda nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash; tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilashning shaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifatini, jumladan, diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning zamonaviy uslublarini qo‘llagan holda, yuqori texnologik ixtisoslashgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali oshirish; tibbiy yordam darajasi va sifatini oshirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda tug‘ma nuqsonlar va irsiy kasalliklar o‘sishining sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va oldini olishni ham nazarda tutuvchi profilaktika tadbirlarini kengaytirish bo‘yicha skrining tekshiruvlarining samaradorligini ko‘tarish12. Yaqin o‘n yilda aholi daromadlarining 2,5-3 marta ko‘payishiga erishish, eng kam ish haqini yashash minimumi miqdori darajasiga tenglashtirish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqiladi. Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, 2030-yilgacha kambag‘allik darajasini 2 martaga kamaytirish choralari ko‘riladi. Samarali migratsiya siyosatini amalga oshirish, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga har jihatdan madad berish, qonuniy manfaatlarini himoyalash boʻyicha uzluksiz ishlarni davom ettiramiz. Kam ta’minlangan oilalarning 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga to‘liq ovqatlanish uchun oylik naqd toʻlov yoki oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmonlar bepul berilishi bo‘yicha dastur qabul qilinadi. Mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan nogironligi boʻlgan shaxslarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtiriladi. Bu boradagi sa’y-harakatlarimizning huquqiy asoslari sifatida "Nogironlar huquqlari to‘g‘risida"gi kodeksni qabul qilishimiz kerak bo‘ladi. Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Iste’mol tovarlari, jumladan, arzon narxdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirish va hajmini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu maqsadda "Ijtimoiy kodeks" qabul qilish davr taqozosidir. Sog‘liqni saqlash sohasi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan holatlarga barham berish va mavjud muammolarni bartaraf etish borasida ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy qonunchilikni unifikatsiyalash hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlar huquqlarini himoya qilish; tibbiyot xodimlarining mas’uliyati va himoyalanganligini kuchaytirishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi qonunlarni qabul qilish; hududlarda sog‘liqni saqlashni tashkil etishning klaster modelini shakllantirish, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qilish, shifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash tizimini joriy etish; tibbiyot sohasini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilashda mahalliy xususiyatlarni hisobga olish; tibbiy xizmatlar uchun klinik xarajat guruhlari bo‘yicha "har bir davolangan holat" uchun to‘lash tizimini hamda kishi boshiga moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini, shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy etish; tibbiy genetikani, ayollar va bolalarga shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish asosida, zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish, "Ona va bola" hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot majmualari va ma’lumotlar tizimlarini shakllantirish asosida onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish; farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, narx shakllanishi mexanizmlarini takomillashtirish, dori vositalari, tibbiy texnika va buyumlar ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirish. Ushbu yo‘nalishda davlat-xususiy sherikligini va tibbiy turizmni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yanada yaxshilash imkoniyatlarini ishga solishimiz lozim13. Bularning barchasi mamlakatimizda keyingi yillarda ilm-fanni rivojlantirish borasida quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishni talab etadi: ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va zamonaviy fan yo‘nalishlari bo‘yicha infratuzilmalarni tashkil qilish, ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yangilab borish, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim (doktorantura) institutini moliyalashtirish kabi rejalashtirilgan chora-tadbirlarga yo‘naltirish; ilmiy loyihalarni xususiy sektor va tarmoq tashkilotlari bilan teng sheriklikda moliyalashtirish amaliyoti kengaytiriladi, ilmiy-innovatsion loyihalarni qo‘shimcha moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari, xususan, Jahon bankining ilm-fanni tijoratlashtirishga ajratiladigan imtiyozli qarz mablag‘larini jalb qilish; ilm - fan va ilmiy faoliyatga xorijiy davlatlar donor tashkilotlarining grantlari, texnik ko‘mak va boshqa tashqi begʻaraz ko‘mak mablag‘larini jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi, ilm-fanning istiqbolli va yangi yo‘nalishlarida (shu jumladan, raqamli texnologiyalar, sun‘iy intellekt, robototexnika, farmatsevtika, biotexnologiya, nanotexnologiyalar, energetika, muhandislik, elektronika, mexanika, mashinasozlik, genetika, astronomiya, dasturlash, sanoat dizayni, kriminalistikada) ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish; innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtidorli yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish, o‘qish va malaka oshirishiga ko‘maklashish, ularning xalqaro ilmiy-texnik konferensiyalarda va ilmiy loyihalarda ishtirok etishlari, ilmiy ishlarining nashr etilishini ta’minlash; Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta‘minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat hamda turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ana shularni hisobga olgan holda, keyingi yillardagi O‘zbekiston Respublikasining gender siyosati quyidagi masalalarga qaratiladi: ijtimoiy-siyosiy hayotda erkak va ayollarning ishtirok etishida teng huquq va imkoniyatlarni yaratish; ayollar va erkaklarning iqtisodiyot, bandlik sohasidagi va mehnat migrantlari sifatidagi huquqlarini himoya qilishda gender tenglikni ta’minlash; barcha uchun adolatli va sifatli ta’limni ta’minlash; barcha xotin-qizlar uchun gender tenglikni ta’minlash, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish, odam savdosiga chek qo‘yish; ommaviy axborot vositalarida gender muammolarining keng yoritilishini ta’minlash14. Ma’naviyatsizlik va g‘oyasizlik har qanday jamiyatni tanazzul sari yetaklashi, davlat siyosati va boshqaruvini kuchsizlantirishi, korrupsiya, jinoyatchilik va axloqsizlik kabi illatlarning ildiz otishiga sabab bo‘lishi bilan bog‘liq misollarni insoniyat tarixidan koʻplab keltirish mumkin. Shu munosabat bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga alohida e’tibor qaratiladi. Istiqbolda bu sohada amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyot strategiyasi hamda uni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish davlat siyosatining tarkibiy qismiga aylanishini taqozo etmoqda. Hozirgi globallashuv davrida, inson ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan bir paytda turli g‘oyaviy tahdid va xurujlar jamiyati mizning ma’naviy hayotiga ta’sir ko‘rsatishning kuchli quroli sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bunday murakkab vaziyatda ana shunday bosimga bardosh bera oladigan jamiyatni shakllantirish uchun quyidagilar hayotimizning zaruriy talablariga aylanmoqda: jaholat, umumiy saviyaning pastligi buzg‘unchi g‘oyalarga ishonuvchanlik va ularning ta’siriga berilish holatlarini bartaraf etish uchun puxta ishlangan va zamonaviy ijtimoiy fan yutuqlariga tayanadigan ma’naviy ta’lim-tarbiyaning izchil amalga oshirilishiga erishish; bu borada ta’lim bosqichlari, ma’naviyat va ma’rifat tizimi uchun zarur o‘quv va amaliy dasturlar tuzish va ularni joriy etish; axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan faoliyatni takomillashtirish; sohaga zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish. Yaqin yillarda mamlakatimizda yangi ma’naviy makonni va xalqimizning yangi tafakkurini shakllantirish bo‘yicha ishlar samarasini yuksak darajaga ko‘tarish va bu boradagi faoliyat tizimini yanada takomillashtirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: oilaviy qadriyatlarga bepisand va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsiz qarash kabi illatlarga barham berishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik - matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish; geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; aholining ijtimoiy-ma’naviy hayotida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, islom dini va falsafasiga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy ma’rifiy tadbirlarni tizimli amalga oshirish15; Mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Etnik o‘ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda 140 ga yaqin milliy madaniy markaz yetakchi rol o‘ynamoqda. Ular o‘ziga xos madaniyati, tili, urf-odat va an’analarini, xalq hunarmandchiligini rivojlantirib, turli madaniyatlarning bir-birini o‘zaro boyitishiga, har birimizda ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Mamlakatimizda millatlar va konfessiyalararo hamjihatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda. Ammo, bularning barchasi Yangi O‘zbekistonni qurish yo‘lida erishilgan dastlabki natijadir. Kelgusida bu ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish uchun biz oldimizga quyidagi maqsadlarni qo‘ymoqdamiz: jamiyatda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldidagi tengligini ta’minlashga qaratilgan tizimli va izchil faoliyatni samarali tashkil etish; millatlararo munosabatlar sohasidagi muammolarni o‘rganish va ularni hal etishda xorijiy tajribani tahlil qilish hamda O‘zbekiston sharoitida ana shu tajribadan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Download 69.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling