Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari 2-Mavzu: Inklyuziv ta’limda shaxsiy ta’lim rejasining o‘rni va ularni tuzish tartibi Reja
Download 227.8 Kb. Pdf ko'rish
|
65a3rHTcBzHNdwYP4oAmpfBW1LN8tmZN4MDCGtKq
INKLYUZIV TA’LIMNI JORIY ETISH MASALALARI 2-Mavzu: Inklyuziv ta’limda shaxsiy ta’lim rejasining o‘rni va ularni tuzish tartibi Reja: 1. Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarining tahlili 2. Moslashuvchan dars jadvallarini tuzish 3. Dars jadvallarini tuzishga qo‘yiluvchi talablar Har bir umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktab- internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarining tahlilini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 26-avgustdagi 273-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishi uchun 2021-2022-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi buyrug‘ini o‘rganib chiqishi talab etiladi. Mazkur buyruqda soatlar taqsimoti har xil ekanligini ko‘rish mumkin. Barcha toifadagi nogironligi bo‘lgan bolalar bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarida korreksion mashg‘ulotlar va ba’zi fan yo‘nalishlari farqlanadi. Birinchi o‘rinda, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarini ko‘rib chiqamiz. Ko‘r bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarida Amaliy fanlardagi soatlar farq qiladi. Amaliy fanlar tarkibiga kiruvchi fanlar: Musiqa madaniyati, “Tiflografika” (Tasviriy san’at va chizmachilik), Texnologiya, Jismoniy tarbiya. Bu fanlarning soatlaridagi farqlarni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari soatlarni tahlil qilish jarayonida albatta inobatga olgan holda ajratib ko‘rsatishlari kerak. Keyingi farqlar korreksion mashg‘ulotlari va ularning tarkibiga kiruvchi fanlar: Logopediya mashg‘ulotlari, 2 predmet tasavvurini shakllantirish va ko‘ruv idrokini rivojlantirish, Ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish, Mo‘ljal olish va harakatlanish, Teri tuyishni va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, Davolash gimnastikasi, Ritmika. Demak, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari soatlarni tahlil qilish jarayonida bu fanlarni ham inobatga olgan holda ajratib ko‘rsatishlari kerak. Zaif ko‘ruvchi bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarini ko‘rib chiqamiz. Zaif ko‘ruvchi bolalar va ko‘zi ojiz bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalaridagi farqlar unchalik ko‘p farqlarga ega emas. Ulardagi asosiy farqlar korreksion mashg‘ulotlarda ko‘zga tashlanadi. Zaif ko‘ruvchi bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalaridagi korreksion mashg‘ulotlari va ularning tarkibiga kiruvchi fanlar: Logopediya mashg‘ulotlari, predmet tasavvurini shakllantirish va ko‘ruv idrokini rivojlantirish, Ijtimoiy maishiy hayotga yo‘naltirish, Teri tuyishni va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, Davolash gimnastikasi, Ritmika. Aynan shu farqlarni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari inobatga olishlari kerak bo‘ladi. Ikkinchi o‘rinda, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarini ko‘rib chiqamiz. Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarida Filologiya fanlaridagi soatlar farq qiladi. Filologiya fanlari tarkibiga kiruvchi fanlar: Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili/ rus tili. Bu fanlarning soatlaridagi farqlarni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari soatlarni tahlil qilish jarayonida albatta inobatga olgan holda ajratib ko‘rsatishlari kerak. Keyingi farqlar korreksion mashg‘ulotlari va ularning tarkibiga kiruvchi fanlar: Eshitish idrokini rivojlantirish va talaffuzni rivojlantirish, Musiqa va ritmika, Nutqiy muloqot. Demak, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari soatlarni tahlil qilish jarayonida bu fanlarni ham inobatga olgan holda ajratib ko‘rsatishlari kerak. Aynan shu farqlarni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari dars jadvallarini tuzishda inobatga olishlari kerak bo‘ladi. 3 Uchinchi o‘rinda, tayanch-harakat a’zolarida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarida faqatgina korreksion mashg‘ulotlari farq qiladi. Korreksion mashg‘ulotlarga faqat logopedik mashg‘ulotlari kiradi. To‘rtinchi o‘rinda, nutqida nuqsonlari bo‘lgan bolala uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarida ham faqatgina korreksion mashg‘ulotlari farqlanadi. Korreksion mashg‘ulotlari va ularning tarkibiga kiruvchi fanlar: Logopedik mashg‘ulotlar va Ritmika. Bundan tashqari, Respublika Tashxis markazi tomonidan 2021-yilning yanvar oyida inklyuziv ta’lim jarayonida nogironligi bo‘lgan bolalarga erishimli ta’limni tashkil etish maqsadida moslashtirilgan 52 dastur ishlab chiqilgan va albatta, moslashuvchan (rezinoviy) dars jadvallarini tuzishda moslashtirilgan dasturlarni ham tahlilini o‘tkazish kerak. Yuqorida berilgan fanlarning soatlaridagi farqlarni DTS asosidagi farqlarga solishtirib, undagi farqlarni tahlil qilib bo‘lgach o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari moslashuvchan (rezinoviy) dars jadvallarini tuzishga ham kirishsa bo‘ladi. Moslashuvchan (rezinoviy) dars jadvallari bu – bir sinfda bolalarga moslashtirilgan holda ularga mos dasturlar asosida dars jadvallari. Bu kabi dars jadvallarida alohida ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga alohida moslashuvchan dasturlar taqdim etiladi yoki ularga mos dastur asosida ish olib boriladi. Shu bilan birga, bir sinfda turli toifadagi bolalar ta’lim olganliklari uchun turli dasturlar asosida ta’lim oladilar va dasturlarga muvofiq dars jadvallari tuziladi. Sinfda nechta dastur yuritilsa shuncha dars jadvallari yuritilishi maqsadga muqofiqdir. Moslashuvchan (rezinoviy) dars jadvalini tuzishda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari quyidagi ketma-ketlikka amal qilishlari kerak bo‘ladi: • Umumta’lim maktablari o‘quv rejalarining tahlili; • Moslashtirilgan dasturlarning tahlili; • Ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim muassasalari o‘quv rejalarining tahlili; • Barcha o‘quv soatlarining o‘zaro farqlari o‘rtasidagi tahlillar. 4 O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining ishi birinchi muddatda qiyindek tuyuladi, ammo shablon yaratish asosida keyinchalik bu jarayonni tizimga solish mumkin. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari dars jadvallarini tuzishga qo‘yiluvchi talablarni ham mukammal ravishda bilishlari kerak. Dars jadvali-o‘quv muassasi faoliyatidagi asosiy rasmiy hujjatdir. Ilmiy, metodik pedagogik-psixologik nuqtai nazardan tuzilgan dars jadvali ta’lim muassasi faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi. Dars jadvalini tuzishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini va ish qobiliyatining yuqori yoki past bo‘lgan soatlari, fanlarning murakkablik darajasi, o‘qituvchining dars yuklamasini hisobga olish kerak. Dars jadvalini tuzishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim: 1. Kichik maktab davrida (1-4-sinf o‘quvchilari) 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha bola birinchi marotaba maktabga boradi, yangi sharoitga moslashadi. Bu davrda bolaning jismoniy o‘sishi bilinarsiz kechadi, lekin uning boshqa ko‘rsatkichlari yaqqol o‘zgaradi, ya’ni organizm a’zolari va tizimlari faoliyatining mukammallashuvi kuzatiladi. Mazkur davr bolalik va o‘smirlik davri orasidagi ko‘prik hisoblanadi. O‘rta maktab 5-9-sinf o‘quvchilari (11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha) davri shiddatli o‘sish va rivojlanish davri bo‘lib, jinsiy rivojlanishning boshlang‘ich va cho‘qqisiga to‘g‘ri keladi. O‘g‘il bolalarda ham, qiz bolalarda ham harakat-tayanch va markaziy asab tizimlarining mukammallashuvi davom etadi. Katta maktab (10-11-sinf o‘quvchilari, 15 yoshdan 18 yoshgacha) davrida bolalar nafaqat jismoniy, balki aqliy, ma’naviy va ijtimoiy jihatlardan ham rivojlanadi. 2. Olimlarning ilmiy tekshiruvlari natijasida, maktab yoshidagi bolalar aqliy qobiliyatining bioritmologik optimumi 10-12-soatlar orasidagi intervalga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Bu soatlarda o‘quvchi berilgan materialni organizmning psixofiziologik imkoniyatlarini eng minimal darajada sarf qilib, maksimal darajada o‘zlashtirishi mumkin. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarning dars jadvalida asosiy fanlar 2-3-soatlarga o‘rta va yuqori sinflarda esa 2,3,4-soatlarga qo‘yilishi 5 kerak. Ish qobiliyati oshishining ikkinchi cho‘qqisi soat 16-18larga to‘g‘ri keladi, ana shu vaqtda uy vazifasini bajarishga kirishish tavsiya etiladi. 3. O‘quvchilarning aqliy ish qobiliyati o‘quv haftasining turli kunlarida turlicha bo‘ladi. Haftaning o‘rtasida u yuqori darajada bo‘ladi, haftaning boshida (dushanba) va haftaning oxirida (juma) pasayib ketadi. Shuning uchun o‘zlashtirish murakkab bo‘lgan fanlarning o‘quv yuklamasini hafta javomida shunday taqsimlash kerakki, uning eng katta hajmi seshanba va (yoki) chorshanba kunlariga to‘g‘ri kelishi kerak. Chunki o‘quvchilar yangi materialni o‘zlashtirishining eng yuqori chegarasi haftaning o‘rtasidagi kunlarda samarali bo‘lishi psixolog olimlar tomonidan aniqlanib tavsiya etilgan. 4. Nazorat ishlarini ham iloji boricha shu kunlarda o‘tkazish yaxshi samara beradi. Bu kunlarda dars jadvaliga murakkab fanlar yoki o‘rta og‘irlikdagi fanlar haftaning boshqa kunlaridagiga qaraganda ko‘proq hajmda kiritilishi lozim. Chorshanba kuni esa darslar birmuncha yengillashtirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 5. Birinchi sinf o‘quvchilariga adaptatsiya jarayonini yengillashtirish uchun “bosqichli” o‘quv mashg‘ulotlari tartibli qo‘llanilishi kerak va bunda o‘quv yuklamasi asta-sekinlik bilan orttirib borilishi lozim. Sentyabr oyida 35 daqiqadan davom etadigan 3 ta dars, ikkinchi chorakda 35 daqiqadan davom etadigan 4 ta dars qo‘yilishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda asosiy fanlar bo‘yicha o‘tiladigan darslarda o‘quv ishlarining zichligi 80 %dan oshmasligi kerak. 6. Maktablarda darslar soat 800 dan erta boshlanmasligi lozim. Jadvaldan tashqari darslarni o‘tkazish ta’qiqlanadi. Chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘qitiladigan o‘quv muassasalarida o‘qish faqat bir navbat (smena) da tashkil qilinishi kerak. Download 227.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling