Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari 2-Mavzu: Inklyuziv ta’limda shaxsiy ta’lim rejasining o‘rni va ularni tuzish tartibi Reja


Dars jadvaliga 2 soatli fan qo‘yilsa, yana boshqa 2 soatli fan qo‘yish  mumkin emas.  12


Download 227.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi227.8 Kb.
#1431804
1   2   3   4   5
Bog'liq
65a3rHTcBzHNdwYP4oAmpfBW1LN8tmZN4MDCGtKq

11. Dars jadvaliga 2 soatli fan qo‘yilsa, yana boshqa 2 soatli fan qo‘yish 
mumkin emas. 
12. O‘quv rejada 1 yoki 2 soatdan haftasiga o‘qitilishi belgilangan fanlardan 
dars jadvaliga 2 soatga ketma-ket qo‘yish mumkin emas. 
13. Boshlang‘ich sinflarda ikkita darsni tanaffussiz ketma-ket o‘tkazish 
ta’qiqlanadi. (1-4-sinflar uchun qo‘shaloq darslar o‘tkazish ta’qiqlanadi). 
14. Dars jadvallari tuzilganda kun va hafta davomida kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilar uchun asosiy fanlarning musiqa, rasm, mehnat, jismoniy 
tarbiya darslari bilan oralatib o‘tkazilishi, o‘rta va katta yoshdagi maktab 
o‘quvchilari uchun esa matematika va ijtimoiy fanlarni oralatib o‘tkazish kerak. 
15. Uy vazifasini bajarishga ko‘p vaqt sarflanadigan fanlarni dars jadvaliga 
bir kunga kiritish tavsiya etilmaydi. 



16. Barcha umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bir smenali 
maktablarda darslar orasidagi tanaffuslar 10 daqiqadan kam bo‘lmasligi, katta 
tanaffus esa (2 va 3-darslar orasida) 30 daqiqagacha bo‘lishi kerak. Bitta katta 
tanaffus o‘rniga ikkita, ya’ni 2 va 3-darslardan so‘ng 20 daqiqalik tanaffuslar 
tashkil qilish ham mumkin. Tanaffuslarni maksimal darajada ochiq havoda 
harakatchan o‘yinlarda o‘tkazish lozim. 
17. Ikki smenali maktablarda darslar orasidagi tanaffuslar 5 daqiqadan kam 
bo‘lmasligi, katta tanaffus esa (2 va 3-darslar orasida) 20 daqiqa bo‘lishi kerak. 
Navbat (smena)larning orasida sinfxonalarini shamollatish uchun 20 daqiqa 
tanaffus bo‘lishi kerak. 
18. Ta’tillar davomiyligi kuzgi 6 kun, qishgi 10 kun, baxorgi 10 kun bo‘lishi 
kerak. Yozgi ta’tilning boshlanishi 1-sinflar uchun 31 maydan, 5-8-sinflar uchun 
19 iyundan, 9-sinflar uchun 25 iyundan bo‘lishi kerak. Shuningdek, boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari uchun 1-yilda o‘quv xaftalar soni 32- haftani, yuqori sinflar 
uchun 34-haftani tashkil qiladi (imtihon davrini hisobga olgan holda). 

Download 227.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling