Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari 2-Mavzu: Inklyuziv ta’limda shaxsiy ta’lim rejasining o‘rni va ularni tuzish tartibi Reja


 Navbat (smena)lar orasida dars xonalarini tozalash va shamollatish.  8


Download 227.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi227.8 Kb.
#1431804
1   2   3   4   5
Bog'liq
65a3rHTcBzHNdwYP4oAmpfBW1LN8tmZN4MDCGtKq

7. Navbat (smena)lar orasida dars xonalarini tozalash va shamollatish. 
8. Bir necha navbatda ishlaydigan umta’lim muassasalarida boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari, beshinchi sinf va bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun darslar faqat 
birinchi smenada o‘tilishi lozim. 



9. Maktablarda dars jadvalllari fakultativ va asosiy darslar uchun alohida-
alohida tuzilishi lozim. Fakultativ darslarni asosiy fanlar kam bo‘lgan kunlarga 
rejalashtirish kerak. Fakultativ darslar boshlanishidan oldin va asosiy darslar 
tugaganidan so‘ng tanaffus tashkil qilinadi. 
10. Bola organizmi toliqishga moyildir. 5-7 yoshli bola 15 daqiqa davomida, 
8-10 yoshli bola esa 20 daqiqa davomida, 11-12 yoshli bola esa 25 daqiqa 
davomida faol diqqatini saqlay olishi mumkinligi aniqlangan. Bosh miyaning 
po‘stloq qismi xujayralari toliqqanda tormozlanadi va shu bilan himoyalanadi. O‘ta 
toliqish bu bolalar va o‘smirlarda yuzaga keluvchi ko‘pgina patologik xolatlarning 
sababidir. O‘quvchilarning o‘ta toliqishiga olib keluvchi uch gurux omillar 
mavjud: 
A) umumiy o‘quv va mehnat jarayonini noto‘g‘ri tashkillashtirish; 
B) bolalar va o‘smirlarning yoshi va individual xususiyatlariga o‘quv 
yuklamasining mos kelmasligi; 
V) o‘quv tartibi va sharoitlariga qo‘yiladigan gigienik talablarni inkor etish; 
Shuning uchun dars jadvali tuzishda bola organizmining toliqib qolishini 
ham hisobga olish lozim. 
Dars jadvalini ratsional tuzish 
1. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejada 1 va 2 yarim 
yilda ayrim fanlarning o‘quv soatlarining o‘zgarishi ko‘zda tutilganligi sababli 
maktablarda dars jadvali amalda yarim yilga mo‘ljallab tuziladi. O‘quv yilining 
birinchi yarmi uchun dars jadvali o‘quv yili boshlanishidan 10 kun ilgari, 2-yarim 
yillik uchun esa qishki ta’til vaqtida tuziladi. 
2. O‘quvchilarni uy vazifalari bilan ortiqcha band qilib qo‘ymaslik uchun 
fanlarni haftaning kunlariga to‘g‘ri taqsimlash kerak. Uy vazifalarini bajarish 1-
sinf o‘quvchilari uchun ikkinchi yarim yillikdan boshlab 1 soatdan, 2-sinflar uchun 
1,5 soatdan, 3-4-sinflar uchun 2 soatdan, 5-6-sinflar uchun 2,5 soatdan, 7-8-sinflar 
uchun 3 soatdan, 9-11-sinflar uchun 4 soatdan oshmasligi kerak. 
3. Shuningdek, fanlarning og‘ir va yengilligiga e’tibor bergan holda hafta 
kunlariga to‘g‘ri taqsimlash lozim. Boshlang‘ich sinflarda matematika, yozuv, 



o‘qish-murakkab; tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, musiqa-yengil fanlar 
hisoblanadi. 5-11-sinflarda fanlarni og‘ir-yengilligiga qarab to‘rt qismga: 
matematika, fizika, kimyo-birinchi darajali; chizmachilik, huquq biologiya, xorijiy 
tillar, ona tili-ikkinchi darajali; geografiya, tabiat, tarix-uchinchi darajali; jimoniy 
tarbiya, musiqa, tasviriy san’at-to‘rtinchi darajali fanlarga taqsimlanadi. 
4. Birinchi va ikkinchi soatlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining birinchi, 
ikkinchi, uchinchi soatlarda 5-11-sinf o‘quvchilarining ish qobiliyati yuqori 
bo‘lganligi uchun shu soatlarga og‘ir fanlar qo‘yish, yozma ishlar o‘tkazish lozim. 

Download 227.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling