Mavzu: 2022-yil Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili


Download 392.5 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi392.5 Kb.
#1102614
Bog'liq
2022-yil Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili

  • Davlatimiz raxbari tomonidan 2022 yilni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlanishi mamlakatimizda ijtimoiy himoya masalasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami tobora kengayib borishi va inson manfaati va qadri ustuvor ekanligining dalolatidir.
  • Yangi O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash va ularning ijtimoiy ximoya qilishdir. Insonni ulug‘lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har tomonlama kamol toptirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda bosh omil qilib olinayotgani buning yorqin misolidir.
  • Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida inson manfaatlarini ximoya qilish, kuchli ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari yaratilib mustahkamlanib borilmoqda. Bu tamoyillar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topmoqda. Jumladan davlatimiz raxbari tashshabbusi bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirlikligi tashkil etildi. Mamlakatimizda ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagilar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi. Aholining kam ta’minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida muntazam ishlar olib borilmoqda.
  • Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirilib mamlakatimiz axolisi, eng avvalo, yosh oilalar, uy-joyga extiyoji bor fuqoralarni yashash sharoitini yaxshilash maqsadida imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratilib shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurilib topshirilmoqda. Bugungi davrda Yangi O‘zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari belgilab bergan bu ulug‘vor maqsad asosida xalqimiz yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda.
  • Mahalla – bu so'zning lug'aviy ma'nosini ko'pchiligimiz juda yaxshi bilamiz. Ammo, mahalla haqida gap ketganda, birgina lug'aviy ma'no bilan to'xtalib bo'lmaydi. Bu joyda qadimiy urf-odatlarimiz, o'zbekona an'analarimiz mujassam.
  • Mahalla – insoniylik, oilalar birdamligi, farzandlar tarbiyasi, mehr-oqibat, vatanparvarlik, umuman, jamiyatga mos bo'lgan barcha ijobiy xis­latlarni tarbiya­lab beradigan mas­kan.
  • Inson qadri mahallada ulug'lanadi. So'nggi yillarda mamlakatimizda islohotlarning bosh mezoni hamda taraqqiyotning asl mohiyati bir maqsad – inson qadri uchun xizmat qilmoqda.
  • Mamlakatimiz siyosiy, ij­timoiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda jo'shqin hamda jadal islohotlar davriga kirdi. Bu islohotlarning eng muhimlaridan biri mahallabay tizimning tashkil qilinganligidir.
  • Viloyatdagi 1 ming 18 ta mahalla fuqarolar yig'ini xodimlarining sa'y-harakatlari aholining ichki imkoniyatlarini ko'paytirishga, shaxs sifatidagi kamolotini yuksaltirishga, uning qadr-qimmatini, hurmatini joyiga qo'yishga qaratilgani bilan dolzarb va ahamiyatlidir.
  • Shu ma'noda, muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan keng islohotlar, hayotiy dasturlar ijrosi mantiqi ham insonlarning chin ma'noda baxtli va shodumon umr kechirishiga qaratilganligi bilan yanada ahamiyatlidir.
  • Joriy yilning “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili” deb e'lon qilinishi o'z-o'zidan mahalla fuqarolar yig'inlari hamda tizim xodimlariga katta mas'uliyat va ishonch yuklaydi.
  • O'tgan yili mahallalardagi muammo­lar, kamchiliklar bir muncha bartaraf etildi. Berilgan e'tibor va imkoniyatdan unumli foydalangan holda inson qadrini ulug'lash uchun mahallalardagi ishlarimizni yanada kuchaytiramiz.
  • «2022 yilda iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish e’tibor markazida bo‘ladi, - deb yozadi ITH portali. - Aholi daromadlarini ko‘paytirish, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirishga qaratilgan muhim ishlar davom ettiriladi. Ijtimoiy sohalar, ayniqsa, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirishga barcha resurslar jalb etiladi. Muhtaram urush va mehnat faxriylarini, ayollar hamda yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ko‘makka muhtoj insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor beriladi».
  • E’tiboringiz uchun rahmat

Download 392.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling