2
UDK 361.1 (075)
BBK 65.051
U. 91
Yusupov R.K. Ijtimoiy ishga kirish. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand :
SamDU nashri, 2020. – 260 bet.
Ijtimoiy ish
−
o‘z hayotiy muammolarini mustaqil hal etishga, aksariyat
hollarda yashashga qiynalgan insonlarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan
faoliyatning o‘ziga xos turidir. Jahon tajribasida aholining zaif qatlamlari -
ehtiyojmand qariyalar, imkoniyati cheklangan insonlar, muammoli oilalar, qiyin
hayotiy muammolarga duch kelgan insonlar, shu jumladan, bolalarga yordamni
malakali mutaxasislar
−
ijtimoiy soha xodimlari tashkil etadilar va amalga
oshiradilar.
Bu soha ijtimoiy jihatdan muhim professional soha bo‘lib, u jamiyatning
ijtimoiy barqarorligini ta’minlash vazifasini bajaradi.Shuningdek, davlatning
zamonaviy ijtimoiy siyosatini amalga oshirishini, zaif aholi qatlamlariga ijtimoiy
xizmatlarning sifati va ommabopligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Mazkur
o‘quv qo‘llanma “Ijtimoiy ishga kirish” fanining namunaviy va ishchi dasturi
asosida yozilgan bo‘lib, unda ijtimoiy ishning nazariy va tashkiliy asoslari,
rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy ishning rivojlanish va taraqqiyot bosqichlari
kabi masalalar yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanma ijtimoiy ish yo‘nalishi professor-
o‘qituvchilari, talabalari hamda ijtimoiy ish sohasi bilan qiziquvchi barcha
kitobxonlarga mo‘ljallangan.