Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
- MAVZU: IJTIMOIY ISH VA YORDAM KO‘RSATISH
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro mehnat tashkilotining o‘rni. Ijtimoiy ish ijtimoiy hodisa sifatida.
2 - MAVZU: IJTIMOIY ISH VA YORDAM KO‘RSATISH KASB SIFATIDA. Reja: 2.1. Ijtimoiy ish ijtimoiy hodisa sifatida. 2.2. Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmuni. 2.3. Ijtimoiy ishga turdosh tashkilotlar va ularning faoliyati. 2.4. Ijtimoiy soha xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishda Xalqaro mehnat tashkilotining o‘rni. Ijtimoiy ish ijtimoiy hodisa sifatida. Yurtimizda mustaqillik tufayli barcha sohada bo‘lgani kabi ijtimoiy ish sohasida ham keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ijtimoiy ish kasbi xodimlari tomonidan ham fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda inson omili eng oliy qadriyat deb baholanib, uning huquq va manfaatlarini himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tirof etishmoqda. Darhaqiqat, O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning asosini ijtimoiy ish tashkil etadi. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish barcha yillar davomida iqtisodiy islohotlar dasturida uzluksiz ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, ya’ni islohotlarning barcha bosqichlarida eng muhim hisoblanadigan vazifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi. “Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini taminlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat tuzilmalari bilan o‘zaro 24 munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilgan. Jumladan, inson huquqlarini himoyalash bo‘yicha ijtimoiy ish xodimining o‘rnini tadqiq etish dolzarbligi quyidagilar bilan ham izohlanadi: Birinchidan, qadimdan ijtimoiy soha har bir millatning o‘ziga xos urf-odati, mentaliteti, qadriyatlari asosida rivojlanib kelgan. Ayniqsa, bu azaliy qadriyat sifatida xalqimiz orasida ming yillardan buyon davom etib keladi. Albatta, har bir millatning o‘ziga xos turmush tarzi, qoidalari mavjud bo‘lib, uning ma’naviyatining asosiy o‘zagini tashkil etadi. Insoniyat jamiyati taraqqiyotida milliy qadriyatlar asosida, urf-odatlar bilan axloq-odob o‘rtasidagi munosabat, bir-biriga yordam, birodarlik asosida tuzilgan bo‘lib, bu turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Aynan bu kabi omillar ijtimoiy ish xodimi kasbiy - axloqiy fazilatlari sifatida e’tirof etiladi. Ikkinchidan, jahon xalqlari global muammolarini hisobga olib, ko‘pchilik fikrini qo‘llab-quvvatlagan holda ushbu ijtimoiy ish soha hujjatlarida huquqiy normalar o‘z ifodasini va mazmun mohiyatini topmoqligi zaruriy majburiyat deb tan olinadi. Ijtimoiy ish xodimlari Milliy assotsiatsiyasi ijtimoiy ish xodimi kasbini “insonlar, guruhlar yoki hamjamiyatlarga ijtimoiy faoliyatlari uchun imkoniyatlarni oshirish yoki tiklash masalasida va ushbu maqsadlarni bajarishda imkon beruvchi ijtimoiy sharoitlarni yaratishda ularga yordam ko‘rsatuvchi ijtimoiy faoliyat” deb ta’riflaganlar. 9 Ijtimoiy xizmat xodimining kasbi jahon andozalariga xos kasb bo‘lib, ayniqsa,bu kasb rivojlangan mamlakatlarda o‘zining ifodaviy ko‘rinishiga ega bo‘lgan zaruriy kasb sanaladi. Chunki har bir yordamga muhtoj inson kimdandir madad olishga chora izlaydi. Ana shu paytda ijtimoiy xizmat xodimining faoliyati zarur sanalib, insoniylik nuqtayi nazaridan yondoshiladi va yordamga muhtoj insonlarga o‘z ijtimoiy yordamini ko‘rsatadi. 9 Ким Л., Исаева Д.,Таджиева С., Собирова Д. “Болалар ва оилалар билан ижтимоий иш амалиёти” курси бўйича хрестоматия. – Тошкент, - JAHON PRINT нашриёти. 2012йил. 6- бет. 25 Uchinchidan, insonparvarlik tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan o‘zbek xalqi urf-odatlaridagi ko‘rinishlar va unsurlar ijtimoiy ishning ma’lum bir yo‘nalishini va tamoyillarini aks ettiradi, bugungi kunning talablariga javob beruvchi tamoyillarga uyg‘unlashib ketadi. Ajdodlarimiz o‘z nasllarini umumbashariy tuyg‘ular, Sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida tilimizni, dinimizni va milliy urf-odatlarimizni asrab- avaylab, ana shu ma’naviy-axloqiy mezonlar asosida sog‘lom avlodni voyaga etkazganlar. Bu bilan ular millat taraqqiyotiga, davlat mustahkamligiga va mamlakatning sivilizatsiya sari yo‘l tutishiga zamin yaratganlar. Yuqorida ta’kidlangan ishlarning bardavomligi ijtimoiy ishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy o‘zgarishlarga, insoniy munosabatlardagi muammolarni hal etishga, shuningdek, odamlaring turmush farovonligini yaxshilash uchun imkoniyatlar va inson huquqlarini himoya qilishda erkinliklarni in’om etishga yordam beradi. Inson xulq-atvori va ijtimoiy tizimlar nazariyasidan foydalangan holda ijtimoiy ish atrof-muhit bilan hamkorlik qiluvchi odamlar mavjud bo‘lgan joylarda yuzaga keladi. To‘rtinchidan, inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ijtimoiy ishning negizini tashkil qiladi. Ushbu ta’rif va izohlar keng axloqiy tamoyillar va inson huquqlari tamoyillari asosida ishlab chiqilgandir. Bugungi kunda ham inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, har tomonlama sog‘lom, barkamol avlodnivoyaga yetkazish davr talabi sifatida jamiyatimiz diqqat markazida turibdi. Buning uchun, birinchi navbatda, bolalar huquqlarini himoyalash, ularga nisbatan ko‘rsatiladigan zulm, zo‘ravonliklarning oldini olish muhim ahammyat kasb etishini misol tariqasida ko‘rish mumkin. Chunki insonni shakllanishining bosh bo‘g‘ini bo‘lgan bolalik davri katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Ijtimoiy siyosat tushunchasining mazmun - mohiyatiga e’tibor qaratsak, davlatning ijtimoiy siyosati mavjud aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligi va mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish, ijtimoiy 26 demografik guruh sifatida yoshlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, aholi turmush farovonligini ko’tarish, ta’lim va fan sohasidagi samarali islohotlarni amalga oshirish kabi jamiyat hayotidagi ustuvor vazifalarni qamrab oladi. Shu tufayli ijtimoiy ish ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘lishini davlatning “Ijtimoiy siyosati”da ham o‘zini ko‘rsatadi. “Ijtimoiy siyosat”-davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy sohadagi barcha jarayonlarni tartibga soladi, shuningdek, inson omilining to‘la namoyon bo‘lishiga yordam beradigan va mujassam qiladigan jarayon. Demak, ijtimoiy siyosat keng ma’noda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashqi faoliyati, siyosiy tashkilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etadi. Bugungi kunda jamiyatimiz ijtimoiy hayotida tobora o‘z o‘rnini topib borayotgan ijtimoiy ish kasbi egalari yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatni tashkil etuvchi asosiy kuch ekanligi yaqqol sezilmoqda. Natijada ijtimoiy ish ijtimoiy hodisa sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda. Shuningdek bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 - yil 7 - fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirishning usutvor yo‘nalishlari bo‘lgan “Harakatlar strategiyasi”dagi to‘rtinchi yo‘nalish - ijtimoiy sohalarni yanada rivojlanitirishning ustuvor yo‘nalishlarida belgilab berilgan vazifalar yaqqol misol bo‘la oladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling