Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Ijtimoiy ishga turdosh tashkilotlar va ularning faoliyati


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

 
Ijtimoiy ishga turdosh tashkilotlar va ularning faoliyati. 
Ijtimoiy ishchi faoliyati odamlar bilan bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) 
darajada bog‘liq bo‘lgani bois, ijtimoiy ishchi o‘z kasbini tashkiliy-
boshqaruv va ma’muriy faoliyat darajasida ham amalga oshirilishi 
mumkin.
Ijtimoiy ishchi xodim sifatida, quyidagi tashkilotlar bilan 
sherikchilikda, hamkorlikda ishlashi mumkin: 
- aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tashkilot va muassasalari 
(Muruvvat, Sahovat uylari, ijtimoiy ta’minot muassasalari va 
boshqalar); 
- xalq ta’limi (Mehribonlik uylari, Saxovat uylari, Vasiylik va 
homiylik organlari, umumta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan 


33 
maktabgacha va maktab muassasalari, yordamchi ta’lim muassasalari va 
boshqalar); 
- sog‘liqni saqlash (oilaviy poliklinikalar, maxsus tibbiyot 
muassasalari, reabilitatsion markazlar, tibbiy­pedagogik­psixologik 
komissiyalar va h.k.); 
- hokimiyatlar huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha
komissiyalar, ixtisoslashtirilgan kasbiy­texnik kollejlar, litseylar va 
boshqalar; 
- ijtimoiy ta’minot, aholi bandligi va mehnat munosabatlarining 
ijtimoiy himoya bo‘yicha boshqarmalarining viloyat, shahar va tuman 
organlari, ichki ishlar organlari;
- tuman, shahar va viloyat hokimiyatlari; 
- mahalla va oila bilan ishlash boshqarmalari; 
- jamoatchilik tashkilotlari va uyushmalari. 
Boshqa tashkilotlar va xizmatlar bilan o‘zaro harakat, aholining 
ijtimoiy himoyasi tizimida hamkasblar bilan hamkorlik(psixologlar, 
huquqshunoslar, pedagog, tibbiyot xodimlari, mahalla va oila bilan 
ijtimoiy muhofazaga turdosh organlar xodimlari, tartibni muhofaza 
qilish organlari xodimlari va boshqalar bilan) jarayonida ijtimoiy ish 
kasbi xodimi quyidagilarga alohida e’tiboor qaratadi: 
▪ hamkasblari bilan ochiq hamkorlikda ishlaydi va ularni 
hurmat qiladi; 
▪ mijoz yordamiga muhtoj bo‘lgan turli tashkilotlar va 
muassasalar vakillari bilan aloqa o‘rnatadi, o‘zaro harakat qiladi va 
hamkorlikni olib boradi; 
▪ jamiyatning turli institutlari ijtimoiy xizmatlar faoliyatiga jalb 
etilishiga va mijozlarga yordam va ko‘mak beruvchi ijtimoiy 
xizmatlar tarmoqlarini yaratishga ko‘maklashadi; 
▪ boshqa kasb egalari va aholi tomonidan qiyin hayotiy 
ahvolga tushib qolgan odamni to‘g‘ri qabul qilishlari va 
tushunishlariga yordam beradi; 
▪ mijoz bilan ishga jalb etilgan mutaxassislar bilan, maxfiylik 
qoidalariga rioya qilish va mijozning eng yaxshi manfaatlarini 
ko‘zlash sharti bilan ma’lumotlar bilan almashadi; 


34 
▪ manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan nizoli 
masalalar to‘g‘risida xabar beradi; 
▪ rahbariyat yoki tegishli mas’uliyatli tuzilmalarga aholining 
turli toifalariga ijtimoiy yordam berish va ko‘maklashish jarayonida 
vujudga kelayotgan imkoniyatlar yoki amaliy qiyinchiliklar 
to‘g‘risida xabar beradi; 
▪ ijtimoiy himoya bo‘yicha faoliyatni olib borish uchun o‘zini 
qobiliyatsiz yoki yetarlicha tayyor emas deb sezganda, rahbariyatga 
maslahat va yordam olish uchun murojaat qiladi; 
▪ rahbariyat 
yoki 
tegishli 
mas’uliyatli 
tashkilotlarga 
hamkasblari xizmat ko‘rsatish standartlarini suiiste’mol qiladigan, 
xavfsiz bo‘lmagan amaliyatlar qo‘llanilishi to‘g‘risida xabar beradi.
Ijtimoiy ish faoliyati sohasiga kiritilgan tashkilotlar faoliyati va
ularning mazmunan yaqinligi mavzusini yoritishda, dolzarb muammolar 
mavjud. Bular bir nechtani tashkil etadi. Birinchidan, hech bo‘lmaganda, 
2016-yilgacha 
mavjud 
bo‘lgan 
Mehnat 
va 
aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini qayta tiklash kerak.
2016 yil mart oyida vazirlikning ijtimoiy himoya vazifasi olib 
tashlangan, faqatgina mehnat masalalari qoldirilgandi, ammo bu 
funksiya boshqa mas’ul organga ham berilmadi. Modomiki, xalqaro 
tajriba asosida, XXI -asr talablariga mos keladigan tizimni ishlab 
chiqishimiz kerak.
Ayni paytda O‘zbekichstonda ijtimoiy himoya masalasiga javobgar 
yagona organ yo‘q. Bu funksiya har xil idoralar orasida taqsimlanib 
ketgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi nogironligi bo‘lgan insonlarga, 
“Muruvvat” va “Saxovat” uylariga qaraydi. Xalq ta’limi vazirligi 
maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylariga javobgar. Mehnat 
vazirligi nogironligi bo‘lganlarni mehnatga yo‘naltirish bilan 
shug‘ullanadi. Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya 
jamg‘armasi nogironlik nafaqalari bilan ishlaydi. Ijtimoiy himoya 
bo‘yicha yagona mas’ul organ tashkil qilinishi va tizim bilan bog‘liq 
barcha vakolatlar unga berilishi kerak. Mazkur organda ijtimoiy ish 


35 
bo‘limi tashkil etilishi, ijtimoiy xodimlar tayyorlash masalasi ham 
ko‘rilishi darkor
16

O‘rni kelganda ta’kidlab o‘tish joizki, dastlabki ijtimoiy ish 
xodimlari 
G‘arbiy 
Yevropadagi 
va 
Shimoliy 
Amerikadagi 
universitetlarida ta’lim ola boshlagan edilar, ilk ijtimoiy ish xodimlari 
1903 - yilda o‘quv yurtlarini bitirganlar. 
MDH mamlakatlarida 1990 - yillarda ijtimoiy ishga o‘qitish ishlari 
boshlangan. Masalan, Rossiyada ijtimoiy ish xodimiga o‘qitish 1991 - 
yildan buyon amalga oshirilmoqda, ayni vaqtda 200 dan ortiq oliy ta’lim 
muassasalarida ijtimoiy ish xodimlarini o‘qitish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda Ijtimoiy ishga o‘qitish ishlari 2004 - yilda Toshkent 
davlat madaniyat institutida, 2005–yildanFarg‘ona va Samarqand davlat 
universitetlarida, 2010 yillardan boshlab esa O‘zbekiston Milliy 
universitetida boshlandi. 2015-2018 - yillarda Namangan va Guliston 
universitetlarida ham ijtimoiy ishga o‘qitish ishlari boshlangan. 
2007 - yildan 2010 - yilga qadar O‘zbekiston respublikasi bolalarni 
ijtimoiy 
himoyalash 
va 
adaptatsiyalash 
markazi 
tizimidagi
mutaxassislar uchun ijtimoiy ish bo‘yicha qayta o‘qitish kurslari tashkil 
qilingan.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling