Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Меҳнат бозори мутаносиблигини ва инфратузилмаси ривожланишини таъминлаш Оналик ва болаликни муҳофаза қилиш
- Аҳолининг коммунал- маиший хизматлар билан таъминланиш даражасини ошириш Олий таълим муассасалари
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari:
10 Ғаниева М.Х. ва муаллифлар жамоаси. Ижтимоий иш этикаси. Дарслик. – Тошкент, “Fan va texnologiya” нашриёти. 2015. - Б.-11 11 Ғаниева М.Х. ва муаллифлар жамоаси. Ижтимоий иш этикаси. Дарслик. - Тошкент. “Fan va texnologiya” нашриёти. 2015. - Б.12. Меҳнат бозори мутаносиблигини ва инфратузилмаси ривожланишини таъминлаш Оналик ва болаликни муҳофаза қилиш Аҳолининг коммунал- маиший хизматлар билан таъминланиш даражасини ошириш Олий таълим муассасалари фаолиятининг сифати ҳамда самарадорлигини ошириш Янги иш ўринларини яратиш Кексалар ва имконияти чекланган шахсларни давлат томонидан қўллаб-қувватлашни кучайтириш 28 Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmunini tor ma’noda ham kuzatamiz. Ijtimoiy ish tor ma’noda - ijtimoiy zaruriy faoliyat bo‘lib, insonlar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishida yordam berishga qaratilgan faoliyatdir 12 . Ya’ni tor ma’noda ijtimoiy ishning obyektlari : - sog‘lig‘i tufayli xayotiy muammolarni mustaqil hal eta olmaydiganlar guruhi; - ekstremal-eng past yoki eng yuqori darajadagi ko‘rchatkichlar bilan xususiyatlanadigan sharoitga tushib qolgan odamlar guruhi; - keksalik nafaqa yoshiga yetib ishdan ketganligi tufayli hayotning qiyin vaziyatiga tushib qolganlar; - deviant xulq - atvorning turli shakllari va turlari bilan bog‘liq guruhlar; - omadsiz, ishi yurishmay qolgan toifadagi oilalar; - bolalarning favquloddagi ahvoli (yetimlik, sayoqlik, daydilik va hokazo); - darbadarlik, boshpanasiz qolganlar va bundan boshqa ko‘plab guruhlarga bo‘lish mumkin 13 . Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmunini yoritishda jahon xalqlari global muammolarini hisobga olib, bu sohadagi ijtimoiy ish kasbi mutaxassislarining fikrini qo‘llab-quvvatlagan holda ushbu ijtimoiy ish sohasi hujjatlarida huquqiy normalar o‘z ifodasini va mazmun- mohiyatini topmoqligi bugungi sharoitda zaruriy majburiyat deb tan olinadi. Bejiz emaski, ijtimoiy ish xodimlari Milliy assotsiatsiyasi ijtimoiy ish xodimi kasbini “insonlar, guruhlar yoki hamjamiyatlarga ijtimoiy faoliyatlari uchun imkoniyatlarni oshirish yoki tiklash masalasida va ushbu maqsadlarni bajarishda imkon beruvchi ijtimoiy 12 Ғаниева М.Х. ва муаллифлар жамоаси. Ижтимоий иш этикаси. Дарслик. - Тошкент. “Fan va texnologiya” нашриёти. 2015. - Б.11 13 Ғаниева М.Х. ва муаллифлар жамоаси. Ижтимоий иш этикаси. Дарслик. - Тошкент. “Fan va texnologiya” нашриёти. 2015. - Б. 13 29 sharoitlarni yaratishda ularga yordam ko‘rsatuvchi ijtimoiy faoliyat” deb ta’riflaganlar 14 . Ijtimoiy xizmat xodimining kasbi jahon andozalariga xos kasb bo‘lib, ayniqsa,bu kasb rivojlangan mamlakatlarda o‘zining ifodaviy ko‘rinishiga ega bo‘lgan zaruriy kasb sanaladi. Chunki har bir yordamga muhtoj inson kimdandir madad olishga chora izlaydi. Ana shu paytda ijtimoiy xizmat xodimining faoliyati zaruriy sanalib, insoniylik nuqtayi nazaridan yondoshiladi va yordamga muhtoj insonlarga o‘z ijtimoiy yordamini ko‘rsatadi. Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmunini ochib berish jarayonida seziladiki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardayoq kuchli siyosatni amalga oshirdi. Jumladan, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, qariyalar, yetim-yesirlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berila boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmonlari, o‘nlab huquqiy-me’yoriy hujjatlarning qabul qilinganligi, shuningdek, bir qator yillarning “Inson manfaatlari yili”, “Oila yili”, “Ayollar yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Qariyalarni qadrlash yili”, “Mehr va muruvvat yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi mamlakatda ijtimoiy sohaning bir yo‘nalishi bo‘lgan “aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish”ga qanchalik katta e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. Ayni paytda O‘zbekistonda aholining muhtoj qatlamlariga xizmat qiluvchi ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, bolalar uchun mehribonlik uylari va ehtiyojmandlar uchun “Saxovat uylari” yoki nogironlar uylari, turli jamg‘armalar hamda aholi keng qatlamlari uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, boshqa mamlakatlarda uchramaydigan O‘zbekistonda o‘ziga xos institut – mahalla tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat shakllari ham mavjud. “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari 14 Ким Л., Исаева Д.,Таджиева С., Собирова Д.”Болалар ва оилалар билан ижтимоий иш амалиёти” курси бўйича хрестоматия.Т.- JAHON PRINT нашриёти.2012-йил.6-бет 30 to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (2020y.18.02.PF-5938-son,) qabul qilindi.Farmonga muvofiq, har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etildi. Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi. Jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatish vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla” o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilib, vazirlik tuzilmasiga o‘tkazildi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi rahbar organlarining ushbu tashkilotlarni tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) bo‘limlarini tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi 15 . Shunday qilib, ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmuni quyidagilarda ko‘rinadi: - shaxslar, oilalar, guruhlar va hamjamiyatlarga yordam berish (ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy profilaktika); 15 “Жамиятда ижтимоий-маънавий муҳитни соғломлаштириш, маҳалла институтини янада қўллаб-қувватлаш ҳамда оила ва хотин-қизлар билан ишлаш тизимини янги даражага олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-5938-сон, 2020 й.18.02.) қабул қилинди."Халқ сўзи", 2020 йил 20 февраль. https://nrm.uz/contentf?doc=615382_&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana 31 - zarur ijtimoiy muhofaza va aholini himoya qilish bo‘yicha turli davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda muassasalari faoliyatining integratsiyasiga ko‘maklashish; - ijtimoiy va psixoijtimoiy muammolarni o‘rganish; - aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari muammolarini hal qilish bo‘yicha ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, bu dasturlarning samaradorligini baholash. Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmunini ochib berishdagi ijtimoiy muammo nima? Birinchi ijtimoiy muammo – bu insonlardagi mavjud hamda zarur (istalgan) ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlarning nomutanosibligi, ijtimoiy guruhlar, jamoatchilik hamda butun bir jamiyatning hayotini murakkablashtiruvchi va uni bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik kuchi hamda sa’y - harakatini talab etuvchi ijtimoiy hodisa. Ikkinchi ijtimoiy muammo, jamoatchilik muammolari - insonga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir etuvchi masala yoki vaziyatlar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik sa’y harakatini talab etuvchi murakkab va jiddiy bo‘lgan muammolar. Uchinchi muammo, bu ijtimoiy muammolarning turli davrlarda, turli jamiyatlarda bir - biridan farq qilishidir. Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmunini yoritishda zamonaviy ijtimoiy muammolar mavjud: • Alkogolizm. • Kambag‘allik. • Uysizlik. • Ishsizlik. • Bolalaro‘rtasidagi qarovchisini yo‘qotish yoki nazoratsizlik. • O‘limning yuqoriligi muammosi. • Atrof - muhitning ifloslanishi. • Nogironlik. • Inflyatsiya. • Korrupsiya. • Migratsiya jarayonlari, mehnat migratsiyasi muammosi. • Narkomaniya. • Bola huquqlarining buzilishi. 32 • Oiladagi zo‘ravonlik. • Tug‘ilish ko‘rsatkichining pasayib ketishi. • Qochoqlarning va majburan ko‘chib o‘tganlarning holati. • Jazoni o‘tayotganlar va boshqa deprivatsiyalangan insonlarning ahvoli. • Nogironligi mavjud bo‘lgan insonlarning muhtojlik yoki ehtiyojmandlik holati. • Ayollarning jamiyatdagi holati. • Qonunbuzarlik. • Voyaga etmaganlar orasida qonunbuzarlik. • Fohishalik. • Qariya insonlarning holati. • VICH-infeksiya, koronavirus va boshqa shu kabi kasalliklar tarqalishi. • Suitsid. • Ijtimoiy notenglik. • Terrorizm. • Traffik, odam savdosi. • Texnogen talofatlar xavfi. • Jamiyatdagi insonlar hayoti darajasi ko‘rsatkichlari. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling