Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Ijtimoiy ta’minot tushunchasi va uning ijtimoiy ish bilan


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

Ijtimoiy ta’minot tushunchasi va uning ijtimoiy ish bilan 
aloqadorligi. Ijtimoiy ta’minot muayyan holatlar (yuridik faktlar) 
yuzaga kelganda aholining barcha qatlamlariga davlat byudjeti va 
maxsus yoki turli byudjetdan tashqari fondlardan beriladigan moddiy 
yordamlar hamda natural holda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlardan 
iborat. Jahon tajribasida aholining zaif qatlamlari-keksalar, imkoniyati 
cheklangan insonlar, inqiroz holatidagi oilalar, qiyin hayotiy 
muammolarga duch kelgan insonlar, barcha ehtiyojmand aholi 
qatlamlariga, shu jumladan, bolalarga yordamni malakali mutaxasislar − 
ijtimoiy ish xodimlari tashkil etadilar va amalga oshiradilar.
Ijtimoiy ish xodimlari mijozlarni o‘rab turgan muhitni tushunish, 
qaror qabul qilish, qaror mas’uliyatini anglash va tashkilotchilik hamda 
targ‘ibot orqali ularning hayotiy vaziyatlariga ta’sir qilish maqsadida 
ularning o‘z ichki resurslarini rivojlantirishga harakat qilishadi. Ijtimoiy 
ish xodimlari, shuningdek, jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlashga 
harakat qilishadi. Shu bois, ijtimoiy ish sohasida ijtimoiy adolat alohida 
o‘rin egallaydi. So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy ish alohida e’tibor qaratilgan 
inson huquqlari konsepsiyasi nuqtayi nazaridan tahlil etilishi 
kuchaymoqda. Darhaqiqat, eslatish joizki, “ijtimoiy himoya” atamasi 
birinchi marta 1935 - yilda AQSHning “Ijtimoiy xavfsizlik bo‘yicha 
Qonun”deb nomlangan huquqiy hujjatida qo‘llanilgan edi. 
Insonlar uchun zamonaviy ish kasbiga ega bo’lish ijtimoiy jihatdan 
muhim bo‘lgan professional kasb sohasi bo‘lib, u jamiyatning ijtimoiy 
barqarorligini ta’minlash vazifasini bajaradi, shuningdek davlatning 
zamonaviy ijtimoiy siyosatini amalga oshirishini, ehtiyojmand aholi 
qatlamlariga ijtimoiy xizmatlarning sifatli va manzilliligini ta’minlash 


18 
uchun xizmat qiladi. Aynan shu fan, “Ijtimoiy ishga kirish” fani 
mavzularini o‘rganishdan ko‘zlanadigan maqsad: 
-jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy masalalarning mohiyati va xususiyatlarini bilish; 
-davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tushunish; 
-ijtimoiy ishning o‘ziga xos faoliyat turi sifatidagi xususiyatlarini 
bilish; 
-ijtimoiy ishning etik me’yorlari va qadriyatlarini tushunish; 
-ijtimoiy ish nazariyalarini ijtimoiy ishchi tomonidan amaliy 
faoliyatga tatbiq qilish orqali bilish; 
-ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari va ular bilan bog‘liq demografik
malakalar bilan tanishtirishdan iboratdir. 
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib kursning vazifalari: 
-talabalarni ijtimoiy ishning professional faoliyat sifatidagi 
mohiyati, uning obyekti va predmeti, asosiy kategoriyalarini bilishi 
zarurligi; 
-ijtimoiy ishchining rollari va vazifalari, etikasi tamoyillarini 
tushunishi; 
-ijtimoiy 
ishning 
asosiy 
metodlari 
va 
nazariyalarini 
o‘zlashtirishdan iborat ekanligini tushunish kabilar belgilanadi. 
Ijtimoiy ta’minot tushunchasi va uning ijtimoiy ish bilan 
aloqadorligini uning o‘quv fani sifatida belgilanishida ko‘rinadi. Zero, 
ijtimoiy ish va ta’minot, ijtimoiy himoyalash tushunchalarining 
mazmuni turlicha talqin qilinadi. Bugungi kunda asosan ijtimoiy ish 
faoliyatini olib borish tashkilot vazifasi sifatida ko‘rib chiqilsa, yana bir 
holatda bu soha ijtimoiy ish xodimi kasbini o‘qitishdagi o‘quv fani 
sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy ishnig eng umumiy ta’rifi-bu shaxs, 
guruhlar yoki hamjamiyat hayotida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish 
bo‘yicha professional faoliyat. Buyuk Britaniya ijtimoiy soha xodimlari 
uyushmasi ijtimoiy ishning quyidagi ta’rifini berdi: ijtimoiy ish-bu 
ularga ta’sir qiladigan shaxsiy, ijtimoiy va vaziyatga bog‘liq 
qiyinchiliklarni belgilashda kishilarga va hamjamiyatlarga yordam 


19 
beradigan kasbiy faoliyatdir
8
. Demak, oydin bo‘ladiki, ijtimoiy ishning 
eng umumiy ma’nosi-individ, guruh yoki jamiyat hayotidagi ijobiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirishda professional faoliyat, ijtimoiy 
ta’minotni amalga oshirishdir. 
Ijtimoiy ta’minot atamasi keng ma’noda aholi farovonligiga 
qaratilgan barcha tashkiliy muammolarni o‘z ichiga oladi. Unga ta’lim, 
sog‘liqni saqlash, reabilitastiya, keksalar va bolalarning ijtimoiy 
muhofazasi, ijtimoiy yordam, ijtimoiy sug‘urta, jismoniy va aqliy 
nogiron shaxslarga xizmat ko‘rsatish, psixoterapiya, maslahat berish va 
ijtimoiy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan xizmatlar kiradi. Bu 
borada ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot bir xil ma’no va mazmunni 
anglatadi.
Ijtimoiy ta’minot sohasidagi faoliyat bu – 
- ehtiyojmand kishilarni uy-joy bilan ta’minlanish; 
- ichkilik yoki giyohvand moddalarga tobe bo‘lgan kishilar 
reabilitatsiyasi; 
- ruhiy muammoli shaxslar bilan ishlash; 
- yolg‘iz keksalar hayoti sifatini yaxshilash; 
- jismoniy yoki aqliy nuqsonli shaxslarni reabilitatsiya qilish 
maqsadida professional – texnik xizmatlar ko‘rsatish; 
- kam ta’minlangan oilalarning moliyaviy ehtiyojlarini 
yaxshilashga yordam berish; 
- jinoiy xatti-harakat qilgan shaxslarning ijtimoiy hayotga 
moslashishi va reabilitatsiyasini amalga oshirish; 
- kamsitish va zo‘ravonlikning barcha shakllariga barham 
berish. 
Shunday qilib, ijtimoiy ta’minot – bu fuqarolar ayrim toifalarini 
davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari maxsus jamg’armalar 
mablag‘lari hisobidan davlatning moddiy ta’minlashga yo‘naltirilgan 
ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakli.Ijtimoiy himoya g‘oyasining asosini 
shunday qarashlar tashkil etadiki, butun insoniyatni ijtimoiy himoyalash 
8
Ғаниева М.Х Ижтимоий иш асослари. Методик қўлланма. – Тошкент, РБИММ нашри, 
2010. – 30 бет. 


20 
tizimidagi ko‘maklarni va madadlarni tashkil etishni jamiyat 
a’zolarining ma’naviy burchi sifatida qabul qiladi. 
Ijtimoiy 
ta’minot tushunchasi va uning ijtimoiy ish 
tushunchalarining farqi shundaki, ijtimoiy ish - bu kasb, fan va ta’lim 
fani bo‘lsa, ijtimoiy ta’minot - qonunchilik tomonidan fuqarolarni 
keksalikda, kasallikda, to‘liq yoki qisman mehnatga layoqatsizlikda, 
boquvchisini yo‘qotganda, shunigdek, ko‘p farzandli oilalarga, 
ehtiyojmand aholiga moddiy ta’minot va xizmat ko‘rsatish tizimidir. 
Ijtimoiy ishda ehtiyojmand aholi ta’minotini amalga oshirishning 
asosiy maqsadi shundaki, u jamiyatdagi barcha insonlarning ehtiyojlarini 
qondiradi. Ijtimoiy ta’minot barcha demografik qatlam va yosh 
guruhlarining hayot farovonligini oshiradi. Ijtimoiy ta’minotni amalga 
oshirish faoliyati zarur ijtimoiy institut hisoblanadi, chunki hozirgi 
kunning asosiy talabi kishilarni davlatdan rozi bo‘lishlarini va ular 
farovonligini ta’minlashni talab qiladi. Har bir inson ishsizlik, kasallik, 
nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga 
ko‘ra tirikchilik uchun mablag‘ bo‘lmay qolgan boshqa hollarda 
ta’minlanish huquqiga ega (Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 
25-modda). 
Ijtimoiy ish xodimlari Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 
(1948-yil 10-dekabr) to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishlari lozim. Biroq, 
ushbu hujjatlardan tashqari, ijtimoiy ish xodimlariga o‘z kasblarining 
inson huquqlari bilan aloqadorligini yaxshiroq tushunishlariga 
ko‘maklashuvchi boshqa hujjatlar ham bor. 
Ijtimoiy ish xodimlari Milliy assotsiatsiyasi tomonidan qabul 
qilingan Axloq kodeksi shunday hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatning 
ko‘p bo‘limlari induvidial xulq-atvorga, masalan, konfedensiallikka 
amal qilish, mijoz bilan shaxsiy aloqadorlik tamoyili va boshqalarga 
taalluqli bo‘lsa, boshqa bo‘limlari inson huquqlarini amalga oshirishga 
tegishli. AQSH ijtimoiy ish xodimlarining katta qismi mazkur 
Kodeksdan qo‘llanma sifatida foydalanadilar. Ushbu Kodeks ularga o‘z 
kasblarini inson huquqlari bilan bog‘lab faoliyat ko‘rsatishlariga yordam 
beradi.


21 
Respublikamizga yangi ijtimoiy ish xodimi kasbining kirib kelishi 
huquqiy demokratik jamiyat qurilishiga katta hissa qo‘shishi mumkin. 
Faqat buning uchun, birinchi navbatda, jamiyatimiz oldida bu soha 
bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash va xalqimizga bu soha 
bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng olib borish masalalari dolzarb 
hisoblanadi. Shu bois quyidagi glossariyni keltirishni zarur deb 
hisobladik:

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling