Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Ijtimoiy ish nazariyasining tadqiqot usullari
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
Ijtimoiy ish nazariyasining tadqiqot usullari. Ijtimoiy ish
nazariyasining tadqiqot usullari deganda ijtimoiy ish kasbining faoliyat shakli tushuniladi. Ijtimoiy ish kasbini nazariy jihatdan tasavvur qilish va undan foydalanish usullarini qo‘llay olish juda muhim tamoyil sifatida qabul qilinadi. Ijtimoiy ish nazariyasini tadqiq etishning tamoyillari uch vazifani - konstitutsiyalovchi, tartibga soluvchi va 52 uyg‘unlashtiruvchi vazifalarni bajaradi. Shu sabab, quyidagilar ijtimoiy ish nazariyasining asosiy tamoyillari hisoblanadi: 1) insonparvarlik tamoyillari (insonni oliy qadriyat deb tan olish); 2) adolat tamoyillari (inson qobiliyatlarini amalga oshirish uchun sharoitni ta’minlash); 3) vakolatlilik tamoyili (ijtimoiy ishlar nazariyasi va amaliyotini chuqur bilish); 4) altruizm tamoyili (o‘zganing manfaatini o‘zining manfaatidan ancha yuqori deb tan olish); 5) shaxsiy yondashish tamoyili (har bir ijtimoiy muammoda muayyan shaxs manfaatlarini ko‘ra olish layoqati); 6) mujassamlik tamoyili (turli darajadagi ijtimoiylikni yuzaga keltiruvchi bir-biri bilan ijtimoiy bog‘liqlik; 7) vositachilik tamoyili (ijtimoiy ishlarni davlat ijtimoiy siyosatining ifodasi tarzida tushunish); 8) uzluksizlik tamoyili (huquqiy ishlarning muntazam davomiylikdagi, tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan deb tushunish); 9) jalb etishlik tamoyili (mijozning e’tiborini tortish uquvi); 10) ishonch tamoyili (mijoz bilan o‘zaro ishonchli munosabatlarni o‘rnatish uquvi). Ijtimoiy ishlar integral tavsifiga ko‘ra unda iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, ma’muriy, psixologik, ijtimoiy-ruhiy, tibbiy-ijtimoiy, pedagogik va boshqa ta’lim-tarbiyaviy usullardan foydalaniladi. Ijtimoiy ish nazariyasining tadqiqiy tamoyillari-muayyan sohalarda jamiyat hayotini bashoratlash, rejalashtirish va boshqarish uchun o‘rganilayotgan ijtimoiy jarayonlar, hodisalar, faktlar to‘g‘risida yangi bilimni olishga yo‘naltirilgan nazariy va metodik tartiblar majmuidir. Ijtimoiy ish nazariyasining tadqiqiy tamoyillari dasturni ishlab chiish, uni amalga oshirishda muhim ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilishning aniq metodikasi ham ishlab chiqiladi, empirik axborot ishonchliligi va uning natijalari ilmiy talqinining muammolari shu bilan hal etiladi. Ijtimoiy ish nazariyasining tadqiqiy tamoyillarining to‘laqonliligi faqat ijtimoiy jarayonlarning u yoki bu qonuniyatini, u qanchalik aynan aks ettirishi bilan emas, balki u ilmiy 53 asoslangan bashoratlar ijtimoiy siyosat sohasida qarorlar qabul qilish uchun amaliy tavsiyalar bilan yakunlanganlik darajasi bilan ham belgilanadi. Shunday qilib, ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tatbiq etilishi - nazariy tadqiqot, amaliy tajribani umumlashtirish, ijtimoiy eksperimentning tizimli tavsifi, muayyan ishlanmani amalda qo‘llashga taalluqli taklif mohiyati; aniq ijtimoiy modellar, ijtimoiy tadqiqotlar, iqtisodiy hisob-kitoblar, ma’muriy yangiliklar va hokazolarga asoslangan bashoratlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy ish sohasidagi ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tatbiq etilishi, ijtimoiy dasturlar, ijtimoiy takliflar va loyihalar ishlab chiqish, ijtimoiy ishlarning muayyan shartlari, usullari, texnika va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Demak, ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tatbiq etilishi asosida aniq, amaliy qimmatga ega ijtimoiy muammolar yotishi kerak. Ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tatbiq etilishining asosiy tamoyillari bo‘lib, ijtimoiy dinamika turli tizimlarining mutanosiblashuvi (davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy kichik tazimlar) hisoblanadi. Shu kabi, bashoratlash va dasturuy-maqsadli rejalashtirishga atroflicha yondashish, kreativ (yangicha) yondashish ham kiradi. Ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tadbiq etilishining asosiy usullari sifatida me’yoriy, resursiy(mavjud manba) usullar, tarmoq modellari usuli, metrik usul, ekspert va maqsadli usullar, iqtisodiy- matematik va axboriy-tashkiliy modellashtirish usullaridan foydalaniladi. Ijtimoiy ish sohasidagi ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tatbiq etilishi yo‘nalishlari orasida ijtimoiy himoya konsepsiyasi va dasturini, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish vositasini, ijtimoiy ishlarni amalga oshirishdagi jihozlar va texnologiyalarni yaratish yoki ishlab chiqishni, uning kommunikativ va pedagogik texnikasini samarali qilishni, ijtimoiy innovatsiyalar turli shakllarini ishlab chiqishni, joylardan olingan ma’lumotlar asosida yangi takliflarni shakllantirishni alohida ajratab ko‘rsatish mumkin. Ijtimoiy ish nazariyasining hayotga tatbiq etilishi butun jamiyat ijtimoiy tuzilishini, uni sertifikatsiyalashni, iqtisodiy 54 salohiyatini, milliy, jinsiy, kasbiy, demografik yosh bo‘yicha aholi tarkibini, uning migratsiya jarayonlarining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olishni qat’iy talab qiladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling