Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Ijtimoiy ishda ijtimoiy ish etikasi. “
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
Ijtimoiy ishda ijtimoiy ish etikasi. “Ijtimoiy ishning etikasi:
tamoyillarining tasdiqlanishi” deb nomlangan hujjat 2004 - yil oktabrda Adelaidada (Avstraliya) IIXF(Ijtimoiy ish xodimlari federatsiyasi) va IIMXA(Ijtimoy ish mutaxassislari xalqaro assosiatsiyasi)larning umumiy uchrashuvida tasdiqlangan. Ijtimoiy ish insonga hamda uning va atrofdagilarning ehtiyojlarini qondirishda muhim amaliyot kasb etishini e’tiborga olgan holda bajariladigan xizmat ko‘rsatishning turi bo‘ladi. Ijtimoiy ish xodimlari nafaqat alohida odamlarga ko‘mak beradi, balki kengroq, global darajada ham o‘zgarishlar yasashga intiladilar. O‘zbekistonda olib borilayotgan demokratik huquqiy davlat barpo etish siyosati o‘z navbatida ijtimoiy ish xodimlariga bo‘lgan talabni yuzaga keltiradi va bu soha vakillariga bir qator mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarga qo‘yidagilarni misol tariqasida ko‘rsatish mumkin: - ijtimoiy ish xodimlarining halol va madaniyatli inson bo‘lishligining zarurligi; 60 - himoyasidagi insonlarni millati, irqidan va dinidan qat’iy nazar, barchasini baravar ko‘rib muomalaga kirish; - ijtimoiy ish xodimi madaniyatining tamoyillariga amal qilish; - ijtimoiy ish xodimning qanday vaziyat bo‘lishidan qat’iy nazar, insonparvarlik xususiyatlarini amalga oshirishga kuch va g‘ayrat topishligi; - ayniqsa, mustaqil ravishda o‘zini o‘zi himoya qilishga qodir bo‘lmagan odamlarni, masalan, ehtiyojmand ishchi, layoqatsiz bolalar va yoshlar hamda aqliy taraqqiyoti buzilgan yoki sekinlashgan kishilarni qabul qilingan ma’naviy sog‘lom qonunchilik doirasida himoyalashga doir ish olib borish; - turli etnik guruhlar va jamiyatdagi insonning asosiy huquqlariga qarama-qarshi bo‘lmagan an’analar, madaniyatlar, mafkuralar, e’tiqodlarni hurmat qilish va dunyoviy bilimni, zamonaviy fanlarni hamda jahon tillarini bilish. Yuqorida qayd etilgan maqsadlarning barchasi ijtimoiy ish kasbining zaruriy omillari sanaladi va bu kasb egasidan vijdonan yondashishlik talab qilinadi. Ushbu soha vakillarini respublikamizda mavjud huquqiy-me’yoriy hujjatlar ham to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham o‘zida xalqaro inson huquqlari borasida to‘plangan ijobiy tajriba tamoyillarini mustahkamlagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi zamon davlatlarining inson huquqlari masalasidagi faoliyatlariga asos bo‘lib xizmat qiladigan tamoyillar ham nazariy, va ham amaliy ahamiyatga molikdir, ularni qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin: - inson huquqlari har bir insonga tavallud topishi bilan tabiiy ravishda uzviy taalluqli, mansub bo‘ladi, shu bois ular tabiiy huquqlardir, ular bo‘linmas va insondan ajralmas huquqlardir; - inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanib, ularni hurmat qilish, himoya etish va ularga rioya etish xar bir davlatning majburiyatidir; - inson huquqlari barcha odamlarning tengligiga asoslanadi va umumiy-universal xarakterga ega; - inson huquqlari - ayni paytda hokimiyat ustidan nazorat qilishning vositasi hisoblanib, u davlat hokimiyati tomonidan sodir 61 etilishi mumkin bo‘lgan o‘zboshimchaliklarni cheklab turadi, zero davlat inson huquqlari bilan belgilab berilgan erkinlik doirasidan chetga chiqishi mumkin emas; - inson huquq va erkinliklarini ta’minlash-shaxsni u yoki bu belgiga asoslanib hech bir insonning kamsitilishiga olib kelmasligi shart; - inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish-boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga zarar yetkazmasligi, zinhor buzmasligi shart; - inson huquq va erkinliklari butun mamlakat hududida yagona bo‘lishi kerak; - insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari o‘zaro tengdir, ya’ni huquqlar tizimida pog‘onaviylik- ierarxiya bo‘lmasligi lozim; - kollektiv (jamoaviy) huquqlar individ (yakka shaxs) huquqidan ajralmasdir va ular o‘zaro bir-biriga zid kelishi, shaxsning huquqiy maqomini cheklashi mumkin emas; - inson huquqlari faqat qonun, ya’ni yuqori yuridik maqomga ega bo‘lgan hujjat bilangina tartibga solinishi lozim; - inson huquq va erkinliklari faqat qonun bilan, Konstitutsiya va boshqa xalqaro hujjatlarda ko‘rsatilgan hollardagina cheklanishi mumkin. Shunday qilib, ta’kidlash lozimki, inson huquqlari masalasiga doir xalqaro amaliyot tayanadigan yuqorida zikr etilgan tamoillar qator nufuzli xalqaro hujjatlarda o‘zining ifodasini topgan: -1948 - yilda qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi; -1966 - yilda qabul qilingan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt va va boshqa shu kabi hujjatlar. 23 Bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida qo‘lga kiritilgan olamshumul g‘alabalardan biri- inson huquqlarining har tomonlama himoyalanishi va rivojlanishidir. Inson huquqlari insoniyat taraqqiyotining mezoni sifatida 23 Ахмадшаева М.А.”Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва инсон ҳуқуқлари. –Т.: 2005.- 11-бет. 62 mustahkamlanib, jahondagi barcha davlatlarda rivojlanib bormoqda. Muayyan bir davlatda inson huquqlari ta’minlanishi ushbu davlatning har tomonlama yuksalishi, turmush tarzining yaxshilanishi, iqtisodiy farovonlik darajasining o‘sishi, xalqaro munosabatlarda mavqeyining yuksalishiga xizmat qiladi. Zero, inson huquqlari kishilik jamiyatining barcha jabhalarini qamrab olib, ularni ta’minlagan davlat ijtimoiy inqiroz bilan bog‘liq bo‘lgan turli nomuvofiqliklardan xoli bo‘lib, chinakam demokratik huquqiy davlat sifatida shakllanishi mumkin. Inson huquqlariga asoslangan demokratik jamiyatining xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysinishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlatning asosiy idoralari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisobot berishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, tayinlash yo‘li blan shakllanadigan davlat idoralarining saylovchi tashklotlar oldida javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ma’lumki, inson huquqlari haqidagi g‘oyalar kishilik jamiyatida davlat, davlatchilik, huquq kabi kategoriyalar insoniyat paydo bo‘lishidan mavjud bo‘lib, ularning insonlar turmush tarziga keng kirib borishi ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Mazkur institut XX asrning ikkinchi yarmida ikkinchi yarmidan so‘ng umume’tirof etilgan qadriyat sifatida xalqaro huquqiy hujjatlar asosida mustahkamlanib, amaliyotga singdirila boshlandi. Hozirda zikr etilgan hujjatlarning o‘ziga xos huquqiy poydevori- Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 90dan ortiq davlatlarning Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topdi, 180dan ortiq mamlakatlar tomonidan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Pakt ratifikatsiya qilindi. Bugungi kunda BMT tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi tomonidan 160 tadan ziyod, YUNESKOda 70 dan ortiq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq, turli mintaqaviy tashkilotlar tomonidan ham ko‘plab inson huquqlariga oid xalqaro shatnomalar, konvensiyalar, paktlar qabul qilindi. Akademik A.X.Saidov e’tirof etishicha: “Inson huquqlari - bu 63 demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Inson huquqlari - har bir davlatning demokratik taraqqiyoti darajasini ko‘rsatuvchi muhim mezondir. Shuning uchun ham, inson huquqlari xalqaro huquqda va milliy huquqiy tizimda muhim o‘rin tutadi ” 24 . Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling