Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


-MAVZU: IJTIMOIY ISH KASBINING YO‘NALISHLARI


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

5-MAVZU: IJTIMOIY ISH KASBINING YO‘NALISHLARI. 
IJTIMOIY ISHCHINING FUNKSIYALARI VA ROLLARI 
Reja: 
5.1. Ijtimoiy ish kasbining yo‘nalishlari va mijozlari.
5.2. Ijtimoiy ishchining funksiyalari va rollari.
5.3. Ijtimoiy ishchining professional majburiyatlari.
 
Ijtimoiy ish kasbining yo‘nalishlari va mijozlari. Ijtimoiy ish 
xodimining faoliyatida, ular kasbiy mehnat yo‘nalishlarining asosiy 
mazmuni quyidagilardan iborat: 
-shaxslar, oilalar, guruhlar va hamjamiyatlarga yordam berish 
(ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy reabilitatsiya, 
ijtimoiy profilaktika); 
-zarur ijtimoiy muhofaza va aholini himoya qilish bo‘yicha turli 
davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda muassasalari faoliyatining 
integratsiyasiga ko‘maklashish; 
-ijtimoiy va psixoijtimoiy muammolarni o‘rganish; 
-aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari muammolarini hal 
qilish bo‘yicha ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, bu 
dasturlarning samaradorligini baholash. 
Ijtimoiy ish qo‘llab-quvatlash, himoya qilish, tuzatish va 
reabilitatsiya qilish vositasida qiyinchiliklarni yengib o‘tishda ularga 
yordam beradi. Bu tashxis qo‘yish uchun yuborilgan huquqbuzarliklarni 
tuzatish va nazorat qilish bilan bog‘liq patronaj, ijtimoiy yordam, 
ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy ta’lim faoliyatidir. 
Kasbiy faoliyat sifatida ijtimoiy ish uch soha yo‘nalishini o‘z 
ichiga qamrab oladi. Birinchidan, bu shaxsiy va oilaviy darajalardagi 
ijtimoiy terapiyadir. Ikkinchidan, bu turli tasnifdagi guruh bilan olib 
boriladigan ijtimoiy faoliyatdir. Va, uchinchidan, bu jamoada, yashash 
joyida olib boriladigan ijtimoiy faoliyatdir. 
Ijtimoiy ishning yo‘nalishlari haqida fikr yuritar ekanmiz, 
ta’kidlash joizki, ijtimoiy yordam va ko‘mak zarur bo‘lgan guruhlar 
yoshiga qarab bolalar, yoshlar, keksa fuqarolarga tasniflanishi mumkin. 
Yana bir yo‘nalish, gender, madaniy yoki o‘xshash ijtimoiy muammolar 


73 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Jamiyatdagi diniy guruhlar, yolg‘iz ota-
onalar, yakka onalar, otalar, sobiq alkogoliklar yoki giyohvandlar 
guruhlari. Ko‘p hollarda ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy illatga aylangan 
yoki jinoiy xususiyatga ega bo‘lgan guruhlardagilar-balog‘atga 
yetmasdan jinoyatchilik yo‘liga tortilgan, darbadarlik(sayoqlik), odam 
savdosi-fohishabozlik, jamiyatga qarshi yo‘nalishdagi guruhlar bilan 
ishlashlariga to‘g‘ri keladi.
Zamonaviy ijtimoiy ish turli-tuman ko‘rinishlarga ega bo‘lib 
bormoqda. Bular orasida ko‘p sonli bo‘lgan kasbiy guruhlarni, 
boshqaruv sohasidagi ijtimoiy soha xodimlarini, oila, bola tarbiyasi bilan 
shug‘ullanadigan mutaxassislarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ijtimoiy 
ishnning zamonaviy yo‘nalishlaridan, bu-shaxs va guruhlar bilan 
psixoterapivtik va ruhshunoslik usullarida ishlashga ixtisoslashgan 
ijtimoiy xodimlar: ijtimoiy xizmat agentliklari(masalan,xorijga ishga 
joylashtirish), go’daklar uylari, internat yoki tibbiy muassasalar 
tizimidagi ijtimoiy ish xodimlari, shunigdek, nogironlar bilan 
ishlaydigan mutaxassislar va bu hali ijtimoiy xodimlar kasbiy 
yo‘nalishlarining to‘liq ro‘yxati emas, uni yana to‘ldirish ham mumkin. 
Bugungi kunda faqat O‘zbekiston misolida aholini kabag‘allikdan olib 
chiqishda qancha ijtimoiy ishchilarning vazifalari o‘z yechimini 
kutmoqda. 
Xuddi 
shuningdek, 
ijimoiy 
qo‘llab-quvvatlash 
samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolardan biri bu 
ushbu sohani respublikamizda davlat tomonidan tartibga soluvchi va bu 
borada tegishli muvofiqlashtirish vakolatlariga ega bo‘lgan yagona 
organning mavjud emasligidir
26
.
Ijtimoiy ish kasbiining mijozlari deganda, bu aholining ijtimoiy 
himoyaga muhtoj qatlami, ko‘mak, yordam, xizmat ko‘rsatish va 
muhofazaga ehtiyojmand bo‘lgan odamlarga munosabat qilish zarurligi 
tushuniladi: 
- bolalar va yoshlar: ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar, alohida 
ehtiyojli 
bolalar, 
OIT(ortirilgan 
immunitet 
tanqisligi) 
bilan 
azoblanayotgan bolalar, huquqiy xatar guruhidagi yoki qonun bilan 
26
Вафоев У. Ижтимоий ҳимоя йўналишидаги бошқарувни такомиллаштириш қанчалик 
муҳим? // Ҳалқ сўзи, 2020 йил 26 май, №110 (7612). 


74 
nizoga kirgan bolalar, institutsional muassasalarining tarbiyalanuvchilari 
va bitiruvchilari, ixtisoslashtirilgan o‘quv va o‘quv-tarbiyaviy 
muassasalarning o‘quvchilari va bitiruvchilari, nazoratsiz qolgan 
bolalar, shafqatsiz yoki sovuqqon munosabatni boshidan kechirgan
zo‘ravonlikning guvohi bo‘lgan bolalar, trafik(odam savdosi, qullik), 
mehnatning eng yomon shakllari va barcha turdagi ekspluatatsiyaga 
tortilgan bolalar, tabiiy ofatlar, qurolli nizolardan azoblangan bolalar va 
boshqalar; 
- oilalar va ayollar – kam ta’minlangan oilalar, ko‘p bolali oilalar, 
ota-onasidan biri yo‘q, to‘liq bo‘lmagan oilalar, a’zolarining birida OIT 
bo‘lgan oilalar, alohida ehtiyojli a’zosi bo‘lgan oilalar, krizis 
vaziyatidagi (oila a’zolaridan birining o‘limini, ajrashish, nizolar, uydagi 
zo‘ravonlik, ko‘chib o‘tishni boshidan kechirgan va h.k.) oilalar, tabiiy 
ofatlar, qurolli nizolar, texnogen o‘zgarishlar tufayli jabr tortgan oilalar, 
tutingan oilalar va oilaga bolalikka olinganlar; 
- nogironligi bo‘lgan odamlar va ularning oilalari; 
- ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj keksa va yoshi ulug‘ 
odamlar; 
- murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar; 
- ish, turar-joyini yo‘qotgan, yaqin insonining o‘limi yoki og‘ir 
kasalligini boshidan kechirgan, surunkali kasalliklari bo‘lgan odamlar va 
ehtiyojmand ijtmimoiy himoyaga zarur bo‘lganlar; 
- OIT bilan yashayotgan odamlar; 
- spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalarga tobeligi bo‘lgan 
odamlar; 
- penitensionar muassasalardan chiqqan va jazoni o‘tash 
muassasalaridan ozod qilingan, yopiq muassasalardan jazoni ijro etib 
qaytgan odamlar va hakazolar. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling