Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Ijtimoiy ishchining professional majburiyatlari
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
Ijtimoiy ishchining professional majburiyatlari. Ijtimoiy ishchi
professional kasb darajasiga ko‘ra quyidagilarga majbur: -ijtimoiytibbiy, yuridik, psixologik-pedagogik, moddiy va boshqa yordamga, ma’naviy, jismoniy va psixik salomatligining muhofazasiga muhtoj oilalar, bolalar va alohida shaxslarni aniqlash; -ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar, bolalar va katta odamlarning hayot sharoitlarini o‘rganish hamda ularning huquqiy hamda ijtimoiy himoyasini uyushtirish; -mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimcha xizmat olish uchun boshqa tashkilotlarga yuborish: tibbiy va ta’lim muassasalariga joylashishga, moddiy, ijtimoiymaishiy va boshqa yordam olishda ko‘mak berish; -mijozlarda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni, nizoli vaziyatlarni belgilash, ularga bu qiyinchiliklar, nizolarni hal qilishda ko‘maklashish va ijtimoiy himoyalash; -mijoz yoki mijozlar bilan ijtimoiy ishning zamonaviy nazariyasi va modellarini qo‘llab, mijozning kuchli tomonlariga urg‘u berish va uning atrofidagi imkoniyatlarni izlagancha ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha to‘g‘ridanto‘g‘ri ish olib borish; -otaona qaramog‘isiz qolgan bolalarni joylashtirish bo‘yicha ishlarni uyushtirish va uyg‘unlashtirish (masalan, asrab olish yoki bolani tutingan oilaga joylashtirish va h.k.); -mijozlar (ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytgan shaxslar, institutsional va ixtisoslashtirilgan o‘quvtarbiyaviy muassasalarni bitirayotganlar)ning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi yuzasidan ishlarni uyushtirish va uyg‘unlashtirish; -mijozlarni ularning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasi va yuzaga kelgan hayotiy qiyinchiliklarni mustaqil hal qilishlari uchun zaruriy hayotiy ko‘nikmalarga o‘rgatish; -mijozlarga bolalarning oiladagi farovonligini yaxshilash uchun bolalarning ehtiyoji va yoshga oid rivojlanishi, bolalar bilan shafqatsiz 94 va beparvo munosabat va h.k. masalalar yuzasidan mijozlarning otaonalari ularning malakasini rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar berish; -mijozlarga istalmagan axloqni o‘zgartirish va ijtimoiy maqbul axloqni egallashi masalalari bo‘yicha maslahat berish; -oilalarga bolalar, bemorlar va keksa odamlarni parvarish qilish qoidalari hamda malakalarini o‘rgatishda yordamlashish va uni tashkil etish; -odamlarning zaif guruhlariga nisbatan mavjud stereotiplarni susaytirish maqsadida ta’lim dasturlari va OAV orqali jamiyatning xabardorligini oshirish hamda professional ijtimoiy ishni targ‘ib qilish. Ijtimoiy ishchi professiogrammasi professor M.X.Ganiyeva boshchiligidagi ijtimoiy ish mutaxassislari, M.X.Karamyan, L.E.Kim va A.V.Shubinalar ishtirokida ishlab chiqilgan. Professiogrammani ishlab chiqishdagi muhokamada ijtimoiy ish bo‘yicha O‘zbekiston ijtimoiy ish xodimlarining Milliy komanda a’zolari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining konsultantlari, shuningdek, Shima Barkin va Go’zal Kamalova (BMTning O‘zbekistondagi Bolalar jamg‘armasi YUNISEFning “Bola himoyasi” dasturi vakillari) ishtirok etdilar. Ma’lumot uchun bilish kerakki,professiogramma ijtimoiy ish bo‘yicha loyihalar doirasida ishlab chiqildi: “Ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlash dasturini rivojlantirish” (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi – Toshkent davlat madaniyat instituti – BMTning O‘zbekistondagi Bolalar jamg‘armasi YUNISEF – 2007), “O‘zbekistonda “ijtimoiy ish” kasbini ilgari surish va ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlash dasturlarini tarqatish” (Toshkent davlat madaniyat instituti – Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi –YUNISEF, 2008), “O‘zbekistonda bola himoyasi sohasida “ijtimoiy ish” (Toshkent davlat madaniyat instituti – Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi – YUNISEF, 2009). Yuqorida qayd etilgan professiogrammaga ko‘ra ijtimoiy ishchining majburiyatlari quyidagilardan iborat: - va’zxonlik qilmaslik, buyruq bermaslik, ta’qiqlamaslik; 95 - mijoz shaxsining sha’ni va sharafini hurmat qilib uni harakatga, tashabbusga, ijodga undash; - mijozni tinglay bilish, sabr-toqat ko‘rsatish, muammo va vaziyatni tushunish, uning o‘rniga o‘zini qo‘ya bilish, nazokat va odob ko‘rsata bilish; - muloqotmand bo‘lish, ochiq bo‘lish, mijozni “gapirtira bilish”, birgalikda muammolarning yechimini aniqlash; - atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli bo‘lish; - mijoz va uning atrofidagilar o‘rtasida vosita, bog‘lovchi halqa(uzilmas zanjir) bo‘lish, mijozga ko‘rsatilayotgan xayriya yordami orqali uning sha’ni pastga urilishiga yo‘l qo‘ymaslik; - mijoz bilan ishlashda norasmiy bo‘la bilish, mijozning o‘z muammolarini hal qilishda maslahatchi, ko‘makchi vazifasini bajarish; o‘zaro munosabatlarni tenglik asosidagi dialogga qurish; - doimo insonparvarlik va mehribonlik nuqtayi nazaridan yondashish; - mijozni muhokama qilmaslik va unga tanbeh bermaslik; - shaxs yoki odamlar guruhiga g‘ayriinsoniy va diskriminatsion yondashuvlarning oldini olish; - mijozni jismoniy yoki ruhiy o‘ng‘aysizlikdan, asabiylashishdan, xavfdan va haqoratlardan himoya qilish; - o‘z xulq-atvorining yuksak axloqiy andozalarga mosligini saqlash, har qanday makrlar, birovlarni aldash, nopok xatti- harakatlarni istisno qilish; - doimo faqatgina mijoz manfaatlari yo‘lida harakat qilish; - o‘ziga ko‘makchilarni topa bilish, ijtimoiy ishni rivojlantirishda jamoatchilik ko‘magini ta’minlash; - faqatgina o‘z vakolati bo‘lgan doirada ish yuritish, o‘z ishining sifati uchun shaxsan mas’ul bo‘lish; - tashqi ta’sir va bosimlarga berilmaslik; - mijozni qo‘llanilayotgan tadbirlar, unga ko‘rsatilayotgan yordam xarakteri, to‘planayotgan ma’lumotlar haqida xabardor qilish; - o‘zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlar yo‘lida foydalanmaslik; 96 - vaziyatlarni muhokama qilish va baholashda faqat kasbiy maqsadlar bilan ishtirok etish; - mijoz ishonib bildirgan sirni hurmat qilish va uni fosh etmaslik; - ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda olish; - bajarilgan ish uchun qimmatbaho sovg‘alar olmaslik; - kasbiy bilimlari, mahorati, malakasini uzluksiz oshirib borishga intilish; - o‘z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish; - kasbning obro‘si va pokligini himoya qilish va orttirishga intilish; - kasbiy o‘zaro munosabatlar va o‘zaro ta’sir jarayonida hamkasblar ishonchiga hurmat bilan qarash, nazokat va adolatni saqlash; - kim bo‘lishidan qat’iy nazar, hamkasbi axloqqa zid harakat qilsa, unga qarshi choralar ko‘rish. Bundan tashqari, malaka tavsifi bilan belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun ijtimoiy ish xodimi o‘zining quyidagi huquqlaridan keng foydalanadi: - mijozlarning manfaatlarini qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati organlarida ifodalash va himoyalash; - maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki sertifikat bo‘lgani taqdirda davlat yoki xususiy ijtimoiy amaliyotni yuritish; - mijozlar ehtiyojlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash, aholi orasida sotsiologik so‘rovlar, diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish; - mijozlarning ijtimoiy va shaxsiy muammolarini hal qilish to‘g‘risidagi rasmiy so‘rovlar va iltimoslari bilan jamoat tashkilotlariga, davlat muassasalariga murojaat qilish; - o‘z faoliyati doirasidagi u yoki bu muammoning holati to‘g‘risida davlat idoralariga axborot berish; - ijtimoiy tashabbus va faollik ko‘rsatganlari uchun ota-onalar, oilalar, ijtimoiy ish volontyorlarini taqdirlash to‘g‘risida korxonalar va 97 muassasalar, tijorat tuzilmalari va jamoat birlashmalariga takliflar kiritish; - oiladagi tarbiya, ijtimoiy ishdagi tajribani ommaviy axborot vositalari yordamida targ‘ib qilish uchun faol ish yuritish; - muayyan ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan jamoat tashabbuskorlik harakatlariga boshchilik qilish. Sovuqqonlik deb baholanadigan kasbiy me’yorlarni buzish yoki xatolar “beg‘amlik, malakasizlik yoki oldindan o‘ylangan niyat tufayli kasbiy me’yorlarni buzish” sifatida baholanishini hech qachon yoddan chiqarmaslik kerak. Shu sababdan ijtimoiy ish xodimlari maxfiylikni buzganlari, bolalar bilan yomon munosabatda bo‘linayotgani haqidagi shubha to‘g‘risida xabar bermaganlari, suiiste’molliklar, so‘z bilan haqoratlash yoki jismoniy zo‘ravonlik tahdidi singari holatlarga befarqlik, xatti-harakatlar yordamida haqoratlash, davolash yoki axloq tuzatish muassasasiga xato (bilib-bilmay, adashish) natijasida joylashtirish tufayli erkinlikni cheklagani uchun sud tomonidan ta’qib qilinishi mumkin. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling