Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Chet ellar ijtimoiy himoya modellari: liberal, sotsial-
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
Chet ellar ijtimoiy himoya modellari: liberal, sotsial-
demokratik, konservativ (korporativ). Ijtimoiy himoya modellari deganda ijtimoiy himoyaning tur va shakllarini tushinish nazarda tutiladi. Daniyalik sotsiolog Gesta Esping-Andersen tasnifiga ko‘ra, 114 ijtimoiy himoyaga nisbatan jahonda mavjud yondashuvlardagi jiddiy farqlar mavjud bo‘lib, ularning modellari haqida tasavvur hosil qilish ijtimoiy ish xodimiga ularni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Gesta Esping-Andersen ijtimoiy davlatlarning uch asosiy modelini: - liberal; - konservativ (korporativ); - sotsial-demokratik modellarini bir biridan farqlaydi 32 . AQSH, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarga xos bo‘lgan liberal modelning shakllanishi xususiy mulk hukm surgan, bozor munosabatlari yetakchilik qilgan sharoitda, liberal mehnat axloqi ta’sirida amalga oshgan. Bu model faoliyatining asosiy shartlari quyidagilardir: - bozor munosabatlariga davlatning mumkin qadar kam aralashuvi; - davlat tomonidan tartibga solish choralarining kam qo‘llanilishi, bunda makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish doirasidan chetga chiqmaslik; - yalpi ichki mahsulot (YaIM)da iqtisodiyot davlat sektori ulushining ozligi. Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash rivojlangan sug‘urta tizimlari hisobidan amalga oshiriladi. Bu jarayonga davlat mumkin qadar kam, minimal aralashadi, u asosan muayyan kafolatlarni tartibga solish bilan shug‘ullanadi. Sug‘urta to‘lovlarining miqdorlari, odatda, uncha katta bo‘lmaydi. Transfert to‘lovlari, ya’ni davlat byudjetidan aholining har xil guruhlariga nafaqalar va subsidiyalar tarzida bevosita o‘tkaziladigan soliqlardan olingan moliyaviy mablag‘lar miqdori ham ko‘p emas. Ishlab chiqarish munosabatlari sohasida tadbirkorlik ishlab chiqarish faoliyatining rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi. Korxonalar egalarining ishlab chiqarishni rivojlantirish va unda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, shu jumladan, keraksiz bo‘lib qolgan xodimlarni ishdan bo‘shatish huquqlari 32 Esping-Andersen G. The three worlds of welfare capitalism. Princeton New Jersey:Prineton University Press, 1993. – P 25. 115 biron-bir tarzda cheklanmaydi. Bunday holatning o‘ta liberal shakli AQSHga xosdir. Bu yerda 1948 - yildan beri amal qiladigan mehnat bitimlari to‘g‘risidagi qonun yoki “Vagner qonuni”ga binoan, korxona ma’muriyati ishlab chiqarish qisqargan yoki modernizatsiya qilingan holda xodimlarni ogohlantirishsiz yoki ikki-uch kun oldin ogohlantirish yo‘li bilan, mehnat staji va malakasini hisobga olmasdan bo‘shatishga haqli. Bu model iqtisodiy barqarorlik yoki o‘sish sharoitida o‘zining asosiy vazifasini bajaradi, biroq ishlab chiqarish pasaygan va majburiy qisqartirilgan, ijtimoiy dasturlarning aksariyat qismidan voz kechilgan sharoitda ko‘pgina ijtimoiy guruhlar, avvalo xotin-qizlar, yoshlar va qariyalar og‘ir ahvolga tushib qoladi. Konservativ (korporativ) model ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarga xosdir. Ularning orasida kontinental Yevropaning Avstriya, Germaniya, Italiya, Fransiya kabi mamlakatlari bor. Bu yerda davlat mavqeyi ancha kuchli: ijtimoiy tadbirlarga byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar xodimlar va ish beruvchilarning sug‘urta badallariga taxminan teng, qayta taqsimlashning asosiy kanallari yo davlat ixtiyorida, yo uning nazorati ostida. Ayni vaqtda davlat fuqarolarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash vazifasini sug‘urta himoyasi tizimiga topshirishga harakat qiladi. Shu tufayli ijtimoiy nafaqalar miqdori mehnatdan olingan daromadlarga va tegishli ravishda sug‘urta to‘lovlariga qilingan ajratmalarning miqdorlariga bog‘liq bo‘ladi. Korxonalarning egalari hamda yollanma xodimlarning manfaatlarini ifoda etuvchi nufuzli kasaba uyushmalari birgalikda boshqaradigan sug‘urta kassalarining “o‘zini o‘zi boshqarishi” mazkur modelning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Ishsizlik yuz bergan holda kafolatlangan to‘lovlar miqdori mehnat stajiga, to‘lovlar muddati esa sug‘urta badallarini to‘lashning davomiyligi, ularning miqdori va xodimning yoshiga bog‘liq, bo‘ladi. Ko‘pgina mamlakatlarda ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash davri 50 yoshdan katta shaxslar uchun oshirilgan. Sotsial-demokratik model (u ba’zan solidar model deb ham ataladi) aholini himoyaqilishda, davlat yetakchi rol o‘ynashini nazarda tutadi. 116 Aholining daromadlari darajasini tenglashtirish va aholini yalpi ish bilan ta’minlash davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor vazifalari hisoblanadi. Bu model Skandinaviya mamlakatlari-Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniyada, shuningdek, Gollandiya va Shveytsariyada o‘zining amaliy ifodasini topgan. Iqtisodiyotning rivojlangan davlat sektori ijtimoiy sohani moliyalashtirish negizi bo‘lib xizmat qiladi. Bu negizni mustahkamlashga soliq solish darajasi juda yuqori ekanligi ham ko‘maklashadi. YaIMda davlat xarajatlarining ulushi Shvetsiyada 66%, Daniyada 61%, Finlyandiyada 56% ni tashkil etadi. Bu xarajatlarning asosiy qismi ijtimoiy ahamiyatga molik ob’yektlarning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi. Bu xarajatlar orasida transfert to‘lovlarining ulushi ham ancha katta bo‘lib, ularning yordamida milliy mahsulotni aholining kam ta’minlangan tabaqalari foydasiga qayta taqsimlash amalga oshiriladi. Ushbu modelning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardir: - ishlab chiqarish demokratiyasining rivojlangan tizimi; - mehnat munosabatlari ayrim korxonalar yoki tarmoqlar darajasida emas, balki umummilliy miqyosda tartibga solinishi; - ishsizlik darajasini mumkin qadar kamaytirishga imkoniyat yaratadigan ta’sirchan vositalardan foydalanilishi. Shvetsiyada qabul kilingan ijtimoiy davlat doktrinasi ayniqsa mashhurdir. U ko‘pincha egalitar doktrina deb ataladi. U davlatning o‘z fuqarolariga g‘amxo‘rligini milliy siyosat darajasiga ko‘taradi, ularga xavfsizlik va ishonchlilikni, xavf tug‘ilgan hollarda himoya qilishni, shuningdek, himoyani tashkil etish va unga rahbarlik qilishni va’da qiladi. Shvetsiyada qarindosh-urug‘lari, xayriya faoliyati yoki bozorga qaram bo‘lishlariga hojat yo‘q. Beshikdan qabrgacha ularga davlat g‘amxo‘rlik qiladi. Bu maqsadlarni ro’yobga chiqarish uchun 1977 - yilda Shvetsiyada ijtimoiy idora qayta tashkil etildi va ijtimoiy xizmatning ancha keng qamrovli, biroq aniq va aholiga tushunarli vazifalari ta’riflandi. Ularning orasida to‘rt asosiy yo‘nalishni qayd etish mumkin: - daromad olishni kafolatlash; - atrof-muhitni muhofaza qilish; 117 - aholiga xizmatlar ko‘rsatish (shu jumladan sog‘liqni saqlash); - mehnat muhitini muhofaza qilish. Har bir yo‘nalish uchun muayyan ijtimoiy institut javob beradi. Yuqorida qayd etilgan uch model jahonning biron-bir mamlakatida sof holda uchramaydi. Ijtimoiy davlatning “ideal tiplari” sifatida qaraladigan bu modellarning har biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Amalda liberal, korporativ va sotsial-demokratik modellar ko‘rinishlarining muayyan uyg‘unligi ko‘p kuzatiladi. Masalan, Kanadada sug‘urta pensiyasi bilan bir qatorda “xalq pensiyasi” ham mavjud. Shunga o‘xshash pensiya Avstraliyada ham joriy etilgan. AQSHda ijtimoiy sug‘urta kassalaridan tashqarida to‘lanadigan juda ko‘p nafaqalar mavjud. Bu yerda moddiy yordam ko‘rsatishning 100 ga yaqin dasturlari amal qiladi. Ularning aksariyati besh federal vazirlik (sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi, qishlok xo‘jalik vazirligi, mehnat vazirligi, uy-joy qurilishi va shaharni rivojlantirish vazirligi, ichki ishlar vazirligi), shuningdek, iqtisodiy imkoniyatlar bo‘yicha qo‘mita, faxriylar ishlari boshqarmasi, Temiryo‘lchilar pensiya ta’minoti kengashi va Noharbiy xizmat komissiyasi homiyligida amalga oshiriladi. Ayni vaqtda, bunday dasturlar aholining ayrim tabaqalari orasida ijtimoiy boqimandalikni ham rag‘batlantiradi: bu yerda ikki-uch avlod jamoat manfaatlarida bir kun ham ishlamagan kishilarning katta- katta guruhlari yuzaga kelgan. Ko‘rsatib o‘tilgan dasturlarning yana bir kamchiligi shundaki, ular oiladagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, xususan, er-xotin ajralishi, ota-onaning alohida yashashiga turtki beradi, chunki moliyaviy yordam olish oilaviy holatga bog‘liqdir. Ijtimoiy soha doimo xalqaro tashkilotlarning diqqat markazidadir. Ular bu sohani xalqaro-huquqiy tartibga solish va muvofiqlashtirish masalalariga katta e’tibor beradi. 1966 - yilda qabul qilingan BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro bitimida ijtimoiy ta’minot sohasidagi huquqlarga bag‘ishlangan bir nechta moddalar mavjud. Bu bitimga qo‘shilgan mamlakatlar unga rioya etishlari shart. 118 Bu sohada Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) muhim rol o‘ynaydi. U o‘z kuch-g‘ayratini ijtimoiy adolat umumiy tamoyillarini ayrim mamlakatlarning qonunchiligiga joriy etishga qaratadi. Mazkur tashkilot ratifikatsiya qilingan konvensiyalarning bajarilishi ustidan xalqaro nazorat olib borishning eng mukammal tizimlaridan biriga ega. 1952 - yilda XMT ijtimoiy himoya konsepsiyasi ifodalangan 102- son konvensiyani qabul qildi. Ushbu hujjatda barcha fuqarolar mehnat staji va to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan qat’iy nazar, ijtimoiy yordam olish huquqiga ega ekanligi e’lon qilingan va mazkur yordam ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan sakkiz yo‘nalish qayd etilgan: - tibbiy xizmat ko‘rsatish; - kasallik bo‘yicha nafaqa to‘lash; - qarilik pensiyasi to‘lash; - ishlab chiqarishda jarohatlanganlik uchun pensiya to‘lash; - bola tug‘ilishi munosabati bilan to‘lanadigan nafaqalar; - oilaviy nafaqalar; - nogironlarga to‘lanadigan nafaqalar; - qarovchisini yo‘qotganlik uchun to‘lanadigan nafaqalar. Konvensiyada ijtimoiy yordam ko‘rsatish chog‘ida teng huquqlilikning asosiy prinsipi qayd etilgan: konvensiyani ratifikatsiya qilgan barcha mamlakatlar o‘z hududida XMT a’zosi bo‘lgan boshqa har qanday davlat fuqarosiga, shuningdek, qochoqlar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga konvensiyada belgilangan ta’minot turlariga tegishli o‘z fuqarolari bilan bir xil huquqlar berish majburiyatini oladilar. Iqtisodiy rivojlanish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimining zarur darajasiga erishmagan mamlakatlarga konvensiyani “istisnolar” bilan ratifikatsiya qilish imkoniyati berilgan. Yevropa Ittifoqi a’zolari tomonidan 1989 - yilda qabul qilingan Yevropa ijtimoiy xartiyasi ham muhim ahamiyatga ega. Uning qoidalari 1995 - yil 3 -mayda qabul qilingan Xartiyaning yangi tahririda to‘ldirildi va rivojlantirildi. Xalqaro shartnoma maqomiga ega bo‘lmagan bu hujjatlarda ishlayotgan fuqarolar, shuningdek, ishlamaydigan, tirikchilik uchun yetarli mablag‘larga ega bo‘lmagan fuqarolarning ijtimoiy himoyaga bo‘lgan asosiy huquqlari haqidagi tavsiya xususiyatiga ega 119 normalar mavjud. Xartiyani imzolagan tomonlar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar tuzish yo‘li bilan bir mamlakat xodimlari boshqa mamlakatga migratsiya qilgan holda har bir taraf fuqarolarining ijtimoiy ta’minot sohasida tengligini ta’minlash majburiyatini olganlar. Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarda kafolatlangan eng kam daromad (nafaqa) to‘g‘risidagi qonun amal qiladi. Daniya bunday qonunni 1933 - yilda, Buyuk Britaniya 1948 - yilda, GFR 1961 - yilda, Gollandiya 1963 - yilda, Belgiya 1974 - yilda, Irlandiya 1977 - yilda, Shvetsiya 1982 - yilda, Luksemburg 1986 - yilda, Fransiya 1988 - yilda qabul qilgan. Xalqaro normalarga muvofiq bu qonun nafaqat tub aholiga, balki mazkur mamlakatda muayyan vaqt yashagan chet elliklarga nisbatan ham amal qiladi. Nafaqa xayriya xususiyatiga ega emas. Muayyan shartlarga rioya qilingan holda u barcha muhtojlarga qonuniy asosda tayinlanishi mumkin. Asosiy shart-umumiy daromad miqdori muayyan kattalikdan kam bo‘lishi kerak. Deyarli hamma joyda bolalarga to‘lanadigan nafaqa, ayrim mamlakatlarda esa turar joy uchun to‘lanadigan nafaqa, alimentlar ham daromad tarkibiga kiritilmaydi. AQSHda faqat oilaning joriy daromadlari hisobga olinadi. Yosh chegaralari ham belgilangan: nafaqaga 30 yoshdan (Luksemburgda-25 yoshdan) oshgan shaxslar da’vogar bo‘lishi mumkin; yoshga doir cheklashlar uylanganlar yoki bolali shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Nafaqa to‘lash muddatining chegaralari qayd etilmagan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan muhtojlikni tekshirish natijalariga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Ko‘pgina xorij mamlakatlarida eng kam ish haqi miqdori va uni iste’mol narxlarining o‘sishiga qarab vaqti-vaqti bilan indeksatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun kam ta’minlangan fuqarolarni himoyaqilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Italiyada indeksatsiya mexanizmi narxlar indeksi bir foizga o‘sgan holda, Daniyada 3%ga, Belgiyada 2%ga, Lyuksemburgda 2,5%ga o‘sganida ishga solinadi. Ayrim mamlakatlar- AQSH, Kanada, Fransiya, Shveytsariyada indeksatsiya mehnat qiladigan butun aholini emas, balki yollanma xodimlarning bir qismini qamrab oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling