Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Negmatov I.N., SamDU Sotsiologiya va ijtimoiy ishkafedrasi dots. Sherov M.B. SamDU kengashining 2020 yil 29 sentabrdagi 2-sonli qarori bilan nashr
- KIRISH
Ma’sul muharrir:
SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, t.f.d. Nabiev F.H. Taqrizchilar: SamDU Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi mudirif.f.n., dots. Negmatov I.N., SamDU Sotsiologiya va ijtimoiy ishkafedrasi dots. Sherov M.B. SamDU kengashining 2020 yil 29 sentabrdagi 2-sonli qarori bilan nashr etishga ruxsat berilgan. ISBN 978-9943 © Yusupov R.K. 3 KIRISH O‘zbekistonda yangi bo’lgan “ijtimoiy ish” sohasi xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga ijtimoiy yordam, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning jamiyatga moslashishi va integratsiyalashuviga ko‘maklashish bo‘yicha kasbiy salohiyatli ko’makni amalga oshiruvchi malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojning kuchayib borishi munosabati bilan jamiyat taraqqiyatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan mamlakatni rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi va uning beshta ustivor yo‘nalishi barqaror taraqqiyotni ta’minlashda muhim dasturilamal bo‘ldi. Harakatlar strategiyasining bosh maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. O‘zbekistonda, hayotimizning barcha jabhalarida bo‘lganidek, ta’lim tizimida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirishda ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassislarni o‘qitish va bu sohani rivojlantirishdagi muammolarni hal qilish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jahon hamjamiyati e’tirof etayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish, hududiy iqtisodiyot, mintaqaviy rivojlanish va mahalliylashtirish dasturlari ijrosini ta’minlash asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan “Ijtimoiy sohani 4 rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish doirasida keng qo‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda bu borada Respublikamizda zamonaviy ijtimoiy himoya tizimini barpo etish yo‘lida puxta o‘ylangan islohotlarni amalga oshirish mamlakatimiz ijtimoiy taraqqiyoti hamda aholi farovonligini ta’minlash imkoniyatini bermoqda. Harakatlar strategiyasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ularga qulay ish sharoitlarini yaratib berish chora-tadbirlarini amalga oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi 1 . Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi. Ushbu dasturiy hujjat ko‘plab sohalarda o‘z yechimini kutayotgan masalalar va ularni hal etishga doir izchil chora-tadbirlarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bir qator asarlarida 2 ta’kidlanganidek, ijtimoiy sohani rivojlantirishda aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiyasi, gaz bilan 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. – Тошкент: “Адолат”, 2018. – 112 б. 2 Мирзиёев Ш.М.Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Мазкур китобдан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2016 йил 1 ноябрдан 24 ноябрга қадар Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри сайловчилари вакиллари билан ўтказилган сайловолди учрашувларида сўзлаган нутқлари ўрин олган /Ш.М.Мирзиёев. – Тошкент : “Ўзбекистон”, 2017. – 488 б.; Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз – Тошкент : Ўзбекистон, 2017. - 592 б.; Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2019. – 400 б;Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент : Ўзбекистон, 2017. - 56 б.; Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик-ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент : Ўзбекистон, 2017. - 104 б., ва бошқ. 5 ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini ko’tarish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Mazkur o‘quv qo‘llanma “Ijtimoiy ishga kirish” fanining namunaviy va ishchi dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda ijtimoiy ishning nazariy va tashkiliy asoslari, rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy ishning rivojlanish va taraqqiyot bosqichlari kabi masalalarni qamrab olgan. Ijtimoiy ish o‘z hayotiy muammolarini mustaqil hal etishga, aksariyat hollarda yashashga qiynalgan insonlarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyatning o‘ziga xos turidir. Jahon tajribasida aholining zaif qatlamlari - qariyalar, imkoniyati cheklangan insonlar, muammoli oilalar, qiyin hayotiy muammolarga duch kelgan insonlar, shu jumladan bolalarga yordamni malakali mutaxasislar−ijtimoiy soha xodimlari tashkil etadilar va amalga oshiradilar. Bu soha ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan professinal soha bo‘lib, u jamiyatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlash vazifasini bajaradi, shuningdek, davlatning zamonaviy ijtimoiy siyosatini amalga oshirishini, zaif aholi qatlamlariga ijtimoiy xizmatlarning sifati va ommabopligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. O‘quv qo‘llanmani yaratishda O‘zbekistonda ijtimoiy ish ixtisosligi bo’yicha taniqli olimalar M.H.G‘aniyeva, M.Bekmurodov, N.M.Latipovalarning 3 , bir qator chet ellik mutaxassislarning asarlaridan uslubiy jihatdan foydalanildi 4 . 3 Ганиева М.Х. Введение в социальную работу. – Ташкент; НУУз, 2011; Ганиева М.Х. Основы социальной работы. Учебное пособие. – Ташкент: CHASHMAPRINT, 2009. − 112 с.;Хрестоматия по учебному курсу «Основы социальной работы». Распространение программы переподготовки по социальной работе и продвижение профессии «социальная работа» в Узбекистане». / Составители: М.Х. Ганиева, М.Х. Карамян. - Ташкент: МинВУЗ-РЦСАД- ТашГИК-ЮНИСЕФ, 2008; Bekmurodov M. Oliy ma`lumotli ijtimoiy xodimlarni tayyorlashda ta`lim muassasalarining roli. - T.:2008 y.; Латипова Н.М.Социальная защита семей и детей в Узбекистане. – Ташкент, Navro’z, 2018. 4 Кравченко А.И. Социальная работа. – М.: Изд-во Проспект, 2008; Тетерский С.В. Введение в социальную работу. - М., Академический проект, 2003. — 493 б. (элект.вар.); 6 “Ijtimoiy ishga kirish” o‘quv qo‘llanmasi ijtimoiy ish va ijtimoiy pedagogika ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotganlar, ijtimoiy xizmatchilar, psixologlar, bolalar harakatlari va Yoshlar ittifoqi tashkilotchilari, ijtimoiy-pedagogik ixtisosliklar bo‘yicha bakalavrlar, magistrlar, ijtimoiy soha mutaxassislarini tayyorlash dasturlari va o‘quv rejalarini tuzuvchilar uchun mo‘ljallangan.Undan, shuningdek, o‘rta- maxsus o‘quv yurtlarining “ijtimoiy xizmatchi” ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalari ham foydalanishlari mumkin. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling