Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-MAVZU. IJTIMOIY ISH VA IJTIMOIY TA’MINOT TUSHUNCHALARINING MOHIYATI. Reja: 1.1. Ijtimoiy ishga kirish o‘quv kursining tuzilishi
Павленок П.Д. Введение в профессию «Социальная работа»: Курс лекций. - М., 1998; Тони Видмар. Валентина Хухлина.Сборик «Практики социальной работы». – М.: Изд-во Моск. гуманит. ун-та, 2018. 7 1-MAVZU. IJTIMOIY ISH VA IJTIMOIY TA’MINOT TUSHUNCHALARINING MOHIYATI. Reja: 1.1. Ijtimoiy ishga kirish o‘quv kursining tuzilishi, maqsadi. 1.2. Ijtimoiy ish obyekti va predmeti. 1.3. Ijtimoiy ta’minot tushunchasi va uning ijtimoiy ish bilan aloqadorligi. Ijtimoiy ishga kirish o‘quv kursining tuzilishi, maqsadi. Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan O‘zbekistonda ijtimoiy ish professional faoliyat turi sifatida to‘liq rivojlanana boshladi va uning qaytadan shakllanishi ijtimoiy hayotning barcha sohalariga birday tegishli bo‘lgan haqqoniy o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri keldi. Ijtimoiy ish tuzilishiga ko‘ra, keng ma’noda ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy yordamning o‘ziga xos modelidir. Uni jamiyat aniq bir tarixiy davrda ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanishining xususiyatlariga mos ravishda ro‘yobga chiqaradi. Tor ma’noda esa ijtimoiy ish ijtimoiy zaruriy faoliyat bo‘lib, kishilar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishlariga yordam berishga qaratilgandir. Ijtimoiy ish tushunchasi – butun dunyoda qabul qilingan ibora bo‘lib, u insonning insonga gumanistik munosabatini bildiradi. Ijtimoiy ish kursining maqsadini quyidagicha ifodalash mumkin. Ijtimoiy ish insonlarning huquqi va imkoniyatlarini oshirish jarayonida, insonlarning o‘ziga, oila a’zolariga, ishlab chiqarish tashkilotlariga va ularning jamoat birlashmalariga ko‘mak beradi hamda ularning o‘zaro munosabatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy darajalarining o‘sishiga bevosita ta’sir etib, hayotiy faoliyatlarining yaxshilanishiga olib keladi. Ijtimoiy ish o‘quv kursini o‘qitishdan maqsad, har bir shaxs o‘z hayoti hamda mehnat faoliyati davomida unga, hayotiga, sog‘lig‘iga, mehnat qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday turdagi xavf-xatarga duch kelmasligi yoxud hayotida, uning oila a’zolari orasida noxush vaziyatlar ro‘y bermasligi xavfidan xoli emas. 8 Boshqacha qilib aytganda, har bir kishi o‘zi yoki oila a’zosi bilan ijtimoiy xavf-xatar (kasallik, qarilik, nogironlik, boquvchisidan mahrum bo‘lish va h.k.) yuz bermasligiga kafolat bera olmaydi. Mazkur holat bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, bugungi bozor iqtisodiyoti jarayonlari sharoitida mulkchilikning turli shakllari joriy qilinib, tadbirkorlikka keng yo‘llar ochilganda hamda kishining o‘z aqliy va ijodiy qobiliyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish imkoniyati yaratilgan sharoitda aholi o‘rtasida, ularning yoshi, jinsi, salomatligi, mehnat qobiliyati, daromadi va boshqa shu kabi xususiyatlariga ko‘ra tabaqalashuv, farqlanish yuz berishi tabiiydir. Mamlakatimiz aholisi ham mazkur jarayondan chetda emas. O‘z o‘rnida savol tug‘ilishi mumkin: fuqarolarni shunday xatar hamda vaziyatlarda himoyalash, ular uchun ijtimoiy kafolatlarning eng kam darajasini belgilash vazifasini kim va qanday usullarda hamda vositalarda hal etadi? Shu o‘rinda aytish kerakki, mazkur vazifalar davlatning ijtimoiy funksiyalari bilan bog‘liq bo‘lib, unda bevosita aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlari, ularni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilgan bo‘ladi. Ayni paytda bu har qanday demokratik davlatning eng asosiy belgisi hisoblanadi. Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlaridan biri, bu – ularning ijtimoiy ta’minot olishga bo‘lgan huquqi, xususan, fuqarolar keksayganlarida, mehnat qobiliyatlarini yo‘qotganlarida yoki boquvchisidan mahrum bo‘lganlarida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda normal turmush kechirishini ta’minlaydigan darajada moddiy ta’minot yoxud boshqacha shakldagi ijtimoiy yordamlar olish huquqlaridir 5 . Nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, umuman, ko‘makka muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, davlatimizning ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi.Jamiyatning rivojlanganlik darajasi odatda bir qator demografik omillarga, jamiyatdagi keksalar va bolalarning ahvoliga, ularning o‘zini qanday his etishiga, yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan barcha odamlar toifasiga 5 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Tошкент, “Ўзбекистон”, 2017. 4-бет. 9 davlatning qanday munosabatda bo‘lishiga qarab belgilanadi. Ijtimoiy zaif kishilarga, ya’ni keksalar, nogironlar, yolg‘iz, nochor kishilar va aholining boshqa toifalariga yordam berish jamiyatning yuksak ma’naviyati va madaniyligidan dalolat beradi. Yaqinlariga yordam berish, hamdard bo‘lish va xayr-ehson qilish azaldan turli mamlakatlar xalqlariga xosdir. Ushbu fazilatlar O‘zbekiston xalqiga ham xos bo‘lib, milliy qadriyatlar, an’analar va urf- odatlarning asosini tashkil etadi. Bugungi globallashuv sharoitida ushbu qadriyat va an’analarni asrash va rivojlantirish juda dolzarb hisoblanadi. Ayniqsa yoshlar ongida insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi bilan uzviy bog‘liq yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish bosqichiga chiqqan bir pallada ayniqsa muhimdir. Mamlakatni isloh qilish, bozor munosabatlari sharoitlarida jamiyatdagi har bir kishining munosib hayot kechirishini ta’minlash sifatida tushuniladigan shiorga aylanmoqda. Jamiyatning barcha qatlamlari ijtimoiy birdamligi va javobgarligi bunga erishishning zarur omili hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, ijtimoiy ishni kasb va akademik fan sifatida o‘rganish nihoyatda muhim va foydali ekanligini ta’kidlash joizdir. Mamlakatimizda yangi “Ijtimoiy ish xodimi” kasbiga ehtiyojni shakllantirish aholi ehtiyojmand qatlamlarining u yoki bu toifalariga nisbatan ijtimoiy ish amaliyoti bilan shug‘ullanadigan, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatadigan muassasalar, xalqaro va jamoat tashkilotlarining keng tarmog‘ining tashkil etilishi bilan izohlanadi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida ijtimoiy ish instituti yuz yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat olib bormoqda va ayni paytda jahonning yetakchi universitetlari bunday tayyorgarlikni amalga oshiradi. Ijtimoiy ish ijtimoiy hodisa sifatida keng ma’noda ijtimoiy yordamning o‘ziga xos modelini ifodalaydi. Buni jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti xususiyatlariga qarab aniq bir tarixiy davrda amalga oshiradi. Tor ma’noda ijtimoiy ish shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishda odamlarga, ijtimoiy guruhlarga yordam berishga yo‘naltirilgan ijtimoiy zarur faoliyatdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling