Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

Ijtimoiy ish obyekti va predmeti. Bugungi sharoitda “Ijtimoiy 
ish” - butun dunyo hamjamiyatida qabul qilingan insonning insonga 
munosabatini, insonning jamiyatga moslashishini yengillashtirish uchun 
qaratilgan faoliyatni anglatuvchi atamadir. Bu faoliyat ming yillar oldin 
xayriya va insonlarning diniy burchi sifatida yuzaga kelib, XX asrda 
maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan kasbga aylandi. Yangi asr boshiga 
kelib, kelajakni tadqiq etish xalqaro Akademiyasi tomonidan amalga 
oshirilgan “Jahon mamlakatlari 2002-2010 yillarda - muammolar va 
echimlar” loyihasi ishtirokchilari ta’kidlaganlaridek, XX asrda ishchi va 
oldingi asrlarda dehqon ommaviy kasb bo‘lgan bo‘lsa, XXI asr ijtimoiy 
ish xodimi asri bo‘lishi bashorat qilingan
6

Ayni paytda ijtimoiy ishning teran insonparvarlik manbalarini 
qayd etgan holda diniy xayriya bilan shug‘ullanadigan kishilar va 
zamonaviy ijtimoiy ish xodimi o‘rtasidagi farqni ko‘rsatish ham zarur. 
Zero, ma’naviy burch tuyg‘usi va ko‘rsatilayotgan yordamning kattaligi 
va uzoq muddatliligi bilan o‘lchanadigan ezgu ishlar qilishga intilish, 
barcha xayriya bilan shug‘ullanadigan kishilarga katta kuch 
bag‘ishlaydi.
Demak, hozirgi paytda ijtimoiy ish keng ma’noda ijtimoiy hodisa 
sifatida ijtimoiy yordamning o‘ziga xos modelidir. Uni jamiyat aniq bir 
tarixiy 
davrda 
ijtimoiy, 
siyosiy 
va 
madaniy 
rivojlanishining 
xususiyatlariga mos ravishda ro’yobga chiqaradi. Tor ma’noda esa 
ijtimoiy ish ijtimoiy zaruriy faoliyat bo‘lib, odamlar, ijtimoiy guruhlarga 
shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishda yordam berishga 
qaratilgan. 
Ijtimoiy ishning tarkibiy qismlarini ketma-ketlikda qarab chiqishda 
tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy 
ishning subyektlari(ijtimoiy xizmatlar) muhimligiga qaramasdan, 
obyekt(vujudga kelgan muammo)larning ham hosilasi va yetakchisidir. 
Ijtimoiy ish obyektlari u yoki bu jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, 
hatto siyosiy sharoitlari ta’sirida shakllanadi. Subyektlari(ijtimoiy 
6
National Association of Social Workers (approved 1996, revised 1999). Code of Ethics for 
Social Workers. Washington, DC: NASW; International Federation of Social Workers and 
International Association of Schools of Social Work. (2004). Ethics in Social Work, Statement 
of Principles. RetrievedJanuary 2, 2008 fromhttp://www.ifsw.org 


11 
xizmatlar) esa xuddi shu obyektiv sharoitlar ta’sirida yuzaga kelsalar-da, 
shu bilan birga, siyosiy va boshqa ijtimoiy institutlar tomonidan, uning 
ustqurmaviy jihatidan shakllantiriladi. 
Obyekt(vujudga 
kelgan 
muammo)larning 
xarakterli 
xususiyati shundan iboratki, obyektlar vujudga kelgan muammolardan 
kelib chiqib, hal etish kerak bo‘lgan masalalar darajasi bilan aniqlanadi. 
Subyektlar (ijtimoiy xizmatlar) esa ana shu asosda shakllanadi, tashkil 
topadi. Ijtimoiy ishning tarkibiy qismlari “obyektlar-subyektlar” 
nisbatida qarab chiqilishi maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy ish subyektlari tavsifini uning barcha jihatlarini 
hisobga olgan holda, xususan, amaliy va ilmiy hamda o‘quv predmeti 
sifatida qarab chiqish lozim. Chunki ular ijtimoiy hayot fenomenining 
bir-biri bilan zich bog‘langan va bir-biri bilan aloqador faoliyat turlari 
hisoblanadi. 
Obyektni subyekga, uning predmetli-amaliy faoliyatini bilish 
deb izohlash mumkin. U obyektiv voqeylikka shunchaki o‘xshash emas, 
balki subyekt bilan o‘zaro aloqa va ta’sir qiluvchi qismdir.
Subyekt 
– predmetli-amaliy faoliyat va bilishning 
ifodalovchisi (individ, ijtimoiy guruh) bo‘lib obyektga qaratilgan faollik 
manbaidir. 
Ijtimoiy ishda obyektlar va subyektlarni tushunishda 3 ta muhim 
bo‘lgan jihatni ta’kidlash lozim:
birinchidan, ularning o‘zaro farqlari;
ikkinchidan, ularning organik o‘zaro aloqasi va ta’siri;
uchinchidan, ularning joy almashish imkoniyatlari. 
“Ob’ekt” hamda “sub’ekt” tushunchalari o‘zaro bog‘liqlikda 
bo‘lishi mumkinligini ham nazarda tutish kerak. Obyektli-subyektli 
munosabatlar ijtimoiy ishni asosan amaliy faoliyat sifatida tavsiflaydi.
Ijtimoiy ishga kirishni fan sifatida o‘rganishimizda obyektli-
predmetli munosabatlar bilan ish ko‘ramiz. Agar obyekt ijtimoiy ishning 
amaliy muayyan bir turi sifatida qabul qilinsa, predmeti esa shu 
obyektning (mijoz-individ, oila, jamoa, ijtimoiy guruh) tomonlarini 
tashkil etadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, buni ijtimoiy ish qonuniyatlari deb ham 
hisoblashimiz mumkin.


12 
Ijtimoiy ishga kirish o‘quv fani sifatida (aniqrog‘i o‘quv 
jarayonida) tahlil qilinganda, tinglovchilar, talabalar obyekt, subyektlar 
esa – o‘qituvchilar, tarbiyachilar hisoblanadi. Shu bilan birga, bu yerda 
obyekt-subyekt munosabatlari haqida fikr yuritganda, ayniqsa 
(tinglovchilar) talabalar mustaqil ilmiy tadqiqot va boshqa faoliyati (shu 
jumladan amaliy) jonli misol bo‘la oladi. 
Ijtimoiy ishning obyekti keng ma’noda izohlanganda barcha 
odamlar hisoblanadi. Bu aholining barcha qatlamlari va guruhlarining 
hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan jamiyat taraqqiyotining darajasi, ijtimoiy 
sohaning ahvoli, ijtimoiy siyosatning mazmuni, uni amalga oshirish 
imkoniyatlari 
bilan 
aniqlanadigan 
shart-sharoitlarga 
bog‘liqdir. 
Umuman, aholini ijtimoiy himoya instituti doirasida ijtimoiy ish obyekti 
va subyekti masalasi yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi. Bu esa ijtimoiy 
siyosatni yanada oydinlashtiradi. Chunki har bir inson o‘z hayotining 
har qanday davrida o‘zining istak, ehtiyojlari, hatto qiziqishlarini 
to‘laroq qondirilishiga intilishini ham nazarda tutish kerak. Shu bilan 
birga, odam hayot faoliyatining har bir sohasida istak-ehtiyoji bir xil 
qondirilmasligi mumkin. Oddiy qilib aytganda, har bir inson u yoki bu 
darajada jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga, yordamga, 
himoyaga muhtoj bo‘lishligini anglatadi. 
Aholi turli xil tabaqa, qatlamlarga mansub bo‘lib ularning ba’zilari 
hayotning qiyin, murakkab vaziyatiga duch kelganda o‘zining ijtimoiy
muammolarini hal etolmaydigan darajada bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy 
huquq aynan aholining ana shu guruhlari, qatlamlariga alohida e’tiborni 
qaratishni nazarda tutadi. 
Umuman, “Ijtimoiy ishga kirish” fanida tabaqalashtirilgan 
yondashuv, ya’ni ularni tasniflash, guruhlashtirish quyidagi shakllarda 
namoyon bo‘lishi mumkin: 
1.Sog‘lig‘i tufayli hayotiy muammolarini mustaqil hal eta 
olmaydiganlar guruhi. Bularga nogironlar yoki imkoniyati cheklangan 
kishilar (katta yoshdagilar, bolalar), radiatsiya ta’siriga uchragan 
shaxslar, nogiron farzandlari bo‘lgan oilalar, psixologik tanglik, 
psixologik qattiq hayajonga tushib qolgan, o‘z joniga qasd qilishga 
moyil katta-kichik yoshdagilar va hatto bolalar. 


13 
2.Ekstremal-eng past yoki eng yuqori darajadagi ko‘rsatkichlar 
bilan xarakterlanadigan sharoitga tushib qolgan odamlar guruhi. Bu 
guruhga Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va ularga tenglashtirilgan 
shaxslar, jahon urushi davrida front ortida ishlagan kishilar (ularning 
iqtisodiy ahvoli keksalik va sog‘ligining yomonligi, ehtiyojmandligi 
bilan izohlanadi), turli konfliktlarda va tinchlik davrida halok bo‘lgan 
harbiy xizmatchilarning bevalari, bolalari. 
3.Keksalik nafaqa yoshiga yetib ishdan ketganligi tufayli 
hayotning 
qiyin 
vaziyatiga 
tushib 
qolganlar-yolg‘iz 
kishilar, 
pensionerlar, himoyaga muhtoj oilalar; 
4.Deviant xulq - atvorining turli shakllari va turlari bilan bog‘liq 
guruhlar.Bu toifaga:
- deviant xulqli bolalar va o‘smirlar;
- oilada shafqatsiz munosabat va zo‘ravonlikka uchragan bolalar;
-sog‘ligi va jismoniy va aqliy o‘sishga ta’sir etgan sharoitlarda 
yashaydiganlar;
-spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarini iste’mol qiluvchi oila 
a’zolari. 
5. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar. Ya’ni: 
- ota-onasiz, qarovchisiz qolgan yetim bolalar;
- daromadi past bo‘lgan-kambag‘al oilalar;
- ko‘p bolali oilalar;
- balog‘at yoshiga yetmagan ko‘p bolali oilalar; 
- yosh oilalar;
- nikohi buzilgan, ajralgan, yolg‘iz oilalar;
- noxush psixologik vaziyatga tushgan oilalar; 
- o‘zaro ziddiyat(konflikt)ga tushib qolgan oilalar; 
-shuningdek, ota-onalari pedagogik jihatdan zaif bo‘lgan oilalarni 
kiritish mumkin. 
6.Bolalarning 
favqulodda 
vaziyatga 
tushib 
qolganlar 
holati(yetimlik, sayoqlik va turli ofat yoki texnogen halokatga uchragan 
va hokazo)da. Bu guruhga quyidagilar kiradi:
-bolalar uylari, maktab-internatlarni bitirib mustaqil hayotga yo‘l 
olganlar bo‘lib, ular iqtisodiy mustaqillik va ijtimoiy yetuklikka 


14 
yetishmaganlar;
-yetim qolgan yoki ota-onaning qarovisiz qolgan bolalar; 
-nazoratsiz qolgan bolalar va o‘smirlar. 
7. Darbadarlik, boshpanasiz qolganlar. Bu guruhga aniq yashash 
joyi bo‘lmagan odamlar, migratsiya tufayli ro’yxatdan o‘tgan 
qochoqlar, majburan yashash joyidan ko‘chib o‘tganlar. 
8.Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning 
ijtimoiy huquqi bilan bog‘liq holatlarga tegishli bo‘lganlar guruhi. 
Yuqorida keltirilgan guruhlarga ajratish yoki bo‘lish yagona holat 
emas. Ko‘rsatilgan guruhlarni ehtimol yanada aniqroq guruhlarga 
bo‘lish yoki, aksincha, ancha kengroq kategoriyalarga ajratish mumkin–
bu esa ijtimoiy ish kasbi mutaxassislarining maxsus yoki tanlov o‘quv 
kurslarining maqsadi va vazifalariga, amaliyot jarayonini o‘tash bilan 
bog‘liq masalalarni hal etishga uzviy bog‘liqdir. 
Ijtimoiy ishga kirish o‘quv fanining obyektlari oldida turgan u yoki
bu masalalarni yechishga qaratilgan kishilar, muassasalar, tashkilotlar, 
ijtimoiy institutlar, ijtimoiy ishning subyektlari ekanligini inobatga olgan 
holda, jumladan, ijtimoiy ishning tarkibiy qismini e’tiborga olib, turli 
asos bo‘yicha quyidagicha darajalash (differensiya qilish) mumkin: 
ijtimoiy ish kasbi mutaxassisining amaliy faoliyati, ilmiy va o‘quv 
jarayoni (ijtimoiy ishdagi o‘quv fanlari). 
“Ijtimoiy ishga kirish” o‘quv fanining subyektlari deganda 
quyidagilar nazarda tutiladi: 
1. Davlat o‘zining turli darajadagi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 
va sud hokimiyati ko‘rinishdagi tuzilmalari bilan ijtimoiy ish faoliyati 
bilan yuritadi. Bu tuzilmalarda Bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligi, shuningdek, hududiy darajadagi ijtimoiy ish boshqarish 
organlari (tumanlar, shaharlar, viloyatlar, respublika tuzilmalarida 
ijtimoiy himoya organlari) mahalliy organlar alohida o‘rin tutadi. 
2. Turli ijtimoiy xizmat nodavlat-notijorat tashkilotlar; oilalar va 
bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning hududiy markazlari; balog‘atga 
yetmaganlar uchun ijtimoiy tiklash (reabilitatsion) markazlari; ota-ona 
qarovisiz qolgan bolalarga yordam ko‘rsatish markazlari; imkoniyati 
cheklangan bolalar va o‘smirlar uchun reabilitatsion markazlar; bolalar 


15 
va o‘smirlar uchun ijtimoiy boshpanalar; aholiga psixologik-pedagogik 
yordam ko‘rsatish markazlari; telefon orqali ekstrim (shoshilinch) 
yordam berish markazlari va boshqalari. 
3. Davlat korxonalari, tashkilotlari, muassasalari, oliy ta’lim 
muassasalari va hokazolarning ma’muriyatlari va ularning bo‘limlari. 
4. Jamoat, xayriya va boshqa tashkilotlar, muassasalar: kasaba 
uyushmalari, bolalar fondining Qizil yarim oy (Qizil xoch) jamiyatining 
bo‘limlari, xususiy ijtimoiy xizmatlar, tashkilotlar va hokazolar. 
5. Amaliy ijtimoiy ish bilan professional tarzda yoki jamoatchilik 
yo‘li bilan shug‘ullanuvchi kishilar. Haqiqatda ular ijtimoiy ishning 
ko‘rsatilgan subyektlarining ikki xil vakillaridir. Bunda ularni ikki 
guruhga ajratish mumkin: tashkilotchi-boshqaruvchilar va, biz yuqorida 
ko‘rib chiqqan, ijtimoiy ishning obyektlariga bevosita yordam 
ko‘rsatuvchi, madad ko‘rsatuvchi mijozlarni himoya bilan ta’minlovchi 
ijrochilar, amaliy ijtimoiy ish xodimlari. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 
bugungi kunda jahonda 500 mingga yaqin professional ijtimoiy ish 
xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy ish xodimlari alohida guruh 
bo‘lib, ular aniq professional va ma’muriy-axloqiy fazilatlarga ega 
bo‘lishlari zarur. 
6.O‘qituvchilar, shuningdek, bilimlar, ko‘nikmalar, mahoratlarini 
mustahkamlashga 
yordam 
beruvchilar: 
talabalar 
amaliyotining 
rahbarlari, murabbiylar, amaliy ijtimoiy ish xodimlari va ijtimoiy ish 
sohasining turli tashkilotlari, muassasalari, korxonalarida talabalar 
(tinglovchilar)ning amaliyot o‘tashlariga yordam beruvchi boshqa 
xodimlar. 
7. Ijtimoiy ishni tadqiq etuvchilar: ilmiy xodimlar turli usullarni 
qo‘llagan holda ijtimoiy ishning holatini tahlil qiladilar, ilmiy dasturlar 
ishlab chiqadilar, shu sohada mavjud bo‘lgan va paydo bo‘layotgan 
yo’nalishlarni qayd etadilar, ijtimoiy ishning muammolari bo‘yicha 
ilmiy hisobotlar, darslik, o‘quv qo‘llanma, kitoblar, maqolalar chop 
etadilar. Bu jarayonda mamlakatning ilg‘or oliy ta’lim muassasalari 
kafedralari, laboratoriya xonalari, ilmiy muassasalari, ijtimoiy ish sohasi 
muammolari bo‘yicha ilmiy dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha 
ilmiy kengashlar muhim rol o‘ynaydi. 


16 
Ijtimoiy ish kundalik muammolarni hal qilishda yordam 
berishgagina emas, balki ehtiyojmandlarda qiyinchiliklarni yengib o‘tish 
xususiyatlarini va o‘ziga-o‘zi yordam berish ko‘nikmalarini 
shakllantirishga yo‘naltirilganligi bilan ham filantropiya, xayr-saxovat 
ko‘rsatish jamg‘armalari va faoliyatning shunga o‘xshash boshqa 
turlaridan farq qiladi. Buni istalgan hayotiy vaziyatda odamni o‘z 
muammolarini o‘zi faol hal qilishga o‘rgatish deb aytish mumkin. 
Zamonaviy jamiyat misli ko‘rilmagan texnik yuksalayotgan 
hozirgi davrda odam boshqarmaydigan axborot texnologiyalari joriy 
etilmoqda, intellektual mulk(robot)lar sohiblari, aholiga ijtimoiy xizmat 
ko‘rsatish tizimiga singib ketadigan ishchi kuchi ajralib chiqmoqda. 
Taxminiy hisoblarga ko‘ra, hozirgi vaqtda AQSHda yollanma ishchi 
bo‘lib ishlaydiganlarning deyarli 15 foizi oila, ta’lim, sog‘liqni saqlash, 
qariyalar, ruhiy kasallar, bolalarga yordam berish singari amaliy 
ishlarda, axloq tuzatish muassasalarida ish bilan ta’minlangan
7

Bu ijtimoiy ishga kirish ixtisosligiga eng umumiy yondashishdir. U 
tegishli sohadagi xodim turli sohalarda zarur bilimga ega bo‘lishini talab 
qiladi. U yordam so‘rab murojaat qiladigan odamlar haqida tasavvurga 
ega bo‘lishi, foydalanilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar va 
muassasalarni, 
amaldagi 
milliy 
qonunchilikni, 
moliyalashtirish 
manbalarini, ushbu sohada faoliyat olib boradigan boshqa mutaxassislar 
faoliyatini va bunday holatlarda ko‘rsatiladigan xizmatlarni bilishi 
kerak. 
Ijtimoiy ish xodimlari professional kasb xodimlari sifatida keng 
doiradagi muammolarga duch kelmoqda. Alkogolizm, mulkchilik 
huquqlarining buzilishi, bolalarga zo‘ravonlik (yomon muomalada 
bo‘lish), oilalar inqirozi, ruhiy va jismoniy kasalliklar, jamiyatdan 
begonalashish shular jumlasidandir. Ushbu muammolarni bartaraf etish 
uchun ijtimoiy ish xodimlaridan bugungi zamon chuqur va maxsus 
darajadagi oliy ta’lim tayyorgarligini talab qiladi. Ijtimoiy ish xodimlari 
tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘libgina qolmay, balki kasbga doir 
7
Русин Т. Профессия социального работника в США. В кн.: Гендерный калейдоскоп. - М.: 
Академия, 2002. С. 504-505. 


17 
axloqiy normalar va tamoyillarga rioya qilishga shaxsan tayyor 
bo‘lishlari zarur. 
Bularning barchasi bo‘lg‘usi ijtimoiy ish xodimlarining bevosita 
faoliyatida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga erishishlari uchun 
hamda ishlayotgan ijtimoiy ish xodilarining malakasini oshirishi uchun 
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olishari va o‘qitilishida 
qabul qilish kvotalari sonini ko‘paytirishni talab qiladi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling