Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
48 3-MAVZU: IJTIMOIY ISH SOHASINING NAZARIY ASOSLARI Reja: 3.1. Ijtimoiy ish sohasining nazariy asoslari. 3.2. Ijtimoiy ish nazariyasining tadqiqot usullari. Ijtimoiy ish sohasining nazariy asoslari.Ijtimoiy ish - hamma uchun darkor bo‘lgan ishlar sifatida xodimlarning kasbiy malakasini talab etib, ijtimoiy foydali faoliyat turidir. Ijtimoiy ish kasbining boshqa turdagi xizmatlardan farqli jihatlari quyidagilar hisoblanadi: - ishsizlar uchun maxsus mo‘ljalangan vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratadi; - zarur hollarda bunday ish o‘rinlarini kam sarf qilgan holda sezilarli miqdorda oshirish mumkin; - xodimlar ommaviy tarzda ishdan bo‘shatilgan hollarda ish miqdori va hajmini ham tez oshirishi mumkin; - to‘liq bo‘lmagan ish kunini va moslashuvchan jadvalli ishlarni tashkillashtirish mumkin; - bunday ish o‘rinlarini yaratish mintaqa uchun iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik foydali hisoblanadi; - o‘qishni tugatgan va o‘ziga doimiy ish topa olmagan yoshlar uchun mehnat qilishiga, ish topish bilan joylashish imkonini beradi. Mahalliy boshqaruv idoralari, bandlik xizmatining taklifi va ishtirokida aholi vaqtinchalik bandligini ta’minlash maqsadida haq to‘lanadigan ijtimoiy ishlarni korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, xususiy korxonalarda, bitimlar asosida boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarda tashkillashtiradi. Ijtimoiy ishda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi, bunday bitim tuzishga ustuvor huquqdan ishsizlik bo‘yicha moddiy yordam olmaydigan ishsiz fuqarolar foydalanadi. Ijtimoiy ishda band fuqarolar amalda bajaradigan ishiga haq oladi, lekin qonun hujjatlarida belgilangan ish haqidan kam bo‘lmaydi. Ijtimoiy ishni moliyalash qaysi korxona, muassasa, tashkilot uchun bajarayotgan bo‘lsa, shular tomonidan, shuningdek, mahalliy byudjet 49 hisobidan va bandlik jamg‘armasi mablag‘i hisobidan moliyalashtirilib, mijoz to‘liq qanoatlantiriladi. Ijtimoiy ish sohasining nazariy asoslari deyilganda: 1) inson, olam haqidagi obyektiv bilimlarni ishlab chiqish, to‘plash va tizimlashtirish bo‘yicha inson faoliyati sohasi; 2) tarixan rivojlanayotgan bilimlar majmui; 3)ijtimoiy institut, uning doirasida ilmiy bilim tarmoqlari rivojlanadi; 4) ijtimoiy ong shakllaridan biri; 5) bilimning ayrim tarmog‘i kabilar tushuniladi. Ijtimoiy ish sohasi mavjud olam hodisalari va qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarni ishlab chiqadi. Nazariy va empirik bilim tarzida tashkillashtiradi. Ijtimoiy ongning boshqa shakllarida Ijtimoiy ish sohasi hayotni aks ettirish turlari obyektivligi, ya’ni bilimning nisbatan chinligi, uning aniq maqsadga erishishga yo‘naltirilgan vositaligi, samaralilik tushunchasini umumlashtirish bilan bir-biridan farqlanadi. Ijtimoiy institut sifatida Ijtimoiy ish sohasi nisbatan muxtor ilmiy uyushmada qatnashuvchilarni birlashtirishni ko‘zda tutuvchi birgalikdagi mehnat shaklidan iborat bo‘ladi. Ma’lumki, muayyan sohada zarur vakolatga ega va yangi bilim yaratish jarayonida qatnashuvchi shaxslar majmui ilmiy jamiyat deb ataladi. Ular qandaydir muammoviy sohani ishlab chiqadi va fanning ijtimoiy boshlang‘ich hujayrasi hisoblanadi, o‘z a’zolari faoliyatini me’yoriy nazorat qiladi, hozirgi kunda dolzarb hisoblangan, muhim va yechish mumkin bo‘lgan muammolar doirasini belgilaydi. Uning vositasida ilmiy faoliyat yuzaga chiqariladi, tadqiqotchilarning yangi avlodi tayyorlanadi. Ijtimoiy ish sohasi nazariy va amaliy tadqiqotlarga ajraladi. Nazariy izlanishlarga chin va ijodiy asoslangan bilimlarni olish uchun ko‘rsatmalar xos bo‘lsa, amaliysi uchun samara va natija xosdir. Fanning qismlanishi - uning tabiiy, texnik, ijtimoiy (ijtimoiy va gumanitar) fanlarga ajralishidir. Bu guruhlar o‘zaro anglash qoidalari va faoliyatni ijtimoiy tashkillashtirish shakllari bilan o‘zaro farqlanadi. Fanni rivojlantirish jarayonida uning maxsus vazifalarini bajarish 50 sohasining kengayishi va shunga muvofiq jamiyat faoliyati majmui boshqa sohalari bilan bog‘liqligi kuchayishi yuz beradi. Asosiylari ichidan madaniy-dunyoviy bilish, kasbiy-ta’limiy va ishlab chiqarish amaliyot funksiyalarini ajratish mumkin. Fanning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi sezilarli ijtimoiy resurslarni, qimmat tushuvchi tajriba uskunalari va boshqalarni talab qiluvchi ommaviy ilmiy faoliyatga o‘tish bilan bog‘liqdir. Masalan, jamiyat va ijtimoiy munosabatlardagi sobiq eski tuzumlarda yuz bergan tanglik shu ittifoqqa kirgan barcha nomiga “tengdosh”respublikalarda fan rivojiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgandan so‘ng bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida fanning rivojiga alohida e’tibor qaratildi. Ijtimoiy ish sohasining inson, ijtimoiy guruh va uni qurshab turgan olamdagi o‘rni haqidagi obyektiv tarixiy va amaliy bilimlarni yaratish, to‘plash va tizimlash bo‘yicha bilimning alohida tarmog‘i. Tarixan ijtimoiy ish sohasining bilim tarmog‘i va ijtimoy institut sifatida XIX asrda yuzaga kelgan. Fanlararo tavsifga egadir. Ijtimoiy ish sohasining nazariy asosini tarix, sotsiologiya, psixologiya,demografiya, tibbiyot, huquqshunoslik, pedagogika, falsafa, etika va estetikaning muayyan qismlari tashkil etadi. Ikkinchi tomondan ijtimoiy ish amaliy tavsifga ega, ayrim fuqarolar va ijtimoiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlash, muhofazalash, tuzatish va tiklash bo‘yicha ijtimoiy ishlar usuli va texnikasini ishlab chiqadi, fanga keng joriy etadi. Ijtimoiy ish sohasining nazariy asoslari (nazariya - qarash)ilmiy bilimning ancha rivojlangan shakli, borliqning muayyan sohasidagi qonuniyatli va sezilarli aloqalarning yaxlit ifodasini beradi. Ijtimoiy ish sohasining nazariy asoslari chin bilimning yaxlit rivojlanayotgan tizimi (har xil unsurlarni o‘z ichiga oladi)ni, u murakkab tuzilishga ega bir qator vazifalarni ham o‘z ichiga oladi. Hozirgi zamon fani metodologiyasida Ijtimoiy ish nazariyasi quyidagi asosiy unsurlari bilan farqlanadi: - boshlang‘ich asoslar - nazariy tushunchalar, tamoyillar, qonuniyatlar, boshqarish, aksiomalar va h.k.; 51 - ideallashtirilgan obyekt - o‘rganilayotgan narsalar ahamiyatli xossalarining abstrakt modeli (masalan, “mutlaq qora jism”, “ideal gaz” va h.); - Ijtimoiy ish nazariyasi mantiqi rasmiy, tayyor bilim tuzilishini oydinlashtirishga qaratiladi va dialektik bilimdagi hukm (kategoriya)lar, qonunlar, tamoyillar va boshqa shakllarning o‘zaro bog‘liqligini tadqiq etishga yo‘naltirilgan; - muayyan Ijtimoiy ish nazariyasi formal va dealektal mantiq tamoyillariga muvofiq keltirib chiqarilgan qonunlar va tasdiqlar majmui; -Ijtimoiy ish nazariyasining asosiy unsuri - qonun, shuning uchun unga o‘rganilayotgan ob’ektning butun yaxlitligi va muayyanligi mohiyatini ifoda etuvchi qonunlar sifatida qaralishi mumkin. Ijtimoiy ish nazariyasining asosiy funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: - sintetik funksiya - ayrim ishonchli bilimlarni yagona, yaxlit tizimga birlashtirish; - tushuntiruvchi - sababiy va boshqa bog‘liqliklarni, muayyan hodisa bog‘likligi xilma-xilligini, uning ahamiyatli tavsiflarini, uning kelib chiqishi va rivojlanishini aniqlash; - metodik - uning barcha shakllarida yangi bilimga erishishning vositasi sifatida; - oldindan aytib berishga qobiliyatlilik, ya’ni oldindan ko‘ra bilish funksiyasi; -amaliylik, zero har qanday Ijtimoiy ish nazariyasining so‘nggi vazifasi - amaliyotga tatbiq etilishdir, mavjud borliqni o‘zgartirish bo‘yicha “harakatga rahbarlik” qilishdir. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling