Mavzu 3: «Ish joylarini tashkil etish va xizmat ko’rsatishni takomillashtirish». Reja
Yakka ishlab chiqarishdagi ish joylari
Download 33.02 Kb.
|
3-MAVZU. MTE
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statsionar ish o’rni
- Ish joylarini oqilona tashkil etish
- 2. Ish joylarini to’g’ri rejalashtirish. Ish joylarin to’g’ri rejalashtirish
Yakka ishlab chiqarishdagi ish joylari ko’p miqdorda xilma-xil opeartsiyalar bajarilishi bilan xarakterlanadi.
Seriyali ishlab chiqarish usuli mehnat jarayonida ish usullarining takrorlanib turishi bilan farq qiladi. Ishlab chiqarishning omaviy usulida har bir ish o’rniga bir-ikkita operatsiyalar biriktirilib qo’yiladi. Ishlarning bajarilish xakarteriga ko’ra ish joylari ikki turli bo’ladi: Statsionar (qo’zg’almas) ish joylari; Ko’chma ish joylari. Statsionar ish o’rni ishchining ish joyi doimiyligi bilan xakarterlanadi. Ko’chma ish o’rni uchun ishning bajarilishiga qarab ishning doimo bir joydan ikkinchi joyga o’tib mehnat qilishi xosdir. Masalan, elektrik va mexaniklarning ishi ko’chma ishlar jumlasiga kiradi. Ishlab chiqarish korxonalarida ish joylarini ratsional tashkil etish ishlab chiqarish samardorligiga ta’sir qiluvchi omillardan biridir. SHuning uchun mehnatni ilmiy asosda tashkil etish tadbirlari ichida ish joylarini ratsional tashkil etishi muhim joyni egallaydi. Ish joylarini oqilona tashkil etish deganda jihozlarning texnik imkoniyatlaridan, ish vaqti va ish kuchidan to’liq foydalanishga, ish sharoitlarini qulay qilishga qaratilgan tadbirlar kompleksi tushuniladi. Ish o’rnini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga rioya etilishi kerak: ish o’rnida zarur jihozlar, texnologik vositalar, yarim tayyor mahsulotlar va materiallar mavjud bo’lishi, jihoz, texnik vositalar va boshqa mehnat predmetlari foydalanish uchun qulay joylashtirilishi ish joylarini zarur materiallar va jihozlar bilan uzluksiz ta’minlab turish, ish o’rni ishchining mehnatini yengillashtiradigan moslamalar bilan ta’minlanishi kerak. Ish joylarini rejalashtirish va normal mehnat sharoitlarini yaratish kompleks tarzda olib borilishi lozim. 2. Ish joylarini to’g’ri rejalashtirish. Ish joylarin to’g’ri rejalashtirish-bu jihozlarni tashkiliy va texnikaviy uskuna va vositalarni, yarim tayyor mahsulot va mahsulot va mahsulot detallarini oqilana joylashtirish, mavjud ishlab chiqarish maydonlaridan tejab foydalanish va normativlarlarga rioya qilish, havfsiz va qulay mehnat sharoitini yaratish demakdir. Ish joylarini rejalashtirishda quyidagicha: tsex (uchastka) maydonlaridan oqilona foydalanish va ish o’rni maydonidan belgilangan normaga muvofiq bo’lishiga. Ish joylarini texnologik jarayonini izchilligiga muvofiq keladigan qilib joylashtirishga, o’rnatilgan uskunalar va jihozlar hajmiga, ish joylarini ishlab chiqarish sharoiti zararli bo’lgan ish joylaridan ajartishga e’tibor berish kerak. TSex maydonida ishchilar mehnat predmetlari bilan uzluksiz ta’minlanish, xodimlar va transport vositalari yuradigan yo’llarning normaga muvofiq eng qisqa bulishi ishlash uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoiti yaratilishi lozim. Jihoz elementlari turadigan muhim bir joy bo’lishi, har bir predmet o’z joyida turishi va unga doimiy joy ajratilishi lozim. Mehnat predmetlari va vositalarining jolashtirilishi mehnat usullari va metodlarining qo’llash uchun qulay sharoit tug’dirmog’i va ish joylarini injenerlik jihatidan ta’minlanmog’i kerak. Ish joylarida ishlab chiqarish jarayonida kerak bo’lmaydigan predmetlarinng turmasligi, jihozlar yoniga tez-tez ishlatiladigan ishchiga yaqin, kam ishlatiladigan uzoqroq qilib joylashtirilishi kerak. Ish joylarini rejalashtirish bilan birga ularning jihozlash ish o’rnini oqiloni tashkil etishning asosiy elementlaridan biridir. Download 33.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling