Мавзу №3 Некроз ваапоптоз. Аъзолардаетишмовчилигининингпатологиканатомияси
Download 1.12 Mb.
|
3 patan javoblar
Bosh miyada ok, infarkt bo'ladi, u tabiatan kollikvatsion nekrozdir. Qon aylanishi sezilarli darajada buzilgan, venoz qon dimlanib turgan sharoitlarda nekrozga uchragan joyga qon shimilishi mumkin, shunda u tabiatan miyaning qizil infarkti ko'rinishiga kira oladi (miyaning qizil yumshashi). Nekroz bo'lgan joyda kistalar yuzaga kelishi mumkin. Miyaning oq infarkti ishemik insult bo'lib hisoblanadi, u serebrovaskulyar kasallikning ko'rinishlaridan biridir.
7. Миокард, мия, ўпка, буйрак, талоқ, ичакинфарктларинингморфологикхусусиятлари. Miokard infarkti oq yoki gemorragik tojli oq infarkt bo'lishi mumkin. Noto'g'ri shaklda bo'lishi bilan ajralib turadi. Ko'proq chap qorinchada va qorinchalar o'rtasidagi to'siqda uchraydi. O'ng qorincha va yurak bo'lmalarida kamroq bo'ladi. Nekroz boshlangan joy qayerdaligiga qarab quyidagilar tafovut qilinadi: 1) subendokardial infarkt (bunda jarayon endokard tagida boshlangan bo'ladi), 2) subepikardial infarkt (nekroz epikard tagida boshlanadi), 3) transmural infarkt (bunda infarkt butun miokard bagrini o'z ichiga olgan bo'ladi). Nekroz bo'lgan joy atrofida reaktiv yallig'lanish boshlanishi munosabati bilan endokardda trombotik, perikardda esa fibrinoz karashlar paydo bo'ladi. Miokard infarkti o'tkir ishemiya kasalligi deb hisoblanadi va ko'pincha gipertoniya kasalligi bilan ateroskleroz mahalida boshlanadi. Bosh miyada ok, infarkt bo'ladi, u tabiatan kollikvatsion nekrozdir. Qon aylanishi sezilarli darajada buzilgan, venoz qon dimlanib turgan sharoitlarda nekrozga uchragan joyga qon shimilishi mumkin, shunda u tabiatan miyaning qizil infarkti ko'rinishiga kira oladi (miyaning qizil yumshashi). Nekroz bo'lgan joyda kistalar yuzaga kelishi mumkin. Miyaning oq infarkti ishemik insult bo'lib hisoblanadi, u serebrovaskulyar kasallikning ko'rinishlaridan biridir. O'pkada ko'pincha gemorragik infarkt bo'ladi. U odatda shaklan asosi plevraga qarab turgan ponaga o'xshaydi, plevrada fibrinoz karashlar paydo bo'ladi. Nekrozga uchragan to'qima zichligi bilan ajralib turadi, donador va to'q qizil rangda bo'ladi. Infarkt atrofida aksari o'pka to'qimasida yallig'lanish boshlanadi (periinfarkt pnevmoniyasi). O'pkaga ko'p qon quyilganida gemorragiya o'chogidagi eritrotsitlar gemolizga uchrashi munosabati bilan gemolitik sariqlik boshlanishi mumkin. Buyraklarda infarkt buyrak arteriyasi tarmoqlari tromboemboliyasi bo'lgan hollarda boshlanadi, bunday trom boemboliya odatda revmatizm, uzoq cho'zilgan septik endokardit, yurakning ishemiya kasalligi, gipertoniya kasalligining asorati o'laroq yuzaga keladi. Buyrakdagi nekroz odatda tabiatdan oq infarkt yoki gemorragik tojli oq infarkt bo'ladi, shakli ponaga o'xshab turadi. Buyrak arteriyasining asosiy tarmog'i tiqilib qolganida buyrakda total yoki subtotal infarkt bo'lishi mumkin va bunday hollar tasvirlangan ham. Buyraklarda po'stlok qatlami nekrozi ham bo'lishi mumkin, organizmda gemodinamika izdan chiqishiga (arterial bosimning keskin pasayib ketishi, gemorragik shok) bog'liq bo'lgan kortikal nekrozlar deb shularni aytiladi. Venoz infarktlar ham bo'lishi mumkin. Talokda oq infarktlar uchraydi, bularning asorati natijasida taloqning kapsulasida reaktiv yallig'lanish boshlanadi (30-rasm). Hosil bo'ladigan fibrinoz karashlar taloq kapsulasi, diafragma, qorin pardasining pariyetal varag'i yoki ichak qovuzloqlari o'rtasida bitishmalar paydo bo'lishiga olib keladi. 8. Апоптоз: таърифи, механизмлари, морфологияси, организм учунаҳамияти. Apoptoz - bu tartibli programmalashtirilgan hujayra oʻlimining bir turi. Apoptoz natijasida hujayra apoptotik tanachalarga boʻlinib ketadi. Apoptotik tanachalar esa tezda (oʻrtacha 90 minut) makrofaglar yoki qoshni hujayralar tomonidan yalligʻlanishga yol qoymay yutib olinadilar. Apoptoz mexanizmi Koʻp hujayrali organizmda apoptoz ikki yil bilan vujudga kelishi mumkin: 1) Tashqi signallar boʻylab. 2) Mitoxondriyaviy signal yoʻl orqali. Umurtqali organizmlarda mitoxondriyaviy signal yoʻl orqali boʻlib oʻtadigan programmalashtirilgan hujayra oʻlimi koʻproq uchraydi. Apoptozning mitoxondriyaviy signal yoʻli hujayra sitoplazmasiga apoptogen oqsillarning chiqishi natijasida boʻlib oʻtadi. Bu ikkita sababdan kelib chiqishi mumkin: 1. mitoxondriyaning membranalari yorilishi va 2. mitoxondriya membranalarining oʻtkazuvchanligini oshib ketishi natijasida. Mitoxondriya membranalarining oʻtkazuvchanligi oshishida apoptotik Bcl-2-oqsillar (Bax va Bak oqsillari) katta ahamiyatga ega. Bcl-2-oqsillar mitoxoxondriya membranalariga oʻtirib sitoplazmaga apoptozda ishtirok etadigan oqsillarni - sitoxrom c, prokaspaza va AIF-flavoproteinlarni - chiqib ketishini taʼminlab beradi. Sitoplazmada sitoxrom c APAF-1 oqsili bilan apoptosoma degan organellani hosil qilishda ishtirok etadi. APAF-1 va sitoxrom c ga prokaspaza-9 oqsili qoʻshilib yetuk apoptosomani hosil qiladi. Apoptosoma sitoplazmadagi kaspaza-9 oqsillarni topib, ularni prokaspaza-3 oqsillari bilan qoshadi va apoptozda ishtirok etadigan tayyor kaspaza-3 oqsilini hosil qiladi. AIF-flavoproteini kaspaza va prokaspaza oqsillaridan aloxida apoptozda ishtirok etadi. Kaspaza-9 hujayra sitoplazmasida kaspazalar kaskadini hosil qiladi. Kaspazalarning asosiy vazifasi hujayrada joylashgan hamma organoidlarni parchalash bilan boʻgʻliq. Kaspazalar yadro membranalarini, sitoskelet oqsillarini, hujayralar oʻrtasidagi boʻlgan birikishlarni buzilishida istirok etadi. Kaspazalarning yana bir muhim vazifalaridan biri - bu apoptozni toʻxtatadigan oqsillarni parchalash dur. Apoptozning ahamiyati Koʻp hujayrali organizmlarda morfogenez, differentsiatsiya, immunitet jarayonlari apoptozsiz sodir boʻla ololmaydi. Organizmda kasal va shikastlangan hujayralarni yoqotishda ham aynan apoptoz mexanizmi ishlatiladi. 9.Некроз ваапоптознингқиёсийкўрсаткичлари. Некроз ваапоптознингструктуравийбелгилари. Турликасалликлардаапоптознинг роли.
10. Ҳужайраларнинг иммунитет орқалипарчаланиши: таърифи, морфологикхусусиятлари. Фагоцитоз: таърифлар, фагоцитикҳужайралар, фагоцитознингмикроскопикнамоёнбўлиши. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling