Мавзу-3 Qizilo‘ngach yot jismlari va kuyishi
Qizilo‘ngach strikturalari
Download 20.86 Kb.
|
4. Мавзу 3.Qizilo‘ngach yot jismlari va kuyishi
Qizilo‘ngach strikturalari. Gastroezofageal reflyuks (oshqozon-qizilo‘ngach teskari oqishi), kimyoviy kuyishlar va anastomoz (birikish) sohasida chandiqlar, bezarar stenoz (torayish) sabablari bo‘lgan bolalarda bo‘lishi mumkin (3.6-rasm).
Anastomotik (Birikish) strikturalar ba’zan gastroezofageal reflyuks (oshqozon-qizilo‘ngach teskari oqishi) bilan keskinlashadi. Shu sababli, aksar holatlarda davolash nafaqat berkilishniartaraf etish bartaraf etish, balki gastroezofageal reflyuksni (oshqozon-qizilo‘ngach teskari oqishini) yo‘qotish usuli bilan uning qaytalanishi haqida ogohlantirishdan iborat bo‘lishi kerak.
Anastomoz (Birikish) sohasida siqilish, odatda, uzunligi bo‘yicha kichik, bu vaqtda esa kuyish bilan yuzaga kelgan stenoz (torayish)lar qizilo‘ngachni sezilarli uzunlikda egallab olishi mumkin. Qizilo‘ngach peptik ovqat hazm qiluvchi strikturalari (torayish), odatda, uning pastki uchdan birida joylashadi, ularning uzunligi kichik, shunga qaramasdan ular juda qiyin davolanadi. Qizilo‘ngach stenozlari ko‘p vaqtlardan buyon ma’lum, ularning bujlash bilan davolanishi esa juda qiziqarli tarixga ega. Sirkulyar strikturalar dilatatsiyasi (Charxsimon qisilishning kengayishi), odatda, chandiqli to‘qimani «uzishga» yo‘naltirilgan va agar bujlash triamsinolonning mahalliy inyeksiyasi bilan amalga oshirilsa, ta’sir yaqqol seziladi. Hozirgi kunda qo‘llaniladigan dilatatsiya (kengayish) usullari turlicha. Bu, birinchi navbatda, Tucker kengaytiruvchilari kiritiladigan simlarning o‘tkazilishi, shuningdek, simobli to‘ldiruvchiga ega Hurst bujlaridan, ip va simlari, simli o‘tkazgichga ega Savary kengaytiruvchisi va nihoyat, eng zamonaviy ballonli kengaytiruvchilardan foydalaniladi. Bujlar bilan tangensial kengayish uslubi bilan ballonlar bilan radial bujlashni taqqoslaganda (ham keskinlashuvlar, ham alohida natijalarni nisbati bo‘yicha), ikkinchi usul (ballonli bujlash) ancha xavfsiz va samarali sanalib ko‘proq tarafdorlarga ega bo‘ladi. Qizilo‘ngach atreziyasiga qo‘yilgan anastomoz zonasidagi strikturalardan tashqari siqilish, shuningdek, yo‘g‘on ichakning ulangan transplantatining har qanday uchida hosil bo‘lishi mumkin. Garchi ayrim holatlarda bunday stenozlarning bujlanishi samarali bo‘lsa-da, lekin, ko‘pincha oshqozon ichidagi nordon reflyuksi tufayli bunday strituralar (torayish) muammosi ko‘p yillar davomida o‘ta jiddiyligicha qoladi va takroriy bujlashni talab qiladi. Qizilo‘ngach distal (ustki) qismining peptik stenozlari reflyuks-ezofagit (qizilo‘ngach yallig‘lanishidagi qusiq)ni bujlanishi va konservativ (operatsiyasiz) terapiya bilan muvaffaqiyatli davolanadi. Biroq davolash bilan shug‘ullanuvchi ko‘pchilik jarrohlar, bu kombinatsiya (uyg‘unlik) (peptik stenoz -f- reflyuks-ezofagit)ni fundoplikatsiya dilatatsiyasi (kengaytirish) bilan to‘ldirishadi, bu reflyuks yo‘qolishiga olib keladi. Agar fundoplikatsiya (dilatatsiya bilan birga) va qizilo‘ngachning asosiy plastikasi (moslik) samaradorligini taqqoslasak, unda fundoplikatsiya natijalari yaxshiroq va keyingi asoratlar miqdorining kamligi ma’lum bo‘ladi. Download 20.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling