Мавзу-3 Qizilo‘ngach yot jismlari va kuyishi


Download 20.86 Kb.
bet3/6
Sana23.03.2023
Hajmi20.86 Kb.
#1288707
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. Мавзу 3.Qizilo‘ngach yot jismlari va kuyishi

Qizilo‘ngach kuyishi. Bolalik yoshida qizilo‘ngach kuyushlari konsentrlangan (to‘yingan) kislota va ishqor qorishmalarini yutish natijasida hosil bo‘ladi. Ko‘pincha 1–3 yoshdagi bolalar aziyat chekishadi. Kattalardan farqli o‘laroq, bolalar kuydiradigan moddalarni katta miqdorda kam hollarda yutishadi, bu nafaqat zaharlanish, balki qizilo‘ngach va oshqozon kuyishiga olib keladi. Qizilo‘ngachning chandiqli torayishi muammoga aylanadi. Qaynoq suv yoki kaliy permanganat kristallari bilan kuyishlar, ko‘pincha og‘iz-hiqildoq va qizilo‘ngach yuqori bo‘limlari kuyishiga olib keladi, lekin bunda stenoz (torayish)lar kamdan kam rivojlanadi. Aksariyat og‘ir kuyishlar konsentrlangan (to‘yingan) kislota (uksus, sulfat, azot, tuz) va ishqor qorishmalarni (kaustik soda, akkumulyator suyuqligi) yutish tufayli bo‘ladi. Bunday kuyishlarni davolash katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi va hatto to‘g‘ri o‘tkaziladigan terapiyalarda ham doimo qizilo‘ngachning chandiqli torayishidan qochib bo‘lmaydi.
Qizilo‘ngach kuyishlarining klassifikatsiyasi:
I daraja (yengil) – shish va giperemiya (qon quyilish) bilan namoyon bo‘ladigan shilliqning katar yallig‘lanishi bilan xarakterlanadi (3.5-rasm). Epiteliyning sirtqi qatlamlari shikastlanadi. Shish va giperemiya (qon quyilish) 3–4 sutkaga kupirlanadi (to‘xtatiladi), kuygan sirtning epitalizatsiyasi olingan jarohatdan so‘ng 1-hafta oxirida yakunlanadi.
II daraja (o‘rta og‘irlikda) – shilliqning ancha chuqur shikastlanishi, uning epitelial qoplamasi nekrozi va qo‘pol bo‘lmagan, yengil yechiladigan fibroz qoplamalari darajasi hosilalari bilan kuzatiladi.







Ko‘pincha jarohatlarning bu darajasi kislota va to‘yinmagan ishqorlar bilan kuyishda ro‘y beradi. Kuygan sirtning tuzalishi va to‘liq epitelizatsiya kamdan kam holatlarda stenoz (torayish)ga olib keladigan kichkina chandiqlar hosil bo‘lishi bilan 2–3 hafta davomida sodir bo‘ladi.
III daraja (o‘g‘ir) – ishqor va to‘yingan kislotalar bilan kuyishda rivojlanadi va shilliq, shilliq osti qatlam, ko‘pincha qo‘pol, uzoq saqlanadigan (2–3 haftadan ko‘p) fibroz qoplama va qo‘tirlar hosil bo‘lishi bilan qizilo‘ngach mushak devorchasi nekrozi bilan namoyon bo‘ladi (3.7–3.8-rasmlar). Ular bitmaganida qizilo‘ngach teshigini chandiqli torayishiga olib keluvchi granulyatsiyalar (etli o‘simtalar) bilan to‘ladigan yaralar paydo bo‘ladi.










Download 20.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling