Мавзу-3 Qizilo‘ngach yot jismlari va kuyishi
Qizilo‘ngach kuyishlarini davolanishi
Download 20.86 Kb.
|
4. Мавзу 3.Qizilo‘ngach yot jismlari va kuyishi
Qizilo‘ngach kuyishlarini davolanishi bolaning boqilishi va qusishning chaqirilishi yoki oshqozonning nay orqali yuvilishi bilan boshlashadi. Bunda oshqozon yuvilishi qancha erta va to‘liqroq o‘tkazilgan bo‘lsa, zaharlanish yoki qizilo‘ngach og‘ir kuyishi rivojlanishining xavfi shuncha kam bo‘ladi. Kaliy permanganat kristallari askorbin kislota qorishmasida namlangan tampon bilan olib tashlanishi kerak.
Ifodalangan disgafiya holatlari va og‘riqlarda bolaga narkotik analgetik, antipiretiklargacha og‘riqsizlantiruvchi belgilashadi. Zaharlanish alomatlari ifodalanganligiga qaramasdan, sorbentlardan foydalangan holda infusion, detoksikatsion terapiyani o‘tkazishadi. Hiqildoq shishishi va nafas yetishmovchiligi holatlarida burun ichida novokain blokadasini amalga oshirishadi, kislorod ingalyatsiyasini belgilashadi, vena ichiga gidrokortizon, kalsiy xloridi qorishmalarini kiritishadi, sedative (og‘riq qoldiruvchi) terapiya o‘tkazishadi. Nafas yetishovchiligini ifodalovchi traxeostomiyadan saqlanish imkonini beradigan burun orqali traxeyaga intubatsiyasi (trubka kiritish) tavsiya etilishi mumkin. Bolaning gidrobalans va samarali ovqatlanishi saqlab turilish uchun oldindan zaytun yog‘i yoki o‘simlik yog‘i, maxsus «dori qorishma» bo‘tqalarni yutgan holda, suyuq ovqatni qabul qilish, nayli ovqatlanish va talabga javob beradigan ingradiyentlarning parenterial (og‘iz orqali) kiritilishi muhim hisoblanadi. Qizilo‘ngach kuyishlarini davolashda qizilo‘ngachning qo‘pol chandiqli qisilishi rivojlanishiga uchramaslik imkonini beradigan qizilo‘ngachning erta profilaktik bujlanishi o‘ta muhim hisoblanadi. A.Yu. Razumovskiy (2005) ma’lumotlariga ko‘ra profilaktik bujlash o‘tkazilganida, bolalik davrida chandiqli torayish kamdan kam holatlarda shakllanadi. Bolalarda profilaktik bujlashni qizilo‘ngachning II va III darajali kuyishlarida o‘tkazishadi va odatda, o‘tkir yallig‘lanish to‘xtashi bilanoq, jarohatdan so‘ng 7–8 kun o‘tib boshlashadi. Bu maqsadda uchi to‘mtoq plastmassali termolabil (issiqlik ta’siriga omonat) bujlardan foydalanishadi. Bunday buj issiq suvda qizdirilganida u o‘q bo‘yicha kuchga qattiqligini saqlagan holda yumshoq va qayishuvchan bo‘ladi. Bujlarni yosh o‘lchamlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq, kichik o‘lchamdagi bujlar qizilo‘ngachning chandiqli qisilishi rivojlanishining oldini olmaydi. Profilaktik bujlash uchun bujlarning yosh o‘lchamlari 1-jadvalda keltirilgan. Bujlash statsionar sharoitlarda (teshilish xavfi), bolani oldindan o‘simlik yog‘i va 1–2 %li lidokain qorishmasi bilan to‘ydirgan holda o‘tkazishadi. Bujlash seanslari soni FEGDS yakunlari bo‘yicha aniqlanadi, odatda, haftasiga 3 marta. To‘liq epitelizatsiya haqida guvohlik qiladigan kuyishning II darajasi bo‘lgan bolalarda 3–4 haftadan keyingi nazorat FEGDS (hammasi bo‘lib 5–6 seans) 2–3 oydan so‘ng endoskopik nazorat bilan bujlashni to‘xtatish uchun asos beradi. 1-jadval Profilaktik bujlash uchun bujlarning yosh o‘lchamlari
Kuyishning o‘g‘ir darajasida 3 martali bujlashni (haftasiga) 3–4 haftagacha va keyinchalik endoskopik nazorat ostida 2–3 oy mobaynida haftasiga 1 marta, keyin 2–3 oy davomida oyiga 2 marta va 6 oy davomida oyiga 1 marta o‘tkazish maqsadga muvofiq (Yu.F. Isakov, 2004). Oshqozonga endoskop o‘tkazish imkonini bermaydigan shilliqda ommaviy (o‘tkir) yallig‘lanish jarayoni va mediastenit alomatlari qizilo‘ngach devorining regidligi (o‘tkazuvchanligi) tufayli aks etgan disfagiya bilan kuzatiladigan qizilo‘ngachning og‘ir kuyishlarida to‘g‘ri bujlashni o‘tkazish mumkin emas. Shuningdek, davolanmagan bolalarda va kuyishdan so‘ng, 4–5 va undan ko‘p haftadan keyin qizilo‘ngach o‘tkazisining buzilishi shikoyatlari bilan kelganlarida, to‘g‘ri bujlashni o‘tkaish noto‘g‘ri va xavfli hisoblanadi. Bunday holatlarda sim-o‘tkazgichda bujlash yoki gastrostomaning shakllanishi va ip bilan bujlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 20.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling