Mavzu: 3ds-max dasturida turli obektlar va jarayonlarni modellashtirish mundarija


Download 0.57 Mb.
bet1/13
Sana17.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1206560
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 DS MAX DASTURI


Mavzu: 3DS-MAX dasturida turli obektlar va jarayonlarni modellashtirish
MUNDARIJA

KIRISH ………………………………………………………………

3










I BOB. 3 DS MAX DASTURI, UNING AHAMIYATI VA UNDA OBYEKTLARNI MODELLASHTIRISH …………………..

6













    1. 3 ds Max dasturi, uning ahamiyati va muammolari. ………………………………………………………………………

6





    1. 3 ds Max dasturi va uning taxlili, unda turli obyektlarni modellashtirish………........................................................................

14











II BOB. UCH O'LCHAMLI GRAFIK OBYEKTLARNI KO'RSATISH USULLARI VA ALGORITMLARI……………….



21













2.1. Uch o'lchovli grafikada obektlarni modellashtirish ……………

21




2.2. Uch o’lchamli grafik obyektlarni ko'rish usullari..

30










XULOSA………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………..

44

45


Kirish
Bu - hayot sinovlarida toblangan,
so’zida qat’iy turadigan ishining ko’zini biladigan,
mehnatkash,mard va matonatli xalqimizdir.

Respublikamiz maktablari, o’quv yurtlari va muassasalarini kompyuterlashtirish keng yo’lga qo’yilmoqda. Biroq davlat tilida yozilgan va informatika asoslariga doir adabiyotlar yetarli emas. Kam nusxadagi ayrim qo‘llanmalami hisobga olmaganda, bu sohaga oid kitoblar deyarli yo‘q. Bu muammo, tabiiy, mavjud kompyuterlardan samarali foydalanishda, informatikaga va kompyuter grafikasiga oid bilimlarni keng omma orasida yoyishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Ayni paytda shuni tan olish lozimki, programmalashtirishga oid universal — maktab o'quvchisidan aspirantgacha, muhandisdan hisobchigacha ma'qul bo‘ladigan kitob yaratish mushkul. Shuni nazarda tutib, kompyuter grafikasi bilan ish boshlovchilar uchun yetarli ma’lumotlarni o ‘z ichiga olgan ushbu o‘quv qo‘llanma yuqorida aytilgan ehtiyojni ma'lum darajada qondiradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, kompyuter grafikasi bilan ishlashni o ‘rganishni boshlagan foydalanuvchilar ShEHM qurilmalarining tuzilishi bilan tanishmasdan turib o ‘z bilimlarini mustaqil chuqurlashtira olmaydilar. Kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoyillarning matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to‘g‘risidagi fan sifatida qaralishi mumkin. Kompyuter tasvirlariga bo ‘lgan qiziqish ularda juda katta hajmdagi ma’lum otlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo‘lib, ularni tahlil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi. Kompyuter grafikasi mustaqil yo‘nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo‘ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. 0‘sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko‘rinmas chiziqlarni o‘chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, 3 soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo‘nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojiantirishga ya’ni, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo‘naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va obyektlami o‘rganishga qaratildi. Bu yo‘nalish uch o’lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o’lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o’lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishni talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, relyeflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog‘liq masalalarning paydo bo’lishi uch o’lchovli grafikaga bo’lgan ehtiyojni yanada oshirdi. 90-yillarda kompyuter grafikasining qo’llanish sohalari ancha kengaydi, ya’ni uni keng tatbiq qilish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Natijada kompyuter grafikasi faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog‘liq bo’lmagan mutaxassislarning ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo ‘nalishlaridan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag’ishlangan. Bu tamoyillarga ko‘ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro‘yxatga olish imkoniyati mavjud bo’lishi kerak. Shunday tasvirlarga ehtiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo‘ldi. E H M lar funksional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta’minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling