Mavzu: 3ds max uch o‘lchamli dasturning interfeysi


Download 27.43 Kb.
Sana22.11.2023
Hajmi27.43 Kb.
#1794195
Bog'liq
Amaliyot 9


Mavzu: 3DS Max uch o‘lchamli dasturning interfeysi va uning tarkibida ishlash Reja
1.Uch o‘lchamli modellashtirishning asosiy tushunchalari.
2. 3DS max interfeysi
3. 3DS Max uch o‘lchamli dasturning interfeysi va uning tarkibida ishlash

3DS max interfeysi
Bugungi kun talablari va zamonaviy sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda, “3D modellashtirish va raqamli animatsiya” fani ko‘pgina sohalar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ushbu sohalardagi jarayonlarning kechishini bevosita uch o‘lchovli modellarni qurish va ularni animatsiya ko‘rinishida kuzatuvchilarga taqdim etishlar sababli unga bo‘lgan talab tobora o‘shib borayotganligini kuzatish mumkin.
Ma’lumki, axborot almashinuvida insonning ko‘rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan, tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi. Ammo axborot almashinuvi nafaqat so‘zlar va tovushlar, balki tasvirlar, ranglar, shakllar va dinamik harakatlar bilan ham amalga oshiriladi. Buning yorqin dalili ommaviy axborot vositasi bo‘lgan televideniya orqali uzatilayotgan turli xildagi kinolar, multfilmlar, kliplar va boshqa ijtimoiy-madaniy ko‘rsatuvlar uchun uch o‘lchovli kompyuter dasturlari muhitida yaratilgan sahna va personajlar, ularning harakatlarini keltirishimiz mumkin. Shuningdek, ko‘pgina ilmiy tadqiqot obyektlari ustida ish olib borish va olinadigan natijalar ham kompyuterli modellashtirishlarga asoslanadi. Albatta, ushbu ishlar zamirida yurtimiz iqtisodiyotini ichki va tashqi bozorda yanada mustahkamlash va xalq farovonligi ta’minlash uchun o‘zining intellektual qobiliyatlarini namoyon etadigan yuksak malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash kabi vazifalarga bog‘liq ravishda oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati va moddiy-texnik ta’minlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2011 yil 20 maydagi PQ–1533-son qarori hamda “Axborotkommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yana takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013 yil 26 5 martdagi PQ–1942-son qarori, shuningdek, “2011–2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash Dasturi” oliy ta’lim sohasida qator yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatish va ta’lim mazmunini takomillashtirishni talab etdi. Jumladan, o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni lingafon kabinetlari hamda ulardagi ilmiy asbob-uskunlari, jihozlari zamon talabiga mos ravishda yangilanishini jadallashtirish, fanning eng ilg‘or yutuqlari bilan boyitilgan o‘quv adabiyotlari, zamonaviy kompyuter texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari bilan ta’minlash, axborot resurs markazlarining avtomatlashtirilishi va Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyatini yaratish kabi vazifalar belgilangan. Hozirgi kunda ushbu vazifalarga bog‘liq ravishda respublikada zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida yangi o‘quv adabiyotlarni yaratish, axborot resurs markazlariga joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilayotganini ko‘rish mumkin.
3D Studio MAX uch o’lchovli modellashtirish va ko’rgazmali namoyish qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori
sifatli animasiya va uch o’lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o’lchovli va uch o’lchovli ob’yektlarni qo’llashingiz mumkin.
Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma’lum fanlar
bo’yicha ko’rgazmali dasturlar tuzish mumkin.
3D Studio MAX da ob’yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda
kursor shakli o’zgaradi. Sichqoncha yordamida ob’yektning o’lchovlarini berasiz.
Yaratilgan ob’yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va
yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin.
Ob’yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan
shaffof yoki g’adir-budir sirt berishingiz mumkin bo’ladi.
Qurish maydonida yaratilgan ob’yektlarni harakatlantirib, kichik animasiya
hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animasiya} tugmasini bosib, kadrlarni
o’zgartirgan holda ob’yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So’ngra
animasiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib,
animasiya hosil bo’ladi. Bu yaratilgan animasiyani fayl ko’rinishida komp’yuter
xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o’qiy oladigan dastur yordamida
o’qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi.
1.2. Foydalanuvchi interfeysi haqida ma’lumot
Birinchi navbatda siz 3 Ds Max dasturini ishga tushirganda uning asosiy
ekraniga ko’zingiz tushishi mumkin. Agar siz yangi foydalanuvchi interfeys ini
bilmaydigan bo’lsangiz, unda dastlab qurilmalarini ko’rib chiqishingiz hamda
ular bilan atroflicha tanishishingiz lozim.
Siz interfeysning dastur elementlardan tashkil topganligini, ya’ni, bir xil turdagi buyruqlarni guruhlanganligini ko’ring va ishonch hosil qiling. Masalan, o’z
vaqtida ob’yektlar holatini sozlash va boshqarishni amalga oshirish
tugmachasi jamlanmasi yordamida animasiyani amalga oshirish jarayonini
boshqarish vositasi. Dastur ekranini shartli tarzdi beshta asosiy elementlarga
ajratish mumkin:

Main menu (Bosh menyu). Dastur ekranining yuqori qismda joylashgan va bu
menyu 3 Ds Max dasturiga asosiy buyruqlar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi. Barcha buyruqlar menyusi toifalar bo’yicha birlashtirilgan. Dastur ishga tushirilganidan so’ng 3Ds Max grafik redaktorning ishchi oynasi ochiladi. Bosh menu
quyidagi meny bandlaridan iboratdir File (Файл), Edit (Правка)-tahrirlash, Tools
(Сервиc), Group,Views, Great (Создать)-yaratish, Modifiers, Animation,
GrafEditor, Rendering (Визуализация)-vizuallash, Customize, MAXScript,
Help(Помощь)-yordam.
 Main Toolbar (Qurilmalar bosh paneli).Odatda u bosh menyu ostida joylashadi, ammo “suzuvchi” panel ko’rinishida aks ettirilishi yoki ekranning boshqa
joyida joylashishi ham mumkin. Toifalar bo’yicha ajratilgan, to’plam bilan bir ga qurilmalar tarkibida joylashgan yoki yakka bo’lishi mumkin. Dastur amallari
va qo’llanuvchi buyruqlar tezkor murojaatlar tugmachasidan tashkil topadi.
 Viewports (proyeksiya ekrani) ekranning markazida joylashgan va uning
katta qismini egallaydi. To’rtta ajratilgan ko’rinishda devor proyeksiyasi - yuqori
Tor (yuqori), yonbosh Left (chap), to’g’risidan yo’naltirilgan Front ( ro’parasidan)
va kelajakda rivojlanishni ko’zda tutadigan Perspective (istiqbolli).
 Command Panel (buyruqlar paneli). Odatda ekran proyeksiyasining o’ng
tomonida joylashgan. Bu panel oltita to’plamdan tashkil topgan va devor
ob’yektlarini modefikasiyalash va tashkil etish bo’yicha amallarning
bajarilishini ta’minlaydi. Har bir to’plam ob’yektlarni sozlovchi sivatkadan
tashkil topgan.
 Lover Interface Bar (Interfeysning quyi qatori) Dastur oynasining quyi qismida joylashgan. Turli maydon va tugmachalardan tashkil topgan, uning tarkibiga maydonning aks etish holati va ma’lumotnoma (spravochnik) kiradi, shu
bilan birga animasiyalarni qayta tiklash va boshqaruv oynasi proyeksiyasi uchun
tugmalar to’plami ham mavjud.

Dastlab, ishni 3Ds Max dasturini atroflicha o’rganib chiqishdan boshlasak, avval dastur yordamida ob’yekt ko’rinishda asosiy maqbul ishlarni amalga


oshirish: sodda primitivlarini tuzish, ob’yektlarni belgilash, ularning bir-biriga
o’zaro tekislash, proyeksiya oynasidagi aks etish holati va joylashishi, ularni
o’zgarti-rish, ma’lum masshtabga keltirish, o’zgartirish va aylantirish mumkin.
Bu oddiy amallar 3Ds Max dasturining keyingi asosiy faoliyatiga xizmat qiladi.
Haqiqiy hayotda juda ko’p ob’yektlar o’zida oddiy uch o’lchovli qo’llan malar amallarini o’zida aks ettirgan. Masalan, stol parallelpipeddan tash kil topgan,
stol lampasi esa – silindr va yarim shakldan, avtomobil balloni esa – boshqa
yuqoridagilarga o’xshamagan shakllardan tashkil topgan. Katta va kichik daraja dagi barcha ko’rgazmalarda amalda uch o’lchovli virtual joylashuv shartlari
qo’llanilib kelinmoqda. 3 Ds Max dasturi standart ob’yektlari o’zida “qurilish
materiallar”ini tashkil etgani uchun ular yordamida turli ko’rinishlar tashkil etishga
ko’maklashadi
Fan o’qituvchsi T.Xudayarov
Download 27.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling