Mavzu-4: Sanoat robotlarining oʻzgarmas tok elektr yuritmaadri. Reja
Download 448.13 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu
Mavzu-4: Sanoat robotlarining oʻzgarmas tok elektr yuritmaadri. Reja: 4.1. Oʻzgarmas tok elektr yuritmaning tuzilishi va ishlash asoslari. 4.2. Sanoat robotlarida qoʻllaniladigan oʻzgarmas tok motorlari. Tayanch soʻz va iboralar Sanoat robotlarining elektr yuritmalariga qoʻyiladigan talablar, tezlik boʻyicha rostlash, oʻzgarmas quvvatli tezlikni rostlash, momentli tezlikni rostlash, yuqori oʻzgarmas sifatli oʻtish jarayonlari, qurilmaning yuqori ishonchliligini eyu tarkibi. Umumiy maʻlumotlari: Texnologik jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirishdagi istiqlolli yoʻnalishlardan biri oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tokda ishlaydigan komplekt elektr yuritmalar (KEYu) ni loyixalash va ishlab chiqarishdir. Ular xarakteristikalari va parametrlari jixatidan loyixalanayotgan konstruktsiyalanayotgan va tayyorlanayotgan paytdayoq, yaʻni buyutmachiga yetkazib berilishidan oldin, komplekt tarkibiga kiruvchi barcha funktsional elementlardan tashkil topgan rostlanuvchi elektr yuritmadan iborat. Elektr yuritmalar borgan sari sanoatning koʻpchiligidan, yaʻni dastgoxsozlik, qogʻoz ishlab chiqarish, metallurgiya, mashinasozlik va boshqa soxalarda keng qoʻllanilmoqda. Komplekt elektr yuritmalarning bunday keng koʻlamda qoʻllanilishiga sabab ularni loyixalash va tayyorlashda, nisbatan kam mehnat sarflanishida, elektromontaj va sozlash ishlariga qisqa vaqt talab qilishida, ekspluatatsiya qulayligidadir. «Elektr yuritmalar» fani oliy oʻquv yurtlarida oʻqitilishiga moʻljallangan boʻlib, maʻlum darajada umummuxandis fani xisoblanadi, yuqori malakali texnik xodimlar yetishtirishda muxim rol oʻynaydi. Bu fanning asosiy maqsadi, oʻzgarmas tokli, oʻzgaruvchan tokli elektr yuritmaning tranzistorli, tiristorli elektr yuritmasi haqida umumiy maʻlumotlar, ishlash printsiplari xamda, keng rostlanadigan va tezkor elektr yuritmalar uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish uslubiyoti oʻrganiladi. «Elektr yuritmalar» fani talabalar tomonidan quyidagi fanlar oʻqitilgandan soʻng oʻrganiladi: oliy matematika, fizika, elektr yuritma asoslari elektrotexnikaning nazariy asoslari, sanoat elektroni-kasi, elektr oʻlchash, elektr mashinalari. Bu kurs talabalarni malakali mutaxassis boʻlish uchun chuqur bilim olishiga xizmat qiladi. Download 448.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling