Mavzu-4: Sanoat robotlarining oʻzgarmas tok elektr yuritmaadri. Reja
Oʻzgarmas tokli elektr yuritmalari
Download 448.13 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu
Oʻzgarmas tokli elektr yuritmalari:
Uzgarmas tokli dvigatel yakori va qoʻzgʻatish choʻlgʻamini taʻminlovchi tristorli oʻzgartgich; kuch transformatori yoki reaktor; silliqlovchi reaktor; kommutatsion va himoya apparaturasi (avtomatik uzgichlar, chiziqli kontaktorlar, rubilniklar); dinamik tormozlash qurilmasi (zarur boʻlsa); elektr yuritmani boshqarish sxemasi; taxogeneratorning qoʻzgʻatish choʻlgʻamini va elektromagnit choʻlgʻamini taʻminlovchi blok; yuqori kuchlanishli kirish shkafi (kerak boʻlsa) va nazorat qilish uchun apparatlar, priborlar va qurilmalar komplekti. Ishchi mashinalar va mexanizmlarning texnologik parametlar datchigi, shuningdek, boshqaruv pultiga oʻrnatiladigan boshqaruv va signal beruvchi qurilmalar spetsifik boʻlgan uchun odatda komplekt tarkibiga kiritilmaydi. Elektrotexnika sanoatida oʻzgarmas tokli eYu larning bir nechta seriyasi ishlab chiqariladi. TEU seriasidagi komplekt elektr yuritmalar keng spektrli funktsional imkoniyatlarga ega. Ular bir va koʻp dvigatelli variantlarda reversiv va noreversiv koʻrinishida dinamik tormozlanishli va tormozlashsiz ishlab chiqariladi. Quvvati 2000 kVt-gacha boʻlgan elektr yuritmalar tezlik, xolat, YuK, quvvat va choʻzilishni rostlaydi, quvvat 12000kVt gacha boʻlgan yuritmalar esa faqat tezlikni va quvvatni rostlaydi. Bu eYu larning asosida maxsus xarakteristikalarga ega boʻlgan elektr yuritmalar ishlab chiqarilishi mumkin. EKT va KTE seriasidagi quvvat 2000 va 1000 kVt gacha boʻlgan komplekt elektr yuritmalar xam taʻminan KTEU seriyasi kabi funktsional imkoniyatlarga ega boʻlib, ularning aloxida bloklari toʻplami va koʻrinishi jixatidan farqlanadi. eYu larning koʻpchilik guruxi stanok mexanizmlari, robotlar manipulyatorlar va boshqa shunga oʻxshash ishchi mashina va mexanizmlarning yuritmasi uchun loyixalangan va keng qoʻllamda qoʻllaniladi. Dvigatellarda qoʻshimcha oʻrnatilgan taxogeneratorlar mavjud, ularning yordamida tezlik boʻyicha teskari aloqa oʻrnatiladi. eYu larning bu tarkibiga taxogeneratorli dvigateldan tashqari kuch oʻzgartgich, boshqaruv qurilmasi, avtomatik uzgich, taʻminlovchi transformator, silliqlovchi reaktor, ximoya va signalizatsiya apparatlari kiradi. Download 448.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling