Mavzu №4. Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar. Yer: joylashishi va undan ko‘p maqsadli foydalanish


Yerlarni himoya qilish vositalari


Download 48.55 Kb.
bet10/10
Sana08.11.2023
Hajmi48.55 Kb.
#1756767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar. Qattiq s-azkurs.org

8.3. Yerlarni himoya qilish vositalari
Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida jadal chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va islohotlarning amaliyotga keng tatbiq etilishi, xususan, yer resurslaridan samarali foydalanish tamoyillariga alohida e’tibor qaratilishi o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bu borada mavjud sug‘oriladigan va lalmi yerlardan unumli foydalanish, ularning unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish, ularni muhofaza qilishni ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirishga qaratilgan bir qator qonun, farmon va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqarish tatbiq qilingan.
Davlatimiz tomonidan “Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlar, “Yer monitoringi” to‘g‘risidagi nizom hamda “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonning qabul qilinishi qishloq xo‘jaligida qator islohotlarni amalga oshirishda to‘la huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat Yer kadastri” 1998-yilning 28-avgustida qabul qilingan bo‘lib, mazkur qonunning maqsadi davlat yer kadastri yuritishning, iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlarini ta’minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat.
Davlat yer kadastri. Davlat yer kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy tartibi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.
Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
 mamlakatning butun hududini to‘la qamrab olish;
 fazoviy koordinatlarning yagona tizimini qo‘llash;
 yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi;
 yer kadastriga doir axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi.
O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 14-moddasida Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat ekanligi ta’kidlangan.
Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda 8% sug‘oriladigan yerlar irrigatsion eroziyaga moyildir. Sug‘oriladigan yerlarning 15 %i tuproq ko‘chishiga moyil. Buning sababi sug‘orish kanallarining o‘pirilishi hamda sath qiyaligi muhim bo‘lgan dashtlarda boshqa tartibsiz yo‘nalishli irrigatsion suvlarning kelishidir.
http://azkurs.org
Download 48.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling