Mavzu №4. Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar. Yer: joylashishi va undan ko‘p maqsadli foydalanish


Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar


Download 48.55 Kb.
bet7/10
Sana08.11.2023
Hajmi48.55 Kb.
#1756767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar. Qattiq s-azkurs.org

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar respublikamizning yagona yer fondida eng asosiy o‘rin tutadi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududining 46,10 foizini egallagan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida asosiy vosita hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi.
Aholi punktlarining yerlari. Aholi punktlarining yerlari ma’muriy-hududiy birlik bo‘lib, davlat yer fondining barcha toifalaridan o‘ziga xos xususiyatlari, huquqiy holati, foydalanishning asosiy maqsadiga ko‘ra ajralib turadi, ularga shu maqsadlar uchun qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan shahar (posyolka) va qishloq aholi punktlari kiritilgan.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar. Bunday yerlar jumlasiga sanoat tarmoqlari obyektlari, ishlab chiqarish korxonalari, shu jumladan tog‘-kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan, temiryo‘l, ichki suv transporti, aloqa-kommunikatsiya liniyalari hamda ularga tegishli inshootlar, radioeshittirish, televideniye, axborot muassasalari va tashkilotlari joylashgan hamda ichki ishlar va mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlar, shuningdek, boshqa maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar. Davlat qo‘riqxonalari, milliy tarixiy-tabiiy va yodgorlik bog‘lari, davlat buyrtmaxonalar, tabiat yodgorliklari, dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolanish omillariga ega bo‘lgan yerlar, shuningdek, ommaviy dam olish va turizm uchun foydalanishga berilgan yer uchastkalari kiradi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar. Respublikamiz tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarga boy bo‘lib, ular jumlasiga, asosan, tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, tarixiy insonlarning haykal va byustlari qo‘yilgan memorial bog‘lar, ziyoratgohlar va mozorlar, arxeologiya, tarixiy va madaniy yodgorliklar, tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.

Download 48.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling