Маvzu №4 Xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot tizimida tutgan maqomi, uyg‘unligi va ziddiyatlari


Dorivor o’simliklarning insonlar xayotidagi ahamiyati


Download 0.68 Mb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1153780
1   2   3   4
Bog'liq
халк табобатимаъруза 1курс4 маъруза

Dorivor o’simliklarning insonlar xayotidagi ahamiyati


Еr qurrasida 500 mingdan оrtiq o’simlik turlari mavjud bo’lib, insonlar kundalik hayatiy faoliyatlarida ularning 6000 turidan foydalanadilar. Shulardan 10-12 ming turi dorivor o’simliklar bo’lid, 1000 dan ortiq o’simlik turlarining kimyoviy tarkibi, farmakologik va dorivorlik xususiyatlari tekshirilgan.
Oʻzbekiston florasida 700 dan ortiq oʻsimlik dorivorlik xususiyatiga ega boʻlib, koʻpchiligi togʻli hududlarda, ularni xomashyosini tayyorlash qiyin boʻlgan joylarda tarqalgan. Qir, adir, daryo boʻylarida ham keng maydonlarda bir qancha oʻsimlik turlari tarqalgan va ularni sanoat miqyosida tayyorlash imkoniyati mavjud.

Ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o’simliklar

Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar orasida huquqiy xujjat xisoblangan Davlat farmakopeyasi kitobida organizm uchun muhim dorivor maxsulot olinadigan dorivor o’simliklarning aniq soni va to’liq tavsifi keltirilgan. Xozirda Rossiya Davlat farmakopeyasi XII-DF ga 200 tur muhim dorivor o’simliklar kiritilgan bo’lib ular tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalari turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi .


Marula daraxti mevasi shirasi organimda spirtga aylanib sarmast qiladi. Marula (lot. Sclerocarya birrea) —Janubiy va Garbiy Afrikada o’sadi. Bo’yi 18 metrgasha etadi. Daraxt mevasini asosan xududning bantu qabilasi ist’emol qiladi.

Dorivor oʻsimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan:

  • 1) taʼsir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar,
  • 2) farmakologik koʻrsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, ogʻriqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, marka-ziy nerv sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar.

DORIVOR O’SIMLIKLAR TARKIBIDA UCHRAYDIGAN TA’SIR ETUVCHI MODDALAR 3 GURUXGA BO’LINADI.

  • O’simlik tarkibida asosiy ta’sir etuvchi kimyoviy birikmalari terapevtik ahamiyatga ega bol’sa asosiy ta’sir etuvchi moddalar deb aytiladi tibbiyotda va farmasevtikada ishlatiladi.
  • Osimliklarning ta’sir etuvchi moddalai bilan birga uchraydigan moddalar. Bunday moddalarniing terapevtik ahamiyati bo’lmasada, shifobaxshlik xususiyatini o’zgartirishi xamda organizmga so’rilishini tezlatishi va organizmga kompleks ta’sir ko’rsatishi mumkin.
  • Terapevtik ahamiyati bo’lmagan keraksiz ballast moddalar. Bu moddalar kimyoviy tarkibiga ko’ra xar xil birikmalar bo’lishi (uglevod, smola, efir moyi, yog’, pigment, organik kislota, oqsil, mineral moddalar) mumkin. Ular ma’lum sharoitda terapevtik tasirga ega birikma xisoblansa xam, boshqa o’simlikda ballast modda sifatida uchrashi mumkin.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling