Mavzu: 5-6-sinflarda qo’shiq kuylash va musiqa savodi faoliyati kirish I bob. 5-6 Sinflarda kuylash malakalarini shakllantirish orqali ularni kasbga yo‘naltirish
Download 42.9 Kb.
|
5-6-SINFLARDA QO’SHIQ KUYLASH VA MUSIQA SAVODI FAOLIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. O’QUVCHILARDA VOKAL-XOR MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI……………………………………...22
- XULOSA…………………………………………………………………………29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………...31 KIRISH Mavzuning dolzarbligi
MAVZU: 5-6-SINFLARDA QO’SHIQ KUYLASH VA MUSIQA SAVODI FAOLIYATI KIRISH………………………………………………………………………….…3 I BOB. 5-6 SINFLARDA KUYLASH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH ORQALI ULARNI KASBGA YO‘NALTIRISH………………………………..5 1.1. 5-6-sinflarda qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirish……………………...5 1.2. O’quvchilarda qo’shiq kuylashni o’rgatish metodlari………………………...10 II BOB. O’QUVCHILARDA VOKAL-XOR MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI……………………………………...22 2.1. O’quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishning ahamiyati………….22 2.2. Vokal-xor malakalarini shakllantirishning maqsadi………………………….26 XULOSA…………………………………………………………………………29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………...31 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillika erishgan dastlabki yillardan boshlab, har tomonlama rivojlangan, maʼnaviy va axloqiy salohiyati yuksak barkamol inson tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustivor yoʼnalishlari qatoridan oʼrin olib kelmoqda. Zamonaviy jarayonda o‘tmish an’analariga yangicha qarash, ilg‘or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, ya’ni insonlarni ruhiy hamda ma’naviy tarbiyasiga asos bo‘la oladigan omil sifatida qaraladi. O‘quv-ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida bunga e’tibor berilishining sababi ham shunda ekanligi shubhasizdir. Qolaversa, ta’limda alohida-alohida standartlar tarzida ishlangan dasturlar asosida faoliyat olib borish yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada o‘qitish mezonida qo‘llanilayotgan adabiyotlar va mavjud barcha nashrlarni zamonaviy talab darajasidagi yangi qarashlar bilan boyitish, shaklan hamda mazmunan yahlit bir o‘quv adabiyoti ko‘rinishiga keltirib takomiliashtirish taqozo etilmoqda. Umumta’lim maktablarida musiqa darslarining mazmuni, unga qo‘yiladigan umumiy talablar, uning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, uni tashkil etish shakllari, vosita va usullari yuqorida qayd etilgan olimlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsada, lekin musiqa ta’limi va tarbiyasi jarayoniga bugungi kun nuqtai nazaridan yondashib, uni samarali tashkil etish yo‘llarini aniqlash alohida muammo sifatida o‘rganilganicha yo‘q. Amaliyotda ham ushbu muammo, musiqa tarbiyasining boshqa ko‘plab muammolari qatori o‘zining to‘laqonli yechimini topmagan bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Qarorida “umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi1”. Olib borilayotgan islohatlar shuni ko‘rsatib turibdiki, o‘zbek milliy musiqa san'atining kelajagi porloqdir. Prezidentimiz tomonidan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi. Milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy cholg‘ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur qaror ijrosi kelajakda ulkan natijalar beradi deb umid qilamiz. Barcha san’at ahli mutahassislari va biz talaba yoshlar kelajakda Prezidentimiz Qarorlarini sidqidildan bajarishni o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz. Kurs ishimning maqsadi vokal-xor malakalarini rivojlantirish orqali bo‘lajak o’quvchilarning estetik va badiiy didini tarbiyalash, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Download 42.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling