Mavzu-5: aksiz solig`I


Download 1.15 Mb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1386098
  1   2   3   4
Bog'liq
МАВЗУ-5 Aкциз солиги 2021

  • Mavzu-5: AKSIZ SOLIG`I
  • 5.1.
  • 5.2.
  • Aksiz solig’i, soliq to`lovchilar ,
  • soliq obyekti
  • 5.1. Aksiz solig’i, soliq to`lovchilar ,
  • soliq obyekti
  • Aksiz so`zi Fransuz tilidan kelib chiqqan bo`lib, kesib tashlash degan ma’noni anglatadi. Aksiz solig`i tovarlar narxi ustiga qo`yiladi va sotilganda shu qismi kesib olinib, byudjetga o`tkaziladi. Mazkur soliq tovarlar narxi ustiga qo`yiladigan bilvosita soliqlardan biri bo`lib, davlat byudjetini to`ldirishda muhim rol o`ynaydi. U byudjet tushumlarining 14 foizini tashkil etadi

Aksiz solig`ining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat.

  • 1.Aksiz solig`i tovarlar narxi ustiga qo`shimcha ravishda qo`yiladi va mahsulot ishlab chiqarish unumdorligi va samaradorligiga bog`liq ham emas, ta’sir ham etmaydi.
  • 2.Aksiz ko`pincha ayrim tovarlarga talab ularning ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqori va barqaror bo`lgan hollarda paydo bo`ladi. Natijada ishlab chiqarish va sotish sharoitlari ancha qulay bo`lgan tovarlar ortiqcha daromad keltiradi. Ana shu ortiqcha yoki qo`shimcha daromad aksiz solig`i sifatida byudjetga olinadi. Bunday qilinmaganda korxonalar bu qo`shimcha daromadni unga hech qanday sarf-xarajat qilmasdan olishlari mumkin bo`ladi.
  • 3.Aksiz solig`i jamiyat uchun iste’mol qilish zarur bo`lmagan tovarlarga ko`proq qo`yoiladi-alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari. Bundan asosiy maqsad mazkur tovarlar iste’molini kamaytirish hisoblanadi.
  • 4.Aksiz solig`i ham boshqa bilvosita soliqlar singari birinchi navbatda o`zining fiskal funktsiyasini to`liq bajaradi va davlat byudjetini to`ldirishda katta rol o`ynaydi. U joriy etilgan paytlarda faqat qimmatbaho buyumlar, yoki katta daromad keltiradigan tovarlarga qo`llanilgan bo`lsa, keyinchalik boshqa tovarlarga ham qo`yila boshladi.
  • 5.Aksiz tabiiy monopoliyalarda ham narx belgilashda keng qo`llaniladi va
  • ular olishi mumkin bo`lgan ortiqcha foyda aksiz sifatida davlat byudjetiga olinadi. Aksiz solig`i narxda hisobga olinadigan sof daromadning byudjetga undiriladigan qismidir.
  • 6.Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar aksiz markalari bilan majburiy tartibda markalanadi.
  • O`zbekistonda aksiz solig’i 1992 yilda qo`shilgan qiymat solig’i bilan birgalikda oborot solig’i va sotuvdan olinadigan soliqlar o`rniga joriy qilingan. Aksiz solig’i individual xarakterga ega bo`lib, faqat aksiz osti tovarlarga va ayrim xizmatlarga nisbatan qo`llaniladi. Aksiz solig’i Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda salmoqli o`rin egallaydi.
  • Aksiz solig`i to`lovchilar.
  • Aksiz solig‘ini to‘lovchilar deb quyidagi shaxslar e’tirof etiladi:
  • 1) O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
  • 2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
  • 3) benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar.
  • 4) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz to‘lanadigan tovarlarni olib o‘tuvchilar.
  • 5)telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni) ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari) 
  • 6)O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
  • 5.2. Soliq solish bazasi va soliq stavkalari
  • Акциз солиғи
  • Ўзбекистон Республикаси Президентининг 06.10.2021 й. ПФ-6319-сонли Фармонига мувофиқ 2021 йил 1 октябрдан бошлаб табиий газни экспортга реализация қилишда акциз солиғи ставкаси ноль фоиз (амалда 20%) қўлланлиши белгиланган эди.
  • Шу боис, Солиқ кодексининг 284-моддаси иккинчи қисми 1-бандига киритилган ўзгартиришларга мувофиқ, акциз тўланадиган товарларнинг айрим турлари акциз солиғи бўйича солиқ солиш объектидан чиқариб ташланмоқда.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling