Mavzu: 5 mavzu: «Uchma –uch birikma bilan metal plastinalarni chap, o‘ng va qo‘shma usullarda payvandlash mashqlari»
Download 0.56 Mb.
|
2 GAZ 5M
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUV SOATLARI: 6 soat
- MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR
MAVZU: « Uchma –uchbirikma bilan metal plastinalarni chap, o‘ng va qo‘shma usullarda payvandlash mashqlari»MAQSAD: O‘quvchilarga valiklarni eritib qoplashda gaz gorelkasini o‘ng, chap va qo‘shma usullarda to‘g‘ri ishlatishga o‘rgatish. O‘QUV SOATLARI: 6 soatEGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR: ish joyini tashkil etish; payvandlash alangasini to‘g‘ri sozlash; gaz bilan payvandlash rejimini to‘g‘ri ushlab turish; gorelka mundshtugi tebranma harakatlarini to‘g‘ri bajarish; metal qalinligiga qarab gorelka mundshtugini metalga nisbatan burchagini to‘g‘ri ushlab turish; alangani orqaga qaytish zarbi sodir bo‘lgandan so‘ng eritib qoplashni qayta boshlash; valiklarni chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga va qo‘shma, o‘ziga va o‘zidan usullarida eritib qoplash; valiklarni eritib qoplashni chokni pastki holatida bajarish; valiklarni shakldor qilib eritib qoplashni bajarish. SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR: ish joyini tashkil etish qoidalari; gaz bilan payvandlash ishlarida xavfsizlik texnikasi qoidalari; payvandlash rejimini tanlash tartibi; chokni pastki holatida valiklarni eritib qoplash usullari; gorelka mundshtugining payvand sim bilan tebranma harakatlarni bajarish usullari; chokni boshlash va nihoyasiga keltirish tartibi; payvandlash alangasining quvvatini sozlash tartibi; har xil yo‘nalishlarda eritib qoplash texnikasi qoidalari. MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:Gaz bilan payvandlash usuli suyuqlantirib payvandlash guruhiga kiradi. Bu usuli oddiy, murakkab jihoz va elektr energiya manbaini talab qilmaydi. Elektr yoy yordamida payvandlashga qaraganda, payvandlash tezligining pastligi va qizdirish zonasining kattaligi-gaz bilan payvandlashning kamchiliklariga kiradi. Gaz bilan payvandlash quyidagi: qalinligi 1-3 mm li yupqa po‘lat taxtalardan buyumlarni yasash va ta’mirlashda; kichik va o‘rta diametrli trubalarni montaj qilishda; yupqa devorli trubalardan yasalgan uzellarni payvandlashda; aluminiy, uning qotishmalari, mis, latun va qo‘rg‘oshindan yasalgan buyumlarni payvandlashda; payvand sim sifatida cho‘yan, latun, bronza chiviq ishlatiladigan cho‘yanni payvandlashda qo‘llaniladi. Payvandlash ishlarini bajarish uchun payvandlash alangasi yetarli issiqlik quvvatiga ega bo‘lishi kerak. Alanga quvvati, gorelkadan bir soatda o‘tadigan atsetilen hajmi bilan o‘lchanadi va gorelka uchligi bilan sozlanadi. Alanga quvvati payvandlanayotgan metal qalinligi va xususiyatiga qarab tanlanadi. Payvandlanadigan qalinligi 1 mm li metalga kerak bo‘lgan atsetilen hajmi amaliyotda orqali belgilanadi. Masalan: payvandlanadigan qalinligi 1 mm li oz uglerodli po‘latni payvandlashga 100-130 dm3soat atsetilen talab etiladi. Talab qilinadigan alanga quvvatini aniqlash uchun solishtirma quvvatini metal qalinligiga ko‘paytiriladi (millimetrda). Masalan: 4 mm qalinlikdagi oz uglerodli po‘latni payvandlash uchun gorelkani minimal quvvati 100x4400 dm3soatga teng bo‘ladi, eng katta quvvat esa 130x4520 dm3soat bo‘ladi.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling