Mavzu: 5 mavzu: «Uchma –uch birikma bilan metal plastinalarni chap, o‘ng va qo‘shma usullarda payvandlash mashqlari»


Amaliyotda payvandlash ikki usulda bajariladi: o‘ng va chap


Download 0.56 Mb.
bet5/8
Sana06.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1694101
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 GAZ 5M

Amaliyotda payvandlash ikki usulda bajariladi: o‘ng va chap.
Payvandlashning o‘ng usuli (3-rasm) – bu shunday usulki, bunda payvandlash chapdan o‘ngga qarata bajariladi. Payvandlash alangasi payvandlangan chokga yo‘naltiriladi, payvand sim esa gorelka izidan harakat qiladi. O‘ng usulda payvandlashda gorelka mundshtugi bilan ozgina (andek) ko‘ndalang tebranma harakatlar bajariladi. Chunki o‘ng usulda payvandlashda alanga chokga qarata yo‘naltirilgan, bu holda payvandlash vannasining havodagi kislorod va azotdan yaxshi himoyalanishi va kristallanish jarayonida metal chokining sekin sovushi ta’minlanadi. O‘ng usuldagi chok sifati chap usuldagiga qaraganda yuqori. Alanga issiqligi chap usulga qaraganda kam. Shuning uchun o‘ng usulda payvandlashda chok qirralarini 900 emas balki 60-700 qilib olinadi, bu bilan eritiladigan metal hajmi va buyumni issiqlik ta’siridan sifatini yo‘qotishi kamayadi.
O‘ng usul chap usulga qaraganda tejamli, mehnat unumdorligi 20-25% ga ortiq, chap usulga qaraganda gazlar sarfi 15-20% ga kam. O‘ng usulni metal qalinligi 5 mm dan ortiq va issiqlik o‘tkazuvchanligi ko‘p bo‘lganda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 3 mm qalinlikkacha metallarni payvandlashda unumdorlik chap usulda yuqori bo‘ladi.
Payvandlash gorelkasining quvvati po‘latlar uchun o‘ng usulda 1 mm metal qalinligiga 120-150 dm3soat, chap usulda esa 100-130 dm3soat atsetilen hisobidan tanlanadi.
Payvand sim diametri payvandlanadigan metal qalinligi va payvandlash usuliga qarab tanlanadi. Chap usulda payvandlashda, payvand sim diametri dS21 mm, o‘ng usulda esa dS22 mm olinadi. Bunda: S-payvandlanadigan metal qalinligi.



3-rasm. Payvandlashni o‘ng usuli.

Gaz bilan payvandlashning chap usuli (4-rasm) deb shunday usulga aytiladiki, bunda payvandlash o‘ngdan chapga qarata bajariladi. Payvandlash alangasi payvandlanmagan metal qirralariga yo‘naltiriladi, payvand sim esa alangadan oldin harakatga keladi. Chap usul keng tarqalgan, yupqa va oson eriydigan metallarni payvandlashda qo‘llaniladi. Chap usulda payvandlashda asosiy metal qirralari oldindan issiqlikni oladi, buning natijasida payvandlash vannasida aralashish yaxshi bo‘ladi. Bu usulda payvandchi payvand chokni yaxshi ko‘radi, shuning uchun chokning tashqi ko‘rinishi o‘ng usulga qaraganda yaxshiroq bo‘ladi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling